45
faoliyatlariga gumoral boshqarilish mexanizmlarinng ta’siri kuchli bo’ladi. Ingichka va
yo’gon ichaklar faoliyatini boshkarilishida mahalliy (mexanik va kimyoviy ta’sirlar)
mexanizmlarning ahamiyati kattadir.
Oziqli modda turgan sohasiga va undan quyi qismiga hazmning secretor va motor
faoliyatini kuchaytiradi. Oral sohaga (yuqoriga yo’nalishda) esa u tormozlovchi ta’sir qiladi.
Og’iz bo’shlig’idagi hazm.
Hazm og’iz bo’shlig’idan boshlanadi, bu erda oziqli moddalar
mexanik va kimyoviy ishlovdan o’tadi. Mexanik ishlov-oziq moddalarning maydalanishi,
ularning so’lak bilan namlanishi va ovqat luqmasining hosil qilishidan iborat. Kimyoviy
ishlov-so’lak tarkibidagi fermentlar ta’sirida oziq moddalarning gidrolizga uchrashidir. Og’iz
bo’shlig’iga uch juft katta so’lak bezlarining: qulok oldi, jag’ osti, til osti va tilning yuzasida,
tanglay va lunj shilliq qavatida joylashgan ko’p mayda so’lak bezlarining chiqaruv yo’llari
ochilgan. Quloq oldi va tilning yon yuzasida joylashgan bezlar shirasi-seroz (oqsil)-ya’ni suv,
oqsil va tuzlardan iborat. Tilning o’zagida, qattiq va yumshoq tanglayda joylashgan so’lak
shilimshiq bo’lib juda ko’p mustin saqlaydi. Jag’ osti va til osti bezlar aralash harakterga ega.
So’lakning tarkibi va xossalari.
Og’iz bo’shlig’idagi so’lak aralash harakterga ega.
Uning ph 6,8-7,4 ga teng. Odamlarda bir sutkada 0,5-2l so’lak ajraladi. So’lak 99% suv va
1%
Quruq moddalardan iborat. Quruq qismi organik va anorganik moddalardan iborat.
Anorganik moddalar- xlorid bikarbonatlar, sulfatlar, fosfatlar anionlardan va natriy,
kaliy, kalstiy, magniy kationlaridan, hamda temir, mis, nikel va boshqa mikroelementlardan
tashkil topgan. So’lak tarkibidagi organik moddalar asosan oqsillardan iborat. Oqsil
shilimshiq modda
mutsin
oziq moddalarni biriktirib luqma hosil qilishda ishtirok etadi.
So’lak tarkibidagi asosiy fermentlar kuchsiz ishqoriy muhitda faoliyat ko’rsatuvchi
amilaza
va
maltazalardir.
Amilaza polisaxaridlarni (kraxmal, glikogen) disaxarid maltozagacha
parchalaydi. Maltaza maltozani glyukozagacha parchalaydi.
So’lakning tarkibida oz miqdorda uchraydigan boshqa fermentlar ham bor:
gidrolazalar, oksireduktazalar, transferezalar, proteazalar, kislotali va ishqoriy fosfatazalar.
So’lak tarkibida bakteriostid ta’sirga ega bo’lgan oqsil tabiatli modda
lizostim
(muromidaza)
mavjud.
Oziq moddalar og’iz bo’shlig’ida oz, o’rtacha 15 sekund vaqt davomida turadilar,
shuning uchun ham bu erda kraxmal to’la parchalanib ulgurmaydi. Lekin og’iz bo’shlig’idagi
hazm ishga tushiruvchi ta’sir qilishi orqali oziq moddalarni oshqozon-ichak yo’lining keyingi
qismlarida parchalanishida katta ahamiyat kasb etadi.
So’lakning vazifalari.
So’lak bir necha vazifalarni bajaradi.
Hazmga oid vazifalari –
oziq moddalarni namlaydi, shilimshiq (mutsin) moddalar
qismlarini biriktirib ovqat luqmasini hosil qiladi, yutilishini osonlashtiradi, tarkibidagi
fermentlar ta’sirida oziq moddalar gidrolizi boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: