39
Qo’ltiqdagi temperatura 350 dan pastga tushganda gipotermiya xolati ruy beradi. Odam suvga
tushganda gipotermiya tezrok boshlanadi. Bunda avval simpatik nerv sistemasining ko`zg’alish
belgilari vujudga keladi va issiqlik xosil bo’lishjarayonlari refleks yuli bilan kuchayadi. Sovukda
muskullarning qisqarishi - titrash tufayli issiqlikko`proq xosil bo`ladi. Ma`lum vaqtdan sung
gavda temperaturasi baribir pasaya boshlaydi. Ayni vaqtda narkozga uxshash xolat kuzatiladi.Uni
birinchi marta 1862 yilda A.E. Val’ter hayvonlar ustidagi tajribalarida kurib tasvir etgan: bu
xolatda sezuvchanlik yukoladi, reflektor reaktsiyalar susayadi, nerv markazlarining
ko`zgaluvchanligi kamayadi. Gipotermiyada moddalar almashinuvi intensivligi keskin kamayadi,
nafas sekinlashadi, yurak urishi siyraklashadi, qonning sistolik xajmi kamayadi, arterial bosim
pasayadi (gavda temperaturasi 24-250 bulganda arterial bosim normadagining 15-20 protsentiga
teng bo’lishi mumkin).
Keyingi yillarda gavdani 24-280 sovitib sun`iy gipotermiya qilish xirurgiya klinikalarida yurak
va markaziy nerv sistemasida operatsiya qilishda kullaniladi. Buning moxiyati shundan iboratki,
gipotermiya bosh miyada moddalar almashinuvini, binobarin, bu organning kislorodga extiyojini
xam ancha kamaytiradi, shu sababli miyaning uzokrok (normadagi 3-5 minut urniga 25-260 da 15-
20 minutgacha) qonsizlanishiga chidasa bo`ladi, buning ma`nosi shuki, gipotermiyada yurakning
urmay turishiga, nafas va qon aylanishining tuxtab turishiga organizm bemalol chidash beradi.
Gavdani tez isitib, gipotermiya tuxtatiladi. Gavda sovutilganda moddalar almashinuvi avvaliga
kuchayadi, bu esa moslanish reaktsiyasi xisoblanadi, bunga yul kuymaslik uchun sun`iy
gipotermiyada ganglioplegik preparatlar (simpatik nerv sistemasining tugunlarida impul’slar
utishini tuxtatadigan ximiyaviy preparatlar) bilan miorelaksantlar (nervlardan skelet muskullariga
impul’slar utishini tuxtatadigan ximiyaviy preparatlar) kullaniladi.
Qo’ltiqdagi temperatura 370 dan ortganda gipertermiya xolati yuz beradi. Tashqi muxitning
yuksak temperaturasi uzok ta`sir etganda, ayniksa tevarak-atrofdagi havo nam bulganda,
binobarin, effektiv terlashkam bulganda gipertermiya boshlanadi. Keskin gipertermiyada, ya`ni
gavda temperaturasi 40-410 ga etganda organizm umuman ogir axvolda koladi – issiq eltishi
(teplovoy udar) deb shuni aytiladi. Tashqisharoit uzgarmagani xolda termoregulyatsiyaning
buzilishi natijasida kelib chiqadigan gipertermiyani nukul tashqisharoit ta`sirida paydo buluvchi
gipertermiya xolatidan ajratishkerak. Infektsion isitmada termoregulyatsiya ko`proq, buziladi. U
fiziologiyada emas, balki patologiyada urganiladi.
Ma`ruzani ta`minlanishi
Ko`rgazmali materiallarni ta`minlash uchun mul’timedia texnikasi.
Do'stlaringiz bilan baham: