20-mavzu. O„ZBEKISTONDA XALQARO TURIZMNI
RIVOJLANTIRISH
Reja:
20.1. Xalqaro turizmni rivojlantirishda «Buyuk Ipak yo‗li» va
xalqaro turizm yarmarkalarining o‗rni.
20.2. O‗zbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirish holati.
20.1. Xalqaro turizmni rivojlantirishda «Buyuk Ipak yo„li» va
xalqaro turizm yarmarkalarining o„rni
O‗zbekiston xalqaro aloqalarining rivojlanishida turizm sohasi
alohida ajralib turadi. Mustaqillikdan oldin O‗zbekiston aholisi
sobiq markaz ruxsati bilangina chet ellarda sayohat qilib kelar edi,
xorijiy turistlar ham avval Moskvaga kelib, so‗ng O‗zbekistonga
tashrif buyurar edi. Buning ustiga, turizmdan olinadigan barcha
daromadlarni (shuningdek, valyuta daromadlarining ham ham-
masini) to‗g‗ridan-to‗g‗ri sobiq markazga jo‗natish majburiy edi.
Xorijiy turistlarga ko‗rsatilgan xizmatlar tannarxi O‗zbekiston
budjetidan qoplanar, buning evaziga markazdan hech nima olinmas
edi, natijada xalqaro turizmdan O‗zbekiston zarar ko‗rar edi.
Mustaqillikka erishgandan so‗ng, O‗zbekiston hukumati
xalqaro turizm sohasining rivojlanishiga alohida e‘tibor qarata
boshladi va buning uchun mas‘ul bo‗lgan yagona tashkilot tuzildi.
O‗zbekiston Respublikasida xalqaro turizmning rivojlanishi uchun
mas‘ul bo‗lgan tashkilot «O‗zbekturizm» Milliy kompaniyasi
hisoblanar edi. Milliy kompaniyaning faoliyat yuritishi davomida
respublikada xalqaro turizmni rivojlantirishda katta o‗zgarishlar
amalga oshirildi. Oldinlari turistlar uchun dam olish uylari, turistik
bazalar, kempinglar zamonaviy talablarga javob bera olmas edi,
chunki ularni ta‘mirlash, qayta qurish va jihozlash masalalari sobiq
markaz tomonidan ko‗rib chiqilar edi.
Mustaqillikka erishgandan so‗ng, bu holatga, shuningdek,
xalqaro turizm sohasidan olingan daromadning barchasini respub-
lika tashqarisiga olib chiqib ketilishiga chek qo‗yildi. O‗zbekiston
xalqaro turizm sohasida bozor munosabatlari amal qila boshladi,
davlatning ko‗plab turistik korxonalari xususiylashtirildi, turistik
324
mahsulot yaratish hamda shu kabi mahsulotga mustaqil narx
belgilash erkinligi yaratib berildi. Natijada turistik xizmatlar
bozorida korxonalar o‗rtasida sog‗lom raqobat yuzaga keldi.
«O‗zbekturizm» Milliy kompaniyasining vujudga kelishi va bu
tashkilotning 1993-yili Butunjahon turizm tashkilotiga a‘zo bo‗lib
kirishi O‗zbekiston xalqaro turizmi taraqqiyotida qo‗yilgan ulkan
qadam bo‗ldi. Respublikada xalqaro turizmni yangi bosqichga
ko‗tarish va samarali faoliyat ko‗rsatishiga mos keladigan yangi
shart-sharoit va mexanizmlar vujudga keldi.
Xalqaro turizmning paydo bo‗lish va shakllanish tarixini tahlil
qilar ekanmiz, savdo munosabatlarini o‗rnatish, dam olish va
sayohat bilan bir qatorda, dunyo xalqlarining tarixi, madaniyati, urf-
odat va an‘analarini o‗rganish, bilish va buning natijasida odamlar,
elu elatlar o‗rtasida hamjihatlik, bag‗rikenglik fazilatlarini
mustahkamlash ham turizmning muhim tarkibiy qismi bo‗lganiga
yana bir bor ishonch hosil qilamiz. O‗zbekiston Respublikasining
Birinchi Prezidenti aytganlaridek, ―Xalqaro turizmni rivojlantirish
va uning samaradorligini belgilaydigan eng muhim omillar, hech
shubhasiz, butun dunyoda, turli mintaqalarda, sayyohlarni qabul
qiladigan har bir davlatda tinchlik, xavfsizlik, siyosiy va iqtisodiy
barqarorlikni ta‘minlashdan iborat bo‗lib qolmoqda‖
64
.
O‗zbekiston Respublikasida xalqaro turizmni rivojlantirish
borasida ishlab chiqilgan yana bir muhim hujjatlar qatoriga
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 2-iyundagi
«Buyuk Ipak yo‗li»ni qayta tiklashda O‗zbekiston Respublikasi
ishtirokini avj oldirish va respublikada xalqaro turizmni rivoj-
lantirish borasidagi chora-tadbirlar to‗g‗risida»gi Farmoni hamda
mazkur farmonni amalga oshirish maqsadida e‘lon qilingan
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil
3-iyundagi «O‗zbekiston Respublikasida xalqaro turizmning zamo-
naviy infratuzilmasini barpo etish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi
Qarorini xalqaro turizmni rivojlantirish dasturi sifatida kiritish
mumkin.
64
O‗zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning BMT Jahon sayyohlik tashkiloti
Ijroiya kengashi 99-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqi. // Mohiyat. 2014, 3-oktabr, № 40.
325
O‗zbekiston xalqaro turizmining rivojlanishida «Buyuk Ipak
yo‗li» ning tutgan o‗rni va mohiyati nihoyatda cheksiz. Bir necha
asrlar davomida ushbu zaminning G‗arb va Sharqida istiqomat
qilgan xalqlarni Janubi-sharqiy Osiyodan to O‗rta Yer dengizi
mamlakatlarigacha cho‗zilgan va «Buyuk Ipak yo‗li» deb nom
olgan savdo-sotiq yo‗li bir-biri bilan bog‗lab turar edi. Bu yo‗lga
«Ipak Yo‗li», deb nom berilishining asosiy sababi, bu yerda
tashiladigan mahsulotlarning asosiy qismi ipak matolari va
mahsulotlari bo‗lganligidandir. Ipak tayyorlash bilan bog‗liq
bo‗lgan sir-asrorlarni Xitoy ustalari ming yillar davomida boshqa
davlatlardan yashirib kelgan. Ammo «Buyuk Ipak yo‗li» orqali
tashilgan mahsulotlar faqat ipakdangina iborat bo‗lmay, balki bu
yo‗l orqali bronza, chinni, jun, xomashyolar va ulardan
tayyorlangan buyumlar ham bor edi. «Buyuk Ipak yo‗li» qariyb ikki
ming yillik tarixga ega bo‗lib, bu yo‗l asosan Italiyadan tortib
Turkiya orqali Iroq va Eronga borgan. U yerdan esa Markaziy Osiyo
hamda Shimoliy Pomir orqali o‗tib Qashqar va Yorkentgacha
yetgan. Bu yerda yo‗l ikkiga ajralgan hamda shimol tomondan
Takla-Makon sahrosini aylanib o‗tib, Lobnor ko‗li yaqinida yana
qo‗shilgan va Xitoygacha borgan.
Buyuk Ipak yo‗lida Turkiston hududi yetakchi rolni bajarib
kelgan. Ushbu hududdagi Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz,
Xo‗jand, Chorjuy kabi qator shaharlar Ipak yo‗lidagi asosiy
manzillar bo‗lgan. O‗zbekiston o‗zining qulay geografik o‗rni
tufayli, bu tarixiy yo‗lda markaziy o‗rinni egallagan. «Buyuk Ipak
yo‗li» ko‗p asrlar davomida kishilik madaniyatining vujudga
kelishida katta o‗rin egallagan. Uning tarixda tutgan o‗rni hamda
ahamiyatini tiklash, bu yo‗lda xalqaro turizmni rivojlantirish kabi
maqsadlarni mo‗ljallab, 1994-yilning oktabr oyida Birlashgan
millatlar tashkiloti va uning nufuzli tashkiloti YUNESKO
ishtirokida O‗zbekistonda Butunjahon turistik tashkilotining
kengashi bo‗lib o‗tdi. Kengash a‘zolari Ipak yo‗li bo‗ylab turizm
faoliyatini tiklash va rivojlantirishga qaratilgan Samarqand
Deklaratsiyasini qabul qildi. 1995-yilning oktabr oyidan boshlab
Toshkent shahrida «Ipak yo‗lida turizm» nomi bilan birinchi
marotaba Xalqaro turistik yarmarka o‗tkazildi. Shundan keyin ushbu
326
xalqaro turistik yarmarka har yili muntazam ravishda o‗tkazilib
kelinmoqda.
Bu xalqaro turistik yarmarkalarda tuzilgan shartnoma va
bitimlar xalqaro turizmni yanada rivojlantirish, respublikaning
xalqaro turizmga oid imkoniyatlarini ishga solish hamda «Buyuk
Ipak yo‗li»ga xos bo‗lgan qadimiy an‘analarni tiklashga keng yo‗l
ochib bermoqda. Toshkent shahridagi «O‗zekspomarkaz»da «Xal-
qaro turizm ko‗rgazmasi – 2016» bo‗lib o‗tdi. Ko‗rgazmada jami
855 ta kompaniyalar va 43 ta davlatdan kelgan (Fransiya,
Shveytsariya, Ruminiya, Chexiya, Turkiya, Isroil, Italiya, BAA,
Eron, Hindiston, Xitoy, Tailand, Malayziya, Singapur, Rossiya,
Ozarbayjon, Qozog‗iston, Turkmaniston, Qirg‗iziston va boshqa
davlatlar) 65 ta xorijiy kompaniyalar ham o‗z xizmat turlari bilan
ishtirok etdi.
Har yilgi ko‗rgazmalarga yangi, ta‘lim, tibbiyot va geoturizm
yo‗nalishlari kiritilmoqda. Ko‗rgazmaga tashrif buyuruvchilar soni
o‗n uch ming nafardan oshib ketdi. Yarmarka turistlarni qabul qilish
va ichki turizm, ekoturizm, faol va sarguzashtli turizm, ekskursiya
va sog‗lomlashtirish turizmi, turistik ma‘muriyatlar va milliy ofislar,
turistik agentliklar va turoperatorlar, otellar, sanatoriya-kurort
majmualari, dam olish maskanlari, havo yo‗llari va yo‗lovchi
tashuvchilar, uyushmalar, ta‘lim muassasalari, muzeylar, teatrlar,
transport va sug‗urta kompaniyalari, onlayn-bronlashtirish tizimlari
kabi keng qamrovga ega ekspozitsiyalarni o‗zida birlashtiradi.
Shuningdek, xalqaro turistik yarmarka yakunlariga ko‗ra, yilning
«Eng yaxshi turistik yo‗nalishi», «Eng yaxshi turistik kompaniya»,
«Eng yaxshi turistik imkoniyatlar». «Eng yaxshi ko‗rgazma stendi»,
«O‗zbekiston hududlari ichida eng yaxshi taqdimot», «Eng yaxshi
hudud stendi», «Eng yaxshi mehmonxona taqdimoti» kabi nomi-
natsiyalar bo‗yicha g‗oliblar aniqlanib, diplom va esdalik sovg‗alari
topshiriladi.
Bundan tashqari, yarmarkaning ta‘lim turizmiga bag‗ishlangan
yangi bo‗limi boshqa mavzuga oid yo‗nalishlar ichida o‗z bilimini
yanada oshirishga intiluvchi yosh avlod vakillari orasida katta
qiziqish uyg‗otmoqda. Unda respublikamizda ushbu sohaga
kadrlarni yetishtirib berayotgan yetakchi oliy va o‗rta maxsus o‗quv
yurtlari – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Samarqand
327
iqtisodiyot va servis instituti, Singapur menejmentni rivojlantirish
instituti, poytaxtdagi kasb-hunar kollejlari, ―Turizm sohasida
malaka oshirish va qayta tayyorlash respublika markazi‖ Davlat
unitar korxonasi vakillari ishtirok etib, sayyohlik sohasida milliy
kadrlarni tayyorlash tizimi bilan yaqindan tanishtirdilar. Yarmarka
o‗tkaziladigan kunlarda turizm muammolariga bag‗ishlangan anana-
viy xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar o‗tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |