Afrika mamlakatlari bo„yicha xalqaro turistlarning tashrifi
(2016-yil)
Asosiy
turistik
yo„nalishlar
Kiruvchi
turistlar
soni (ming
kishi)
Ulushi
(%)
Kiruvchi
turistlardan
olingan
daromad (mln.
dollar)
Ulushi
(%)
Afrika
57, 771
100, 0
34, 776
100, 0
Sudan
-
-
1, 009
2, 9
Tunis
5, 724
6, 8
1, 239
3, 6
Benin
267
0, 5
-
-
Kabo-Verde
598
1, 0
368
1, 1
Marokko
10, 332
17, 9
6, 548
18, 8
Eritreya
142
0, 2
48
0, 1
Efiopiya
-
-
280
0, 8
Mavritaniya
1, 275
2, 2
1, 572
4, 5
Mozambik
1, 639
2, 8
108
0, 3
JAR
10, 044
17, 4
7, 910
22, 7
Tanzaniya
-
-
2, 135
6, 1
Uganda
-
-
768
2, 2
Zambiya
956
1, 7
683
2, 0
Zimbabve
2, 168
3, 8
-
-
Madagaskar
293
0, 5
-
-
Manba:
Butunjahon turizm tashkiloti (UNVTO). ―Turizmda
muhim voqealar‖, 2017.
Yaqin Sharq mamlakatlariga 2016-yilda kelgan turistlar soni
qariyb 53,567 mln. kishini tashkil qildi. Bu mintaqada xalqaro
turizmda turistlar tashrifi bo‗yicha 4,3 % ni tashkil qiladi. 1990-
2016-yillar davomida Yaqin Sharq mamlakatlariga xorijiy turistlar
33
kelib-ketishi jadal rivojlanib bormoqda. 2016-yilda xalqaro turistlar
soni Yaqin Sharqda 3% ga o‗sdi va umumiy hisobda 53,5 million
tashrifni tashkil etdi. Ularning asosiy qismi Saudiya Arabistoni
(18 mln. kishi), Birlashgan Arab Amirligi (15 mln. kishi), Misr
(5,2 mln. kishi), Iordaniya (3,8 mln. kishi), Qatar (2,9 mln. kishi)ga
tashrif buyurganlar.
2.2.7-jadval
Yaqin Sharq mamlakatlari bo„yicha xalqaro turistlarning
tashrifi (2016-yil)
Asosiy
turistik
yo„nalishlar
Kiruvchi
turistlar soni
(ming kishi)
Ulushi
(%)
Kiruvchi
turistlardan
olingan
daromad (mln.
dollar)
Ulushi
(%)
Yaqin Sharq
53, 567
100, 0
57, 595
100, 0
Baxreyn
-
-
-
-
Misr
5, 258
9, 8
2, 645
4, 6
Iordaniya
3, 858
7, 2
4, 044
7, 0
Livan
1, 688
3, 2
6, 824
11, 8
Oman
-
-
-
-
Saudiya
Arabistoni
18, 049
33, 7
11, 096
19, 3
Suriya Arab
Respublikasi
-
-
-
-
Qatar
2, 906
5, 4
5, 411
9, 4
BAA
14, 910
27, 8
19, 496
33, 9
Manba:
Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO). ―Turizmda
muhim voqealar‖, 2017.
Turizmdan keladigan daromad ham mintaqa bo‗yicha 2016-
yilda 57,6 mlrd. doll atrofida baholanadi. Turizmdan eng ko‗p
daromad olgan mamlakatlar qatoriga BAA (19 mlrd. doll.), Saudiya
Arabistoni (11 mlrd. doll.), Livan (6,8 mlrd. doll.), Iordaniya
(4 mlrd. doll.) davlatlari kiradi. Yaqin Sharq mamlakatlari turizmida
diniy turizm sohasi alohida o‗rin egallaydi.
34
2.3.
Xalqaro turizm xizmatlar bozorini rivojlantirish
tendensiyalari
Milliy va mintaqaviy turizmni rivojlantirish muammolarini
yechishga bag‗ishlangan ilmiy ishlar va adabiyotlar tahlili, statistik
ma‘lumotlar, jumladan, turizm va sayohatlar bo‗yicha Butunjahon
kengash (WTTC) materiallari va boshqa manbalar tahlili jahon
turizm taraqqiyotining umumiy tendensiyalarini aniqlashga imkon
beradi. Bu, o‗z navbatida, O‗zbekiston va uning mintaqalari turizm
industriyasining rivojlanishiga bevosita ta‘sir ko‗rsatadi. Aynan,
jahon turistik-rekreatsion bozorini rivojlanish tendensiyalarini
aniqlash va ularning ilmiy tahlili, milliy va mintaqaviy turizmning
istiqbolini prognozlash va rejalashtirish jarayonlariga imkon
yaratadi, ular aniq turistik-rekreatsion tizimni shakllantirish dastur-
larini va konsepsiyasini ishlab chiqishda hisobga olinadi. Ilmiy
tadqiqotlar rivojlangan davlatlarda xizmatlar sohasida yuz beradigan
jarayonlarning ko‗p jihatdan umumiy xususiyatlarga ega ekanligi-
dan dalolat beradi, shu sababli xorij tajribasini mahalliy sharoitlarda
qo‗llash maqsadida batafsil o‗rganish muhim hisoblanadi.
Xalqaro darajada turistik xizmatlar bozorining rivojlanish ten-
densiyalarini ko‗rib chiqishda ko‗pgina davlatlar uchun chiquvchi
turistlar oqimining o‗sishi, jumladan, 2014-yildan keyingi davrda
chiquvchi turizmning yuqori suratlarda ko‗payishi kuzatilmoqda.
Chiquvchi oqimning yillik eng yuqori ko‗payish sur‘atlari Birlash-
gan Arab Amirligida – 49,8 %, Kipr mamlakatida – 40,7 %, Turkiya
mamlakatida – 31,9 % ni tashkil qilmoqda
15
.
Hajmi bo‗yicha barqaror hisoblangan ekskursiya-tanishuv
turizmi bo‗yicha Fransiya davlati ustun hisoblansa, AQSH va
Germaniya davlatlari esa xizmat maqsadidagi safarlar bo‗yicha
ustunlik qilmoqda.
Turizmni rivojlantirish bo‗yicha o‗nta yetakchi mamlakatlar
qatoridan Avstraliya chiqib ketadi, uning o‗rnini Meksika davlati
egallash ehtimoli mavjud. Hozirgi vaqtda turizmdan eng yuqori
daromadlarni yozgi dam olish davrida turistlarni qabul qiladigan
davlatlar olmoqda va bular Ispaniya, Gretsiya, Turkiya, Kipr,
15
United Nations World Tourism Organization.Yearbook of Tourism Statistics. Madrid: UNWTO, 2015.
35
Janubi-sharqiy Osiyo davlatlaridir. Bu mamlakatlar turistlarga dam
olish uchun mumtoz turto‗plamlarni taqdim etmoqdalar. Rossiya
davlati esa faqatgina Qora dengiz sohillaridagina bunday dam
olishni ta‘minlash imkoniyatiga ega. Bu yerda yozgi cho‗milish
mavsumi O‗rta Yer dengizi mamlakatlariga qaraganda 2 oy qisqaroq
davom etadi. Qumli plyajlarning uzunligi bo‗yicha Rossiya sohillari
Turkiya, Ispaniya, Afrikaning O‗rta Yer dengizi mamlakatlari
qirg‗oqlaridan o‗nlab marotaba kichikdir. Dengiz suvining ekologik
holati ham ijobiy emas, Qora dengizning hozirgi holati ekologlarni
birmuncha tashvishlantirmoqda, u yerda bir nechta salbiy hisob-
langan jarayonlar kuzatilmoqda.
Bugungi kunda jahon turizmini rivojlantirishda ayniqsa,
quyidagi davlatlar yetakchilik qilmoqda: Montenegro, Hindiston,
Vyetnam, Angola, Laos, Chad, Gvadelupa, Fidji, Uganda va Xitoy
davlatlari. Turizm industriyasining bu davlatlarda rivojlanishiga
e‘tiborning ortishi ularning iqtisodiyotiga o‗zining ijobiy ta‘sirini
o‗tkazmoqda, ma‘lumotlarni raqamlarda ifodalasak, jahon yalpi
ichki mahsulotiga bevosita 3,8% va bilvosita 10% qo‗shilishiga
ta‘sir qiladi.
Rossiya turizm bozorini rivojlantirishning tajribasidan ma‘lum
bo‗lishicha, 2015-yilda beshta yirik turistik kompaniya inqirozga
uchragan. Bunga Rossiyada kechgan turizm sohasining tizimli
inqirozi sabab bo‗ldi, chunki turoperatorlar piramida tamoyili
asosida moliyalashtirilmoqda, ya‘ni fuqarolarning bugun to‗lagan
puli ularning o‗zi uchun emas, balki firmaning keyingi turistlari
xarajatlarini moliyalashtirish uchun ishlatilmoqda. Ularning tashrifi
xarajatlarini esa turfirmaning kelajakdagi mijozlari to‗laydi.
Hozirgi vaqtda dunyodagi turistik firmalar o‗z mahsulotini
umuman mijozlar ommasiga emas, balki imkoniyat darajasida aniq
guruhlarning ehtiyojlariga yo‗naltirishga harakat qilmoqdalar.
Zamonaviy turmahsulot bozorida G‗arb davlatlari dam olish uchun
oilaviy turlarni, o‗quvchilar uchun ekskursiyalar, maxsus tashriflar,
sarguzashtli va ov turlari, alohida soha xodimlari uchun maxsus
turlarni taklif qilmoqdalar. Turmahsulotni shunga o‗xshash farqla-
nishi uning turli komponentlari va xillarini subyektiv qiyosiy
baholash muammosini tug‗diradi, bu esa mintaqa turistik
36
resurslaridan maksimal foydalanuvchi optimal majmuali turlarni
shakllantirish uchun asos bo‗lib xizmat qiladi.
Jahonda turizm xizmatlar bozorini rivojlantirishning navbat-
dagi tendensiyasi – turizm industriyasining davlat tomonidan ko‗-
maklashish darajasini oshirishdir. Bugungi kunda ko‗pgina davlat-
larda turistik mintaqaning mintaqaviy brendlari shakllantirilgan,
ba‘zi davlatlar o‗zining turmahsulotini umumjahon turizm bozorida
siljitishga ko‗mak beradilar.
G‗arb mamlakatlaridagi turistik kompaniyalarni rivojlantirishda
davlatning ko‗magiga oid ayrim misollarni ko‗rib chiqamiz. Masa-
lan, o‗z mintaqasida turistik xizmatlarga bo‗lgan talabni rag‗bat-
lantirish uchun Kipr hukumati viza tartibini yengillashtirishga urin-
di. Hukumat xatti-harakatlari natijasida Kipr diplomatik missiyasi
elchixonasi Rossiya va boshqa davlatlarning vakillari uchun
vizalarni bepul qilib belgiladi.
Turistik va rekreatsion xizmatlarni siljitish uchun Chexiya
kuchli marketing siyosatini olib bormoqda. Ular psixologlarni jalb
qilib, yangi brend ishlab chiqdilar. 2013-yilda Chexiya Respublikasi
Milliy turistik boshqaruvi (MTB) 50 dan ortiq tadbirlarni, shu
jumladan, qator xizmat uchrashuvlari va mavzuli taqdimotlarni
tashkil qilmoqda. Mazkur tadbirlar dunyo bozorlarida yetarli
darajada tanish bo‗lmagan Chexiya saroylari, kurortlari, YUNESKO
ro‗yxatiga kiritilgan shaharlari va mintaqaning boshqa diqqatga
sazovor joylariga bag‗ishlangan.
Shunday qilib, turistik xizmatlar bozorining faoliyat ko‗rsa-
tishidagi xorijiy tajribalarning tahlili jarayonida quyidagi xalqaro
turizm xizmatlar bozorini rivojlantirish tendensiyalarini kiritish
mumkin:
16
1. Turizm sohasini servislashtirish tendensiyasi kuzatilmoqda,
zero, rivojlangan davlatlardagi aholining kattagina qismida XX
asrning ikkinchi yarmidan boshlab fe‘l-atvor va dunyoqarashda
ayrim o‗zgarishlar kuzatilmoqda, avvalgi «iste‘molchilik psixolo-
giyasi» tushunchasi o‗rniga jamoaviy psixologiya shakllanishiga
ishora qiluvchi «postindustrial jamiyat», «farovon jamiyat», «bo‗sh
vaqt jamiyati» singari tushunchalar kirib keldi.
16
Safarov B.Sh. Milliy turizm xizmatlar bozorini innovatsion rivojlantirishning metodologik asoslari //
Monografiya. – Toshkent: «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2016, 184 b.
37
2. Bugungi kunda jahon turizm bozorida quyidagi maqsadli
turistik ko‗rsatmalar ustun turadi: yangi taassurotlarning paydo
bo‗lishi va ularning tezda o‗zgarishi, guruhli yoki ikki kishi bo‗lib
dam olish, ichki sabablar tufayli yoki tashqi ta‘sirlarsiz o‗z xohish
istaklarini tezda qondirishga intilish, tabiat va landshaft go‗zalli-
gidan bahra olish.
3. Aniq iste‘molchilar fe‘l-atvorining turizm industriyasiga
ta‘siri ostida yuzaga keladigan turistik talabni chuqur o‗rganish na-
tijasida turistik mahsulotni differensiyalash harakati kuchaymoqda.
4. Dunyoda turistik xizmatlar tizimli savdosi shakllanmoqda va
faol rivojlanmoqda hamda turizmni rivojlantirish sohasida fran-
chayzingdan foydalanish amaliyoti keng tarqalmoqda.
5. Internet turizmi sohasining ko‗lami kengayib bormoqda, yil
sayin tarmoqda o‗zining sahifasini tashkil etishga urinayotgan turli
darajadagi turizm bozori subyektlarining soni ortib bormoqda,
mutaxassislarning baholashicha, 2018-yilga kelib barcha turistik
mahsulotlarning uchdan bir qismi internet orqali sotilishi bashorat
qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |