Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/189
Sana29.01.2022
Hajmi3,26 Mb.
#417203
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   189
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish organizmdagi fiziologik jarayonlarni organish

 
Ekskretor vazifasi-
modda almashinuvida hosil bo’lgan ba’zi metabolitlar so’lak
tarkibida chiqariladi, bularga siydik kislotasi, mochevinalar kiradi. Shuningdek, ayrim 
dorivor moddalar (xinin, strixnin) va organizmga tashqaridan tushgan moddalarning ayrimlari 
(simob tuzlari, alkogol ) so’lak tarkibida ajraladi. 
 
Himoya vazifasi-
so’lak tarkibida lizostim saqlanganligi tufayli bakteriostid xossasiga ega. 
Mutsin kislota va ishqorlarni neytrallash xossasiga ega. So’lak tarkibida ko’p miqdorda
immunoglobulinlar bo’lib, ular patogen mikroorganizmlardan himoya qiladi. So’lak 
tarkibida qon ivishi tizimiga oid moddalar aniqlangan, bularga maxalliy gemostazni 
ta’minlovchi qon ivish faktorlari: qon ivishiga qarshi faktorlar va fibrinolitik va fibrin 
stabillovchi faollikka ega moddalarning borligi.
 
Trofik vazifasi- s
o’lak tarkibidagi kaliy, fosfor, ruxlar tish emalini shakllanishi uchun 
sarflanadi. 
 
So’lak ajralishining boshqarilishi. 
Oziq moddalar og’iz bo’shlig’i shilliq qavatidagi 
mexano-, termo- va xemoresteptorlarga ta’sir qiladi. Bu resteptorlardan qo’zg’alish til (uch 
shoxli nerv tolasi) va til xalqum nervlari, nog’ora tolasi (yuz nervi tolasi) va xiqildoqning 
yuqoridagi nervlari (adashgan nerv tolasi) orqali uzunchoq miyadagi so’lak
ajratish markaziga boradi. U erdan efferent tolalar orqali qo’zg’alish so’lak bezlariga boradi 


46 
va so’lak ajralishi boshlanadi. Efferent yo’l simpatik va parasimpatik tolalardan iborat. 
So’lak bezlari parsimpatik innerastiyasi-til-xalqum nervi va nogora tolalari, simpatik
innervastiyasi yuqori bo’yin simpatik tugunlar tolalari orqali amalga oshiriladi. Parasimpatik
tolalari oxiridan ajraluvchi mediator asteptilxolin ta’sirida so’lak bezlari tuzlarga boy va 
organik moddalarni oz saqlovchi ko’p miqdorda suyuq so’lak ajratadi. Simpatik tolalar 
mediatori noradrenalin ta’sirida so’lak bezlari oz miqdorda quyuk, yopishqoq, oz miqdorda 
mineral tuzlar saqlovchi va organik moddalarga boy so’lak ajratadi. Adrenalin ham xuddi 
shunday ta’sir qiladi. R-substanistiyasi so’lak ajralishini kuchaytiradi. SO
2
so’lak hosil 
bo’lishini kuchaytiradi. Og’riq, salbiy xis tuyg’ular, aqliy zo’riqish so’lak ajralishini 
tormozlaydi. 
So’lak ajralishi shuningdek shartli reflekslar yordamida ham boshqarilib turadi. 
Ovqatning tashqi ko’rinishi, hidi, taom tayyorlashda hosil bo’ladigan tovushlarga shartli
refleks hosil bo’lish mumkin. 
Chaynash.
Oziq moddalar og’iz bo’shlig’iga qattiq bo’lakchalar yoki har xil
darajadagi suyuqlik holatida tushishi mumkin. Oziq modda holatiga qarab 
og’iz bo’shlig’ida mexanik va kimyoviy ishlovdan o’tkaziladi yoki darhol yutib yuboriladi.
Yuqorigi va pastki qator tishlar yordamida oziq moddani mexanik parchalanishi 
chaynash
deb 
ataladi. Chaynash chaynov, shilliq va til muskullari qisqarishi orqali amalga oshiriladi.
Og’iz bo’shlig’idagi resteptorlardan impulslar uch shoxli nerv orqali uzunchoq 
miyaga, u erdan ko’ruv dumbog’iga va bosh miya po’stlog’iga boradi. Chaynashni 
boshqarishda uzunchoq miyaning harakatlantiruvchi yadrolari, qizil yadro, qora modda, 
po’stloq osti va pustloq tuzulmalari ishtirok etadilar. Chaynashni boshqarishda ishtirok 
etadigan neyronlar to’plami 
chaynash markazi
deb ataladi.U erdan uch shoxli nerv orqali 
chaynash muskullariga impulslar boradi va ular yordamida jag’ yuqoriga, –pastga, oldinga, -
orkaga va yon tomonlarga harakatlanadi. Til, lunj va lab muskullari yordamida ovqat luqmasi 
harakatlantiriladi va chaynash yuzasida ushlab turiladi. Chaynashni boshqarishda chaynov 
muskullari va tishlar resteptorlaridan borgan impulslar ham katta ahamiyat kasb etadi.
Chaynash quyidagi davrlardan iborat: tinch davri, ovqat luqmasini og’izga kiritish, 
tusmollash (chamalash), asosiy davr, ovqat luqmasini yutishga tayerlash davri. 
Yutish. 
Oziq moddani og’iz bo’shlig’idan me’daga o’tkazilishi
yutish jarayoni
orqali 
amalga oshiriladi. Yutish reflektor harakat bo’lib og’iz, halqum va kizilo’ngach davrlaridan 
iborat. 
Og’iz davri (ixtiyoriy)
-ovqat luqmasi til bilan qattik tanglayga bosiladi va tilning o’rta
qismidagi muskullar harakati natijasida sekin asta luqma til o’zagiga siljitiladi. Bu erda 
ovqat luqmasi yumshoq tanglay, til o’zagi va xalqum orqa devori mexanoresteptorlarini
qitiqlaydi. Bu resteptorlardan qo’zgalish uch shoxli, til halqum va hiqildoqning yuqori
nervlarining afferent tolalari orqali yutish markazi uzunchoq miyaga boradi. U erdan uch 
shoxli, til osti, til xalqum va adashgan nervlar efferent tolalari orqali kelgan impulslar
yutishda ishtirok etadigan muskullarga keladi. 
Halqum davrida (tez ixtiyorsiz)
yumshoq tanglayni va xiqildoqni ko’taruvchi muskullar 
qisqarishi hisobiga burun va nafas yo’llari berkiladi. 
Nafas markazi uzunchoq miyada nafas markazi yonida joylashgan va u bilan payvasta 
(restiprok) munosabatda bo’ladi. Shuning uchun ham yutinayotgan paytda nafas to’xtaydi. 
Tilning harakati bilan ovqat luqmasi halqumga surib tushiriladi. Bu erda luqmani halqumga 
tushishiga ta’sir qiluvchi asosiy omil og’iz bo’shlig’i va xalqumdagi bosimlar bilan 
farqlanadi. Luqma xalqumga tushishi bilan uning kirish sohasidagi muskullar qiskaradi. 
Luqmani qizilo’ngachga surib yuboradi. Bu erda ham xalqum va qizilungach o’rtasidagi 
bosimlar farqi asosiy harakatlantiruvchi omil bo’lib hizmat qiladi.
Yutishdan oldin xalqum-qizilo’ngach sfinkteri yopiq bo’ladi, yutish davrida xalqumda 
bosim 45 mm simob ustunigacha ko’tariladi, sfinkter ochiladi va luqma qizilo’ngachning 
boshlang’ich sohasiga tushadi, bu erdagi bosim 30mm simob ustunidan ortmaydi.
Qizilo’ngach (sekin ixtiyorsiz) davrida 
qizilo’ngachning peristaltik harakati tufayli ovqat 
luqmasi me’da tomon siljiydi. Yutinish harakati ta’sirida qizilo’ngachda hosil bo’lgan 
peristaltik harakatning birlamchi to’lqini me’dagacha boradi. Qizilo’ngachning aorta ravog’i 
bilan kesishgan sohasida birlamchi to’lqin ta’sirida ikkilamchi to’lqin hosil bo’ladi. Bu to’lqin 


47 
ham me’daning kardial sohasigacha boradi. Me’daning kardial sfinkteri luqma 
yaqinlashganda ochiladi va ovqat me’daga tushadi. 

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish