O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


 O„zbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirish holati



Download 6,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet339/417
Sana29.01.2022
Hajmi6,69 Mb.
#417563
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   417
Bog'liq
2 5336871798745074121

 
20.2. O„zbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirish holati 
Globallashuv sharoitida O‗zbekistonda xalqaro turizm sohasini 
rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar va shart-sharoitlar yuzaga 
kelganligi, turizmning respublika iqtisodiyotiga yanada integrat-
siyalashuvi mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Jahon iqtisodiyoti tajribalaridan ma‘lumki, xalqaro turizm 
sohasi mamlakat budjeti uchun zarur bo‗lgan valyuta tushumini 
ta‘minlash, yangi ish joylarini vujudga keltirish va shu bilan 
birgalikda, aholining turmush darajasini ko‗tarish uchun xizmat 
qiladi. Respublikamiz xalqaro turizm sohasidagi imkoniyatlarining 
kattaligi bilan qo‗shni mamlakatlardan tubdan farq qiladi. 
O‗zbekistonning geografik o‗rni, nihoyatda qulay, tabiiy iqlim 
sharoitiga ega ekanligi, insoniyat madaniy taraqqiyotida ham katta 
o‗rin tutadi. O‗zbekiston betakror, ajoyib tarixiy arxitektura 
yodgorliklari, shirin-shakar mevalari, xilma-xil milliy taomlari, 
ajoyib milliy an‘analari, urf-odatlariga ega bo‗lgan mehmondo‗st 
xalqiga ega. Bularning barchasi chet ellik turistlar e‘tiborini o‗ziga 
tortadi va ularni O‗zbekistonga yana qayta kelishiga undaydi.
Nufuzli olimlarning fikriga ko‗ra, O‗zbekiston davlatchi-
ligining shakllanish tarixi miloddan avvalgi ikki minginchi yillardan 
boshlangan va 3,5 ming yildan ziyod davrni qamrab oladi. Ko‗hna 
Rim va Bobilning tengdoshi hisoblangan, o‗rta asrlar ilm-fani, 
san‘ati va madaniyatining yirik markazlari sifatida dunyoga dong 
taratgan va YUNESKOning Butunjahon merosi ro‗yxatiga kiritilgan 
Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz shaharlari bu zaminda 
qadimgi davlatchilikning shakllanish va rivojlanish markazlari 
bo‗lib kelgan.


328 
Qadimiy madaniyatlar beshigi bo‗lgan bu shaharlarda ilk va 
keyingi o‗rta asrlardayoq ilm-fan, ta‘lim-tarbiya sohalari, hunar-
mandchilik va savdo-sotiq keng rivojlangan, muhtasham saroylar, 
masjid va madrasalar barpo etilgan. Bunday go‗zal shaharlarni 
bunyod etish uchun nafaqat mohir usta va quruvchilar, balki 
matematika, astronomiya, fizika, arxitektura, geometriya, geode-
ziya, seysmologiya va kimyo kabi fundamental fanlarni chuqur 
biladigan olimlarning bilim va tajribasi ham kerak bo‗lgan.
Yuqorida ta‘kidlaganimizdek, xalqaro turizmning paydo 
bo‗lish va shakllanish tarixining tahlili savdo munosabatlarini 
o‗rnatish, dam olish va sayohat bilan bir qatorda, dunyo xalqlarining 
tarixi, madaniyati, urf-odat va an‘analarini o‗rganish, bilish va 
buning natijasida odamlar, elu elatlar o‗rtasida hamjihatlik, bag‗ri-
kenglik fazilatlarini mustahkamlash ham turizmning muhim tarkibiy 
qismi bo‗lgan.
Xalqaro darajada turistik xizmatlar bozorining rivojlanish ten-
densiyalarini ko‗rib chiqishda ko‗pgina davlatlar uchun chiquvchi 
turistlar oqimining o‗sishi, jumladan, 2014-yildan keyingi davrda 
chiquvchi turizmning yuqori sur‘atlarda ko‗payishi kuzatilmoqda. 
Chiquvchi oqimning yillik eng yuqori ko‗payish sur‘atlari Birlash-
gan Arab Amirligida – 49, 8%, Kipr mamlakatida – 40,7%, Turkiya 
mamlakatida – 31,9% ni tashkil qilmoqda
65
.
Dunyoda hajmi bo‗yicha barqaror hisoblangan ekskursiya-
tanishuv turizmi bo‗yicha Fransiya davlati ustun hisoblansa, AQSH 
va Germaniya davlatlari xizmat maqsadidagi safarlar bo‗yicha 
ustunlik qilmoqda.
Xalqaro turizmni rivojlantirishda O‗zbekistondagi siyosiy 
barqarorlik, tinchlik- totuvlik muhim ahamiyatga ega bo‗lmoqda.
Xalqaro turizm sohasi rivojlangan va rivojlanayotgan mam-
lakatlar iqtisodiy taraqqiyotining kuchli katalizatori bo‗lib, chet el 
valyutasi va sarmoyalar oqimini ta‘minlaydi, unga yaqin soha-
larning tez o‗sishiga, aholi bandligi muammolarini hal etishda 
yordam beradi va mamlakatning dunyo hamjamiyatidagi obro‗sini 
oshiradi. Boshqa sohalar bilan qiyoslaganda ancha kam sarf - xarajat 
65
United Nations World Tourism Organization.Yearbook of Tourism Statistics. Madrid: UNWTO, 2015. 


329 
bilan turizm sohasida katta valyuta miqdori kelib tushishini 
ta‘minlashi mumkin.

Download 6,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish