Aqliy mehnat vaqtida energiya almashinuvi
. Aqliy mehnat vaqtida energiya jismoniy
mehnatdagiga nisbatan ancha kam sarflanadi. Ogir xisob chikarish, kitob ustida ishlash va akliy
mexnatning boshqa turlari, xarakat bilan davom etmasa, energiya sarfini tamomila tinch
34
xolatdagiga nisbatan salgina (2-3%) oshiradi. Ammo ko’pincha, ayniksa ish bajaruvchi
xayajonlanganda (lektor, artist, yozuvchi, orator va boshqalar), akliy mexnatning ba`zi turlari
muskullar faoliyati bilan davom etadi, shu sababli energiya sarfi ortishi mumkin. Boshdan
kechirilgan ruxiy kechinma modda almashinuvini bir necha kungacha 11-19% orttirishi mumkin.
Tekshirilayotgan kishiga ogir jismoniy mexnat kilayapsan deb ishontirilsa, u garchi ish
bajarmasa xam, modda almashinuvi ko’pincha ikki baravar va undan xam ko`proq ortishi
mumkin. Bu dalillar modda almashinuvi va energiya sarfi bosh miya yarim sharlari pustlogining
ta`sirida uzgara olishini isbot etadi. Ovqatning spetsifik dinamik ta`siri. Ovqat eyish va
xujayralarning ozuk moddalarini uzlashtirishi modda almashinuvi intensivligini kuchaytirib,
energiya sarfini oshiradi. Modda va energiya almashinuvining shu tarika kuchayishi ovqatning
spetsifik dinamik ta`siri deb atalgan. Oqsilli ovqatning spetsifik-dinamik ta`siri ayniksa katta: u
modda almashinuvini o’rta xisobda 30% oshiradi. Uglevod va yoglarning spetsifik dinamik ta`siri
oqsillarnikiga qaraganda kamrok. Odam uglevod va yoglarni iste`mol kilganda modda
almashinuvi 4-15% ortadi (turli olimlarning ma`lumotlari xar xil).
TERMOREGULYATSIYA
Gavda temperaturasi va izotermiya
. Odam va oliy hayvonlarning gavda temperaturasi tashqi
muxit temperaturasining uzgarishiga karamay doim deyarli bir darajada turadi. Gavda
temperaturasining bunday doimiyligi izotermiya deb yuritiladi. Izotermiya fakat gomoyoterm,
yoki issiqQonli deb ataluvchi hayvonlarga xos. Gavda temperaturasi uzgaruvchan bo’iib, tashqi
muxit temperaturasidan oz farkkiluvchi, ya`ni poykiloterm, yoki sovukQonli hayvonlarda
izotermiya yo’k. Izotermiya ontogenez jarayonida asta-sekin rivojlanadi. YAngi tugilgan bolalarda
gavda temperaturasini doim bir darajada saklab turishkobiliyati uncha mukammal rivojlanmagan.
SHunga kura tashqi muxit temperaturasi katta yoshdagi odamlarga ta`sir etmaydigan darajada
uzgarganda bola organizm sovib (gipotermiya) yoki kizib (gipetermiya) ketishi mumkin.
Xuddi shuningdek, muskullar bilan kilinadigan ozgina ish, masalan, bolaning uzok chinkirishi
bilan bog’liq bulgan muskullar ishi gavda temperaturasini oshirishi mumkin. CHala tugilgan
bolalar organizmi gavda temperaturasini doim bir darajada saklab turishga yanada kamrokkodir:
ularning gavda temperaturasi tashqi muxit temperaturasiga ko`proqbog’liq.Organ va tukimalar
temperaturasini, shuningdek butun organizm temperaturasini isiklik xosil bo’lish intensivligiga va
issiqlik yukotishmiqdoriga bog’liq. Betuxtov ruy beruvchi va issiqlikchiqishi bilan davom etuvchi
ekzotermik reaktsiyalar oqibatidaissiqlikxosil bo`ladi. Bu reaktsiyalar barcha organlar va
tukimalarda ruy beradi, lekin intensivligi bir xil bo’lmaydi. Muskul tukimasi, jigar, buyraklar kabi
aktiv ish bajaruvchi tukima va organlar aktivligi kamrok tukima va organlar (kushuvchi tukima,
suyak, togaylar)ga qaraganda ko`proqissiqlik chikaradi.
Organ va tuqimalarning issiqlik yukotishi ularning olgan urniga ko`proqbog’liq: teri, skelet
muskullari singari yuzarokda yotgan organlar sovukdan muxofaza kilingan ichki organlarga
qaraganda ko`proqissiqlik chikaradi va tezrok soviydi. Turli organlar temperaturasining turlicha
bo’lishi yukorida aytilgandan anikkurinib turibdi. Gavdaning ichkarisida yotgan va kup issiqlik
chikaradigan jigar temperaturasi odamda eng yukori (37,8-380), teri temperaturasi esa ancha
pastdir (badanning kiyim bilan berkilgan joylarida 29,5-33,90).Bundan anglashiladiki, «gavda
temperaturasi» degan tushuncha shartli tushunchadir, chunki gavdaning turli qismlaridagi
temperatura bir-biridan katta farkqiladi. eng yirik tomirlardagi Qon temperaturasi butun
organizmning o’rtacha temperaturasi xammadan yaxshirok ta`riflab beradi, chunki tomirlarda
yuradigan Qon aktiv tukimalarda isiydi, ularni shu tarika sovutadi va terida sovib, uni ayni vaqtda
isitadi.
Odamning gavda temperaturasi odatda qo’ltiqdan ulchanib, shu asosda fikr yuritiladi.Soglom
odamning qo’ltiqdan ulchangan temperaturasi 36,5-36,90.Klinikada ko’pincha (asosan emadigan
bolalarda) gavda temperaturasi rectum-da aniklanadi, bu erdagi temperatura qo’ltiqdagidan ancha
35
yukori bo’iib, soglom odamda o’rta xisob bilan 37,2-37,50 ga teng. Gavda temperaturasi doimiy
bo’lmay, balki sutka davomida 0,5-0,70 ga uzgarib turadi. Gavda temperaturasi kechkurun soat 4-
6 da eng yukori (maksimal), ertalab soat 3-4 da esa eng past (minimal) bo`ladi.
Gavda temperaturasining bu uzgarishi yashashsharoitiga bog’liq: tinchlik va uyku gavda
temperaturasini pasaytiradi, muskullar bilan kilanadigan ish esa uni orttiradi.SHu sababli tungi
smenalarda uzok ishlaydigan ishchilarda temperatura yukorida aytilganning teskarisicha uzgarishi
mumkin. Butun organizmda issiqlik xosil bo’lishi va issiqlik yukotish bir-biriga teng bulgandagina
odamning gavda temperaturasini doim bir darajada turishi mumkin. Bunga termoregulyatsiyaning
fiziologik mexanizmlari yordam beradi. Umuman termoregulyatsiyani fizikaviy va ximiyaviy
termoregulyatsiyaga ajratish rasm bo’iibketgan. Ximiyaviy termoregulyatsiya organizmda
issiqlik xosil bo’lishini kuchaytirish yoki susaytirish, ya`ni organizmda moddalar almashinuv
intensivligini kuchaytirish va kamaytirish yuli bilan yuzaga chiqadi. Fizikaviy termoregulyatsiya
gavdadan issiqlik chikish intensivligini uzgartirish yuli bilan amalga oshadi.
Kimyoviy termoregulyatsiya. Moddalar almashinuv intensivligini, demak, issiqlik xosil bo’lish
intensivligini xam belgilab beruvchi faktorlardan biri tashqi muxit temperaturasidir.
Tashqi muxit temperaturasi kutarilib 25-300 ga etganda moddalar almashinuvi va issiqlik xosil
bo’lishi bir oz kamayadi. Tashqi muxit temperatura kamayib 150 dan pastga tushganda issiqlik
xosil bo’lishi ancha kuchayadi. Tashqi temperatura optimal temperaturadan, yokikomfort
zonasidan past bo’lsa, issiqlik xosil bo’lishi ancha kuchayadi. Odatdagi engil kiyim kiyilganda
komfort zonasi 18-200 atrofida, yalangoch odam uchun esa 280 bo`ladi. Odam suvda turganda
optimal temperatura havoda turishdagiga nisbatan ancha yukori bo`ladi. Bunga sabab shuki,
suvning issiqlik sigimi va issiqo’tkazuvchanligi yukori bulgani uchun gavdani havoga nisbatan 14
baravar kuchlirok sovutadi. SHu sababli bir oz sovuk vannaga tushish moddalar almashinuvini shu
temperaturadagi havoga nisbatan ko`proq oshiradi.
Tashqi muhit temperaturasi pasayganda issiqlik xosil bo’lishining kuchayishi gavdani
sovushdan saklashda katta axamiyatga ega. Muskullar qisqarganda ularda eng kup issiqlik xosil
bo`ladi. Odam xatto kimirlamay yotib muskullarini taranglasa, unda oksidlanishjarayonlari va shu
bilan birga issiqlik xosil bo’lishi muskullarni bushashtirish yotgandagiga nisbatan 10% oshadi va
undan xam kuchayadi. Uncha katta bo’lmagan xarakat aktivligi issiqlik xosil bo’lishini 25%
orttiradi. YUrish energiya sarfini 60-80% oshiradi, ogir ishda esa energiya sarfi 400-500%
kupayishi mumkin. Odam sovuksharoitda bulganda muskullarda issiqlik xosil bo’lish ortadi.
Bunga sabab shuki, gavda yuzasida temperaturaning pasayishi sovukni sezuvchi teri
retseptorlariga ta`sir etib, refleks yuli bilan muskullarning ixtiyorsiz ravishda betartib qisqarishini
ko`zgaydi, bu esa odamning titrashida (diydirashida) namoyon bo`ladi. Ayni vaqtda organizmning
energiya sarfi ancha ortadi, muskullarda kislorod va uglevodlar ko`proq iste`mol kilinadi, natijada
issiqlik xam ko`proq xosil bo`ladi.
Shunday qilib, sovukda «kaltirash» yoki titrash – muskullarda ko`proqissiqlik xosil qilish yuli
bilan gavda temperaturasi refleks yuli bilan boshqarilayotganining namoyon bo’lishidir.
Titrashissiqlik xosil bo’lishini nechoglik orttira olishini sun`iy titrashda (imitatsiya) issiqlik xosil
bo’lishi 200% ortishidan kursa bo`ladi. Titrashning termoregulyatsiyadagi axamiyati yana shu
bilan xam isbot etiladiki, organizmga relaksantlar (nervdan muskulga nerv impul’slarining utishini
buzadigan va muskullarning refleks yuli bilan betartib qisqarishini, ya`ni titrashni shu tarika
bartaraf qiladigan moddalar) yuborilgan bo’lsa, badan sovutilganda gavda temperaturasi tezrok
pasayadi.
Kimyoviy termoregulyatsiyada muskullardan tashkari jigar va buyrak xam katta rol’ uynaydi.
Jigar venasining Qonidagi temperatura jigar arteriyasining temperaturasidan yukori, bu esa jigarda
issiqlikko`proq xosil bo’lishini ko’rsatadi. Badan sovuganda jigarning issiqlik xosil qilishi
kuchayadi. Organizmda oqsil, uglevod, yoglarning oksidlanib parchalanishi natijasida energiya
36
yuzaga chiqadi. Modomiki shunday ekan, oksidlanishjarayonlarini boshqaruvchi barcha
mexanizmlar issiqlik xosil bo’lishini xam boshqaradi albatta.
Fizikaviy termoregulyatsiya. Tashqi muxit temperaturasi kutarilganda gavda temperaturasining
doim bir darajada saklanishida fizikaviy termoregulyatsiya muxim rol’ uynaydi. Tashqi muxit
temperaturasi gavda temperaturasiga yakin yoki teng bo’lsa, moddalar almashinuvi susayadi-yu,
organizmni kizib ketishdan saklay olmaydi, chunki organizmda anchagina issiqlik baribir xosil
bulaveradi. Bunday xollarda issiqlikni ko`proq chikarib yuborish yuli bilan ruyobga chiqadigan
fizikaviy termoregulyatsiya izotermiyani saklashda asosiy axamiyatga ega bo`ladi.
Organizmda xosil bo`ladigan issiqlik asosan issiqlikni nurlashtirish (radiatsion issiqlik yukotish)
va issiqo’tkazish (Qonvektsion issiqlik yukotish) yuli bilan, ya`ni issiqlikni teridan bevosita
havoga yoki teriga tegib turgan buyumlarga o’tkazish yuli bilan chikib ketadi. Katta yoshli odam
tinch yotganda tashkariga beriladigan jami issiqlikning kariyb 70 protsentini issiqo’tkazish (kariyb
15%) va issiqlikning nurlantirish (55%) yuli bilan chikarib yuboradi.
Odatdagi sharoitda aktiv ish bajarilmaganda kariyb 27% issiqlik teri va o’pkayuzasidan suv
buglanishi yuli bilan chikib ketadi. Ter bezlari orqali bir sutkada kariyb 500 ml, o’pkadan esa
kariyb 350 ml suv buglanishini va 1 ml suvning buglanishiga 0,58 kkal zarurligini xisobga olsak,
gavdadan suv buglanib ketishiga 500 kkal sarflanadi. Gavdadan yukoladigan issiqlikning 3
protsenti nafasdan chiqadigan havoning isishiga sarf bo`ladi, shuningdek axlat va siydik bilan
chikib ketadi.
Odamning kiyimi issiqlik chikib ketishini kamaytirishga xizmat qiladi. Ayni vaqtda gavda
bilan kiyim orasidagi xarakatsiz havokatlami issiqlikning chikib ketishiga tuskinlikqiladi, chunki
havoissiqlikni yaxshi o’tkazmaydi. Kiyim ostidagi havo temperaturasi 300 ga etadi. Gavdaning
ochik joylari issiqlikni yukotadi, chunki gavda yuzasidagi havo doim almashinib turadi. SHu
sababli gavdaning ochik joylaridagi teri temperaturasi kiyim bilan berkilgan joylardagi teri
temperaturasiga nisbatan pastrok bo`ladi. Teri ostidagi yog kletchatkasi xam issiqlik yukolishini
ancha kamaytiradi, chunki yogning issiqo’tkazuvchanligi kam.
Issiqlik nurlanishini va issiqliko’tkazilishini birgalikda kuzdan kechirish mumkin, chunki ular
xamisha parallel ravishda uzgaradi va bir faktorga, ya`ni teri temperaturasi bilan tashqi muxit
temperaturasining farkiga bog’liq bo`ladi. Teri temperaturasi, demak, issiqlik nurlanishining xam
issiqliko’tkazilishining xam intensivligi birinchidan, tomirlardagi Qonkayta taksimlanganda,
ikkinchidan tsirkulyatsiyadagi Qonmiqdori uzgarganda uzgarishi mumkin. Xar xil tomirlardagi
Qonkuyidagicha kayta taksimlanadi: sovukda terining qon tomirlari, asosan arteriolalari torayadi
va korin bo`shlig’idagi organlarning tomirlariga ko`proqqon utadi. Terining yuzakavatlari ozgina
issiqqon olgani tufayli issiqlikni kamrok nurlantiradi va atrofidagi muxitni kam isitadi, natijada
issiqlik chikib ketishi kamayadi. Oyoq-qo’l terisi kattik sovunganda arteriya-vena anastomozlari
ochilib, teri kapillyarlariga qonkelishini kamaytiradi va shu bilan issiqlik chikib ketishiga
tuskinlikqiladi.
Tevarak-atrofdagi muxit temperaturasi yukori bo’lsa, teri tomirlari kengayadi, teriga
issiqQonko`proqkelib, uning temperaturasini oshiradi, natijada issiqlik nurlanishi xam,
issiqliko’tkazilishi xam ortadi. Tashqi muxit temperaturasi kutarilganda tukimalardagi suvning
Qonga utishi, shuningdek talok va boshqaQon depolaridan Qon aylanish sistemasiga kushimcha
miqdorda Qonchiqishi tufayli tsirkulyatsiyadagi Qonmiqdori kupayadi. Sovukda karama-karshi
jarayonlar ruy berishi sababli tsirkulyatsiyadagi Qonmiqdori kamayadi. TSirkulyatsiyadagi
Qonmiqdori ortganda teridan utadigan Qonmiqdori xam kupayadi, bu esa tashqi muxitga teridan
issiqlik utishini kuchaytiradi.
Tevarak-atrofdagi muxit temperaturasi kutarilganda badandan ter buglanishi gavda
temperaturasini doim bir darajada saklash uchun katta axamiyatga ega. YUkori temperaturada
organizm shu yul bilan kup issiqlik chikaradi. Gavda temperaturasini doim bir darajada saklash
37
uchun terlashning axamiyati kuyidagicha xisobdan yakkol kurinadi: tropiklarda tashqi muxit
temperaturasi 370 gacha etadi, ya`ni odamning gavda temperaturasiga teng bo`ladi. Buning
ma`nosi shuki, tropiklarda yashovchi odam organizmda xosil buluvchi issiqlikni nurlantirish va
o’tkazish yuli bilan chikara olmaydi. Bu xolda suvni buglantirishissiqlik chikarishning birdan-bir
yuli bo’iibkoladi. Bir sutkada o’rta xisob bilan 2400-2800 kkalissiqlik xosil bo’lishini va gavda
yuzasidan 1 g suv buglanganda 0,58 kkalissiqlik sarflanishini bilib, shu sharoitda odamning gavda
temperaturasini doim bir darajada saklash uchun 4,5 l suv buglanishi zarurligini aniklaymiz.
Tevarak-atrofdagi muxit temperaturasi yukori bulganda muskullari bilan zur berib ishlayotgan
odam ayniksa kup terlaydi, chunki bunda organizmda issiqlikkup xosil bo`ladi. Issiq tsex
ishchilari juda ogir ish bajarganda bir kunda 12 litrgacha ter chiqishi mumkin.
Suvning buglanishi havoning nisbiy namligiga bog’liq; suv buglari bilan tuyingan havoda suv
buglana olmaydi. SHu sababli atmosfera namligi kup bulgan sharoitda yukori temperatura
organizmga atmosfera namligi kam bulgan sharoitdagiga nisbatan ogirrok ta`sir etadi. Suv buglari
bilan tuyingan havoda, masalan, xammomda ter kup chiqadi-yu, buglanmaydi va teridan okib
tushadi. Bunday terlashissiqlikni chikarishga yordam bermaydi, terning badandan buglanuvchi
qismi issiqlikni chikarish uchun axamiyatli (terning shu qismi “effektiv terlashni” tashqil etadi).
Havoni o’tkazmaydigan, terning buglanishiga tuskinlikqiladigan (charmdan, rezinadan tikilgan)
kiyim xam nokulay: kiyim bilan gavda orasidagi havo suv buglari bilan tez tuyinib, terning yana
buglanishi tuxtab koladi. Gavda temperaturasini doim bir darajada saklashda badandan suv
buglanishining axamiyatini shundan xam kurish mumkin; havo nam bo’lsa, odam uncha yukori
bo’lmagan (320) temperaturada xam uzini yomon xis qiladi. Butunlay quruqhavoda odam 50-550
temperaturada 2-3 soatgacha aytarli kizib ketmay tura oladi.
Suvning ma`lum qismi nafasdan chiqadigan havoni tuyintiruvchi bug shaklida o’pkadan
buglanib ketadi. Modomiki shunday ekan, nafas olish xam gavda temperaturasini doim bir
darajada saklashda ishtirok etadi. Sovukda nafas markazi refleks yuli bilan tormozlanadi, odam
siyrak oladi, tashqi muxit temperaturasi yukori bulganda esa, aksincha, nafas markazi ko`zgaladi.
YUkorida bayon kilingalardan anglashiladiki, bir tomondan, modda almashinuv intensivligini
boshqaruvchi mexanizmlar va modda almashinuviga karab issiqlik xosil bo’lishi (ximiyaviy
termoregulyatsiya), ikkinchi tomondan, terining qon bilan ta`minlanishini, terlashni va nafas
olishni boshqaruvchi mexanizmlar (fizikaviy termoregulyatsiya) birgalashib ta`sir etib, gavda
temperaturasini boshqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |