21
Milliy turistik xizmatlar bozorini innovatsion rivojlantirishga
oid jahonda olib borilgan tadqiqotlar
10
natijasida qator, jumladan,
quyidagi ilmiy natijalar olingan:
-
umumjahon tashkilotlari tomonidan tan olingan tamoyillarga
asosan milliy turizm xizmat bozorlarining istiqbolli turlari tas-
niflangan (Ecole Hôtelière de Lausanne);
-
turistik xizmat samaradorligini oshirish yuzasidan turistik
klaster tizimi asoslangan (Harvard Business School);
-
xalqaro institutlar tavsiyalari bo‗yicha turizm faoliyati
rivojining innovatsion yo‗nalishlari ishlab chiqilgan (Oxford
Brookes University);
-
jahon turistik-rekreatsion bozorini
rivojlantirish tendensi-
yalari asoslangan hamda prognozlashni innovatsion omillar asosida
amalga oshirish usullari taklif qilingan (University of Surrey);
-
turizm sohasining milliy iqtisodiyotdagi o‗rnini aniqlashda
BTTning turizmda yordamchi hisoblar metodikasi ishlab chiqilgan
(Moskva davlat universiteti).
Dunyoda turizm xizmatlar bozori samaradorligini oshirish
bo‗yicha qator, jumladan, quyidagi ustuvor yo‗nalishlarda tadqi-
qotlar olib borilmoqda:
-
turizm bozorining tashkiliy-iqtisodiy omillarini innovatsion
rivojlanish asosida yanada aniqlashtirish;
-
turizm xizmatlari eksportini uning
yangi istiqbolli turlari
(agrar va vino turizmi, ekoturizm, malakaviy – ish turizmi va bosh-
qalar) asosida rivojlantirish; turizm sohasining subyektlari faoliyati-
ni bozor sharoitida boshqarish mexanizmini muvofiqlashtirish;
-
turizm xizmatlar bozorini innovatsion texnologiyalar asosida
takomillashtirish.
Monte-Karlodagi Turizm akademiyasida berilgan ta‘rif bo‗-
yicha, «
Turizm
– odamlarning sog‗lig‗ini tiklash, bo‗sh vaqtida
bilishga chorlaydigan, qiziqishlarni qondirish uchun yoki kasbiy-
10
Turizm bo‗yicha xorijiy ilmiy tadqiqotlar Nowak J-J., S. Petit and M. Sahli, Tourism and Globalization:
The International Division of Tourism Production. In: Dwyer, L. and N. Seeteram (Eds). Recent
Developments in the Economics of Tourism, Sydney:
Edwad Elgar, 2013. pp 77-94; Ketels, Christian
H.M. Clusters and Dubai's Competitiveness. Report, Dubai Economic Council, Dubai, United Arab
Emirates, October 2009. – 100 p.; Clarke, J., Hawkins, R. and Waligo, V. Sustainability and marketing
for responsible tourism. In: McCabe, S., (ed.) 'The Routledge Handbook of Tourism Marketing. London:
Routledge. 2013. pp. 41-53; John Tribe. Strategy for Tourism; London: Goodfellow Publishers Limited,
2016, -288 p., asosida amalga oshirilgan.
22
amaliy maqsadlarda vaqtinchalik yashash joyida maosh to‗lanadigan
faoliyat bilan bog‗liq bo‗lmagan holda doimiy yashash joyini
vaqtincha tark etishining har qanday ko‗rinishidir». Bu ta‘rifda
asosiy urg‗u tashrif buyuruvchilarning yashash joyidan tashqarida
olib boradigan faoliyatiga qaratilgan.
Turizm sohasidagi atamalar muammosi xalqaro tashkilotlar
diqqatini ham o‗ziga tortadi. Manilada 1981-yilda
qabul qilingan
jahon turizmi haqidagi deklaratsiyada ko‗rsatilishicha, «Turizm
davlatlarning ijtimoiy, madaniy, ma‘rifiy va iqtisodiy sohalariga va
ularning xalqaro munosabatlariga bevosita ta‘sir ko‗rsatishi
jihatidan xalqlar hayotida muhim rol o‗ynaydigan faoliyat sifatida
tushuniladi».
Butunjahon turistik tashkiloti tomonidan 1981-yilda Madridda
tashkil etilgan xalqaro turizm konferensiyasi materiallariga asosan,
turizm
– bu turli mintaqalar, yangi mamlakatlar bilan tanishish
maqsadida amalga oshiriladigan va bir qator mamlakatlarda sport
bilan bog‗liq bo‗lgan faol sayohat turlaridan biridir, deb hisoblanadi.
Bir guruh mualliflar ushbu tushunchaga ta‘rif
berishda
V. Xunsiker - K. Krapflar talqinidagi turizmning umumiy nazari-
yasiga tayanadilar: «Insonlarning munosabatlari va ularning yashash
joyidan tashqaridagi faoliyati doimiy yashash tarziga aylanmasdan
va mehnat haqi olish bilan bog‗liq bo‗lmagan holda kun kechirishi
natijasida kelib chiqadigan munosabatlar majmuasi»
11
. Turizmni bu
talqinda tushunish uning turoperatorlik va turagentlik faoliyatidan
ancha keng tushuncha ekanligidan dalolat bermoqda. Shuni alohida
aytib o‗tish kerakki, turizm umumiy nazariyasiga berilgan bu ta‘rif-
larda odamlarning doimiy yashash joyidagi o‗zaro munosabatlari va
yashash joyidan tashqarida daromad olishi bilan bog‗liq bo‗lgan
munosabatlari hisobga olinmaydi.
O‗zbekiston Respublikasining «Turizm to‗g‗risida»gi Qonunida
turizm tushunchasiga quyidagi tarzda ta‘rif berilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: