Xalqaro turizm
dunyoning boshqa mamlakatlari singari
O‗zbekistan iqtisodiyoti uchun ham muhim soha hisoblanadi.
O‗zbekistonga kiruvchi xorijiy turistlarning aksariyati Toshkent –
Samarqand – Buxoro – Xiva yo‗nalishi bo‗yicha sayohat qiladilar.
330
Chunki O‗zbekiston turizm infratuzilmasi aynan shu manzilgohlarda
yaxshiroq rivojlangan hamda Buyuk Ipak yo‗liga taalluqli ko‗pgina
obyektlar aynan shu joylarda saqlanib qolingan (O‗zbekistonga
guruhlarda tashrif buyuruvchi turistlarning aksariyati Buyuk Ipak
yo‗li yo‗nalishi doirasi harakatlanadilar). Shuningdek, Surxondaryo,
Qashqadaryo va Farg‗ona vodiysi viloyatlarida ham turistlarni jalb
etishi mumkin bo‗lgan ko‗plab muhim turistik jozibador manzillar
mavjud bo‗lsa-da, turistik infratuzilmaning rivojlanmagani turistlar-
ni bu yerga kelishiga to‗sqinlik qilar edi. Bu kabi kamchiliklarni
bartaraf etish maqsadida hukumatimiz tomonidan Qamchiq dovoni-
dan o‗tuvchi yo‗l qayta ta‘mirlandi, Surxondaryoga Samarqanddan
va Toshkent shahridan Buxoro va Samarqand shaharlariga turist-
larni tashish uchun yangi elektrlashgan temir yo‗l qurildi, bu joy-
larda ko‗plab turistik mehmonxonalar bunyod etilmoqda.
O‗zbekistonga kiruvchi xorijiy turistik sayohatlar sonining
o‗sishiga ta‘sir etishi mumkin bo‗lgan holatlar:
O‗zbekiston to‗g‗risidagi dastlabki va so‗nggi taassurotlarni
qoldiruvchi bojxona xizmati xodimlarining turistlar bilan bo‗lgan
muomala madaniyatini yaxshilash;
mehmonxonalarda tayyorlanayotgan taomlarning zamonaviy
talablarga javob berishi;
O‗zbekiston ichidagi mehmonxona xizmatlari hamda trans-
port narxlarini asosiy raqobatchilarimizga nisbatan muvofiqlash-
tirish;
turistik esdalik uchun xarid qilinadigan milliy suvenirla-
rimizning xilma-xilligi oshirilib, yo‗qolib ketgan bir qator
hunarmandchilik turlarini tiklash va qayta tashkil etish;
targ‗ibot masalalariga yetarlicha e‘tibor berilib, xorijiy
fuqarolarning O‗zbekiston to‗g‗risidagi ma‘lumotlarining chegarasi
kengaytirib borilmoqda, bunda ayniqsa, Germaniya va Italiyalik
biznes hamkorlarning vositachiligidan samarali foydalanilmoqda;
turistlar ixtiyoriga taklif etilayotgan tovar va xizmatlarning
servis sifati narxiga moslashtirish.
Yuqorida sanab o‗tilganlarni bartaraf etish bilan birgalikda,
ko‗rsatilayotgan turistik xizmatlarning sifatli bo‗lishiga harakat
qilinmoqda. Shuningdek, chet ellarda O‗zbekiston turizmini reklama
331
qilishda barcha turistik korxonalarning tashviqot-targ‗ibot ishlari
raqobatchilardan farq qiluvchi umumiy mavzu ostida birlashtirilishi
O‗zbekistonning xalqaro turizm bozorida o‗z o‗rnini mustahkam
egallashiga yordam beradi. Buning uchun o‗zimiz egalik qilayotgan
turistik resurslarimizni yana bir bor qaytadan chuqur o‗rganib
chiqish, ulardan samarali va barqaror foydalanish yo‗llarini aniqlash
va shu asosida Milliy turistik brendni ishlab chiqish lozim bo‗l-
moqda. Shu sababli, Turizmni rivojlantirish davlat qo‗mitasi tomo-
nidan o‗lkamiz turistik resurslari o‗rganib chiqilib, turistik resursla-
rimizning maxsus kadastlari yaratilmoqda. O‗zbekiston xalqaro
turizmini rivojlantirish uchun xizmat qila oladigan milliy resurs-
larning anchasi hali ochilmagani katta imkoniyatlar mavjudligini
ko‗rsatadi.
O‗zbekistonda bozor munosabatlari sharoitida xalqaro turizmni
rivojlantirish chora-tadbirlari davlat tomonidan belgilangan bo‗lib,
iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish uchun turli bitimlar,
kelishuvlar amalga oshirilgan va oshirilmoqda. Bugungi kunda
xalqaro turizmni rivojlantirishda amalga oshirilishi lozim bo‗lgan
ishlar qo‗yidagilardan iborat bo‗lmoqda:
xalqaro turizmda kichik tadbirkorlik faoliyatidan keng
foydalanish va xalqaro bozorlarga chiqishga intilish;
mahalliy axborot agentliklari orqali rivojlangan mamla-
katlarni O‗zbekistonning turistik imkoniyatlari bilan yaqindan
tanishtirishga harakat qilish;
turizm sohasida ishlaydigan mutaxassislarni chet ellarda bir
yilda kamida bir marta malaka oshirishga jo‗natish, o‗qitish, ular
uchun barcha imkoniyatlarni yaratib, turistlarga sifatli xizmat
ko‗rsatishni yo‗lga qo‗yish;
respublikamiz vakillarining Yevropa mamlakatlarida o‗tkazi-
ladigan turistik xalqaro yarmarkalarda doimiy ravishda ishtirok
etishini ta‘minlash;
xalqaro turistik tashkilotlar bilan axborot almashishni yax-
shilash, birgalikda faoliyat yurita oladigan davlatlar bilan qo‗shma
korxonalar tuzish va ular faoliyatini keng yo‗lga qo‗yish;
ichki turistik bozorda o‗zaro raqobatni yanada kuchaytirish va
boshqa tadbirlarni amalga oshirish muhim ahamiyatga egadir.
332
Xalqaro turizmni rivojlantirish O‗zbekiston iqtisodiyoti uchun
g‗oyatda zarur bo‗lib, uning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda
turizm sohasi orqali aholining moddiy farovonligini yaxshilash,
ularni doimiy ish bilan ta‘minlash maqsadida yangi ish o‗rinlari
tashkil etilmoqda. O‗zbekiston Respublikasida xalqaro turizmning
rivojlanishi, unga bo‗lgan munosabatning ijobiy tomonga siljishi
bilan belgilanmoqda. Respublikamiz sharoitida, ayniqsa, kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda turizmning imko-
niyatlari boshqa sohalarga qaraganda juda katta. Shu tufayli respub-
likadagi iqtisodiy barqarorlik va bozor iqtisodiyotiga bosqichma-
bosqich o‗tish jarayoni tadbirkorlarga keng yo‗l ochishi bilan birga,
uni jadal rivojlantirish imkoniyatlarini tug‗dirmoqda.
Jahondagi har bir davlatning iqtisodiy yuksalishida asosiy
omillardan biri tinchlik, osoyishtalik, barqarorlik va ijtimoiy
adolatdan iboratdir. O‗zbekiston hozir Markaziy Osiyo mintaqa-
sidagi iqtisodiyoti barqaror rivojlanib borayotgan davlatlardan biri
bo‗lib, o‗ziga xorijiy investorlarni, ishbilarmonlarni va turistlarni
jalb qiluvchi hududlardan biri hisoblanadi.
O‗zbekistonning jahon turizm bozoridagi salohiyatiga baho
beradigan bo‗lsak, uning Markaziy Osiyo davlatlari ichida eng
yuqori imkoniyatlarga ega ekanligini ko‗ramiz, bu haqida respublika
hududida mavjud bo‗lgan yetti mingdan ortiq qadimiy me‘mor-
chilik, monumental san‘at yodgorliklari dalolat beradi. O‗zbekiston
tarixiy me‘morchilik yodgorliklarining umumiy soni bo‗yicha
jahondagi yetakchi o‗nta mamlakatlar qatoriga kiritilib, to‗rtta yirik
shaharlari Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrizabz YUNESKO
tomonidan jahon madaniyati yodgorliklari markazi sifatida tan
olingan va xalqaro tashkilot tomonidan muhofaza qilinadi
.
O‗zbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirishda tarixiy-madaniy
obidalar bilan bir qatorda dam olish va madaniy hordiq chiqarish
uchun xizmat qiladigan turistik obyektlarning ham mavjudligi
muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‗zbekistonda xalqaro turizmni
rivojlantirishda ziyorat turizmining ham katta imkoniyatlari mavjud
bo‗lib, bu borada yurtboshimiz tomonidan Samarqand, Buxoro,
Toshkent shaharlaridagi
Do'stlaringiz bilan baham: |