O`qitish shakli
Jamoa, Ommaviy.
O`qitish shart-sharoiti
Proektor, (yoki komp’yuter) bilan jihozlangan auditoriya.
Rasm va plakatlar.
Monitoring va baholash
Saol-javob, nazorat.
Ma’ruza materiallarining texnologik xaritasi
Ish soati va bosqichi
O’qituvchi
Talabalar
Tayyorlash
bosqichlari(5min)
1. Ma’ruzaga tayyorlanish.
2.Ma’ruzaning kirish qismiga slayd
tayyorlash
3.Foydalanilgan adabiyotlar
Talabalarning
davomati
1.Ma’ruza kirish
(10min)
Ma’ruzaning maqsad va vazifalari bilan
tanishish
Tinglaydilar
va yozadilar
2.Asosiy bosqich
(50min)
1.Mavzuni tushuntirish, slaydlar taqdimoti
2.Tarqatma materiallarni ishlatish
Tinglaydilar
va yozadilar
3.Xulosa.(10min)
Xulosa
Tinglaydilar
4. Mustaqil ta`lim
uchun topshiriq ( 5min)
Mustaqil ta`lim uchun topshiriq beradi
Topshiriqni
yozadilar
80 min
Tayanch so’zlar :
Gemodinamika, qon okimi,chizikli tezlik,xajm tezligi,qon bosimi,sistolik bosim,
diastolik bosim,puls bosimi,arterial puls, sfigmo-gramma, vena pulsi, flebogramma,
vazokontriktorlar, vazodilyatatorlar,pressor reflekslar,depressor reflekslar.
MARUZA MATNI:
Modda almashinuvi tirik organizmning eng muxim funktsiyasidir va xaetning xarakterli
belgisi. Xamma xujayralarda doimo modda almashinuvi tufayli xujayra strukturalari va xujayra-
aro modda uzluksiz xosil bo’iib, emirilib va yangilanib turadi. Organizmda doimo xar xil
ximiyaviy birikmalar parchalanib va sintezlanib turadi, bir xil moddalar ikkinchi xil moddalarga
aylanadi. Bunda energiya bir xolatdan ikkinchi xolatga utadi, ximiyaviy birikmalardagi potentsial
energiya ular parchalanganda asosan issiqlik, mexanik, elektr va kinetik energiya turlariga
aylanadi. Organizmda modda almashinuvi energiya almashinuvi bilan boylangan. Organizmda
29
ximiyaviy jarayonlar natijasida yukori molekulali moddalardan oddiy moddalar xosil bulganda
energiya ajraladi. energiyaning uzgarishi natijasida issiqlik xosil bo’iib, gavdadan tashqi muxitga
utadi. Organizmdan ajraladigan energiya miqdorini kalloriyalarda eki djoul’ bilan ulchanadi.
Djoul jaxonaro birlik sistemasi xisoblanadi 1 Dj = 4,187 kal. teng.
Organizmning energiya sarfini tekshirish (kalorimetriya)
Dissimilyatsiya jarayonlarida energiya ajralib chiqadi, ya`ni potentsial ximiyaviy energiya
kinetik energiyada aylanadi. Bu energiyaning kupchilik qismi issiqlik energiyasiga aylanadi;
ajralib chikkan energiyaning 20-25 protsenti mexanik energiyaga aylanishi mumkin. elektr
energiyasi juda oz chiqadi. energiyaning uzgarishi natijasida issiqlik xosil bo’iib, gavdadan tashqi
muxitga utadi. Masalan, yurak qisqarganda yuzaga chikuvchi va Qonni xarakatga keltiruvchi
mexanik energiya qarshilikni engishga sarflanib, issiqlik energiyasiga aylanadi. Skelet muskullari
ishlaganda xam xuddi shunday xodisa ruy beradi: bunda mexanik energiya organizmdan
tashkarida issiqlik energiyasiga aylanadi.
Organizmda yuzaga chiqadigan jami energiyani aniklash va issiqlik birliklari – kaloriyalarda
ifodalash mumkin. Organizmda xosil bo`ladigan energiyani vositasiz va vositali kalorimetriya
usullarida aniklash mumkin. Vositasiz (bevosita) kalorimetriyada organizmdan ajralib chiqadigan
issiqlikni sezuvchi maxsus murakkab apparatlar – kalorimetrik kameralardan foydalaniladi. Odam
va yirik hayvonlar uchun shunday kameralarni Rossiyada V.V. Pashutin bilan A.A. Lixachev
(1893), keyinchalik esa AKSH da U. etuoter (1899) bilan F. Benedikt yasashgan.
Kalorimetrda tekshirish juda anik natija berishi mumkin.
M. Rubner tajribalari shuni
ko’rsatadi, organizm sarflaydigan energiya miqdorini kalorimetrik kamerada va yalpi
almashinuvni tekshirish yuli bilan aniklash natijalarini M. Rubner takkoslab kurgan. Organizmda
xosil bo`ladigan issiqlik miqdori yalpi almashinuvni tekshirish yuli bilan aniklanganda va
kalorimetrik kamerada organizmdan chikkan issiqlik bevosita aniklanganda xisoblash natajalari
kupi bilan 0,5% fark kildi. Masalan, tajribalardan birida it kalorimetrik kamerada 8 kun turganda
organizmdan 2494 kkal issiqlik ajraldi. SHu it organizmida xosil bulgan issiqlik miqdori yalpi
almashinuvni tekshirish yuli bilan xisoblab chikilganda esa 2488 kkal ajralganligi aniklandi. Bu
rakamlar orasidagi fark xamisha ulchashda yul kuyiladigan xato chegarasida bo`ladi.
Organizmning energiya sarfini bevosita kalorimetriya yordamida aniklash yoki yalpi moddalar
almashinuvni tadkik qilish goyat murakkab. Gazlar almashinuvini urganish, ya`ni vositali
kalorimetriya yuli bilan energiya sarfini xisoblash soddarok va amalda kulayrok.
Gazlar almashinuvi – organizm energetikasining kursatkichi (vositali kalorimetriya)
Organizmda oksidlanish jarayonlari energiya manbai xisoblanadi, bu jarayonlarda kislorod
sarflanadi va karbonat angidrid xosil bo`ladi. SHuning uchun gazlar almashinuvini tekshirish
asosida, ya`ni yutilgan kislorod va ajralib chikkan karbonat angidrid miqdoriga karab,
organizmning kancha energiya sarflaganini aniklash mumkin. Bu usul vositali kalorimetriya deb
ataladi. Gazlar almashinuvini uzok tekshirish uchun maxsus respiratsion kameralar ishlatiladi.
Ularning kulay modellarini V.V. Pashutin (1886), keyin M.N. SHaternikov kurgan va tasvir etgan.
Respiratsion kamera odam yoki hayvondagi gazlar almashinuvini bir sutka va undan ko`proq
vaqt davomida tekshirishga imqon beradi. Qisqa vaqtda gazlar almashinuvi maktablarda,
kasalxonalarda, korxonalarda va boshqa joylarda oddiy usullar bilan aniklanadi. Duglas-Xolden
usuli juda keng tarkalgan, bu usulda tekshiriluvchi kishining yuziga gaz almashtiruvchi nikob
tutiladi, bu nikob tekshiriluvchi kishining orqasiga osilgan va havoni o’tkazmaydigan tukimadan
yasalgan kopga (Duglas kopiga) tutashtirilgan. Nikobning klapanlari bor, ular shunday tuzilganki,
tekshiriluvchi kishi atmosfera havosidan bemalol nafas oladi, nafasidan chikkan havo esa Duglas
kopiga kiradi.
Ma`lum vaqt (10-15 minut) da nafasdan chikkan havo yigiladi va uning xajmi aniklanadi
(kopdagi havo xajmi gaz soati bilan ulchanadi), shu havodagi kislorod va karbonat angidridning
30
protsent miqdori xam aniklanadi. Havoning gazlar tarkibi kislorod va karbonat angidridni Xolden
apparatida ximiyaviy boglab olish yuli bilan yoki keyingi yillarda elektron apparatlar yordamida
fizikaviy metodlar bilan (gazlarning ba`zi fizikaviy xossalari: kislorodning paramagnit xossalari,
karbonat angidridning issiqlik o’tkazish xossasi va boshqalar asosida) aniklanadi. Gazni ximiyaviy
yul bilan analiz qilishda avval tekshirish uchun olingan gaz xajmi aniklanadi, sungra karbonat
angidrid yutilishi uchun u ishkorli eritmadan o’tkaziladi, natijada havo xajmi picha kamayadi.
Tekshirilishdan avvalgi va keyingi havo xajmining ayirmasiga karab karbonat angidridning
protsent miqdori topiladi. Sungra shu usulda kislorod miqdori topiladi, buning uchun kolgan havo
pirogallol eritmasidan o’tkaziladi, bu eritma kislorodni yutadi. Tajriba xar xil temperaturada turli
bosimda o’tkazilishi mumkin, shuning uchun, natijalarni solishtirish maqsadida gazlar xajmi 00
temperatura va atmosfera bosimi 760 mm simob ust. ga teng sharoitdagi xajmga aylantirib xisob
kilindi. Havoni analiz qilib olingan natijalarga asoslanib, nafasdan chikkan jami havodagi kislorod
va karbonat angidrid miqdori aniklanadi. Organizmga yutilgan kislorod oqsil, yog va
uglevodlarning oksidlanishiga sarf bo`ladi. SHu moddalardan 1g oksidlanib parchalanganda xar
xil miqdorda kislorod sarflanadi va turli miqdorda issiqlik ajraladi.
Organizmda 1g uglevod oksidlanganda 4,1kkal issiqlik ajralib chiqadi va buning uchun 0,830
l kislorod ketadi. Demak, 1l kislorod iste`mol kilinganda u uglevodlarning oksidlanishiga sarf
bo’lsa, 0,05 kkal yuzaga chiqadi. 1g oqsil oksidlanganda xam 4,1 kkal issiqlik ajraladi, lekin
bunda uglevodlarning oksidlanishidagiga nisbatan ko`proq, ya`ni 0,970 l kislorod sarflanadi.
Demak, oqsillarning oksidlanishiga 1l kislorod sarflanganda organizmda 4,46 kkal issiqlik
ajraladi. YOglarning oksidlanishiga 1l kislorod sarflanganda esa 9,3 kkal issiqlik yuzaga chiqadi.
Organizmda
oksidlanadi
gan modda
1 g oziq modda oksidlanganda
1 l O2
sarflanganda
ajraladigan
issiqlik (kkal)
ajralibchiqadiganissiqlik
(kkal)
sarflanadigankislorod
(l)
Oqsillar
Yog`lar
Uglevodlar
4,1
9,3
4,1
0,970
2,030
0,830
4,46
4,74
5,05
Organizmga 1l kislorod sarflanganda yuzaga chiqadigan issiqlik miqdori kislorodning kalorik
ekvivalenti deb ataladi. Kislorod kaysi moddalarni oksidlashiga karab bu ekvivalent miqdori turlicha
bo’lishi yukorida keltirilgan rakamlardan kurinib turibdi.SHunday qilib, organizmda kaysi moddalar
– oqsil, yog va uglevodlar oksidlangani ma`lum bo’lsa, iste`mol kilingan jami kislorod miqdoriga
karab kancha energiya sarflanganini xisoblab chikish mumkin. Gazlar almashinuvini tekshirish
tajribalarida nafas koeffitsienti gavdasi kaysi ozik moddalar oksidlanganini kursatib bera oladi.
Nafas koeffitsienti va uning ahamiyati.
Organizmdan ajralib chikkankarbonat angidrid xajmining
yutilgan kislorod xajmiga nisbati nafas koeffitsienti deb ataladi. Oqsillar, yoglar va uglevodlar
oksidlanganda nafas koeffitsienti turlicha bo`ladi. Avvalo, organizm uglevodlar iste`mol kilganda
nafas koeffitsienti kancha bo’lishini kurib chikaylik. Misol uchun glyukozani olaylik. Bir molekula
glyukoza oksidlanishining umumiy yakunini kuyidagi formula bilan ifodalash mumkin:
S6N12O6 + 6O2=6SO2 + 6N2O.
Glyukoza oksidlanganda necha molekula karbonat angidrid xosil bo’lsa, ushancha molekula
kislorod sarf kilingani (yutilgani) reaktsiya tenglamasidan kurinib turipti. Bir xil temperatura va bir
xil bosimda gazning teng miqdordagi molekulalari bir xil xajmni egallaydi (Avogadro – Jerar
Qonuni). Demak, glyukoza oksidlanganda nafas koeffitsienti (SO2 ning O2 ga nisbati) 1 ga teng.
31
Boshqa uglevodlar oksidlanganda xam nafas koeffitsienti shuncha bo`ladi. YOglar va oqsillar
oksidlanganda nafas koeffitsienti 1 dan kam bo`ladi. YOglar oksidlanganda nafas koeffitsienti 0,7 ga
teng ekanligini biror yogning oksidlanishi yakunidan kurish mumkin. Buni tripal’mitinning
oksidlanish misolida ko’rsataylik:
2S3N5 (S15N31SOO)3 + 145O2 = 102SO2 + 98N2O.
Bu misolida karbonat angidridning kislorodga nisbati
102 SO2
――― = 0,703 ga teng.
145 O2
Oqsillar uchun xam shunday qilib kurish mumkin; organizmda oqsillar oksidlanganda nafas
koeffitsienti 0,8 ga teng. Odam aralash ovqatlar eb turganda nafas koeffitsienti aksari 0,85-0,9 ga
teng bo`ladi. Organizmda 1 l kislorod sarflanganda (yutilganda) oqsil, yog, uglevodlarning
oksidlanishiga karab, ajralib chikkan kaloriyalar xar xil bulgani uchun nafas koeffitsientining
miqdoriga karab turli miqdorga kaloriyalar ajralib chiqishi tushunarli, chunki nafas koeffitsienti
organizmda kaysi moddalar oksidlanganini kursatib beradi. Ba`zi bir sharoitda, masalan, muskullar
zur berib ishlagandan sung, qisqa vaqt uchun aniklangan nafas koeffitsienti oqsil, yog va uglevodlar
iste`mol kilinganini aks ettirmaydi.
Ish vaqtidagi nafas koeffitsienti. Muskullar zur berib ishlagan vaqtda nafas koeffitsienti ortib,
ko’pincha 1 ga yakinlashadi. Buning sababi shuki, zur berib ishlash vaqtida uglevodlarning
oksidlanishi energiyaning asosiy manbai xisoblanadi. Ish tamom bulgach nafas koeffitsienti tiklanish
davri deb ataladigan dastlabki minutlarda keskin kutarilib, 1 dan ortishi mumkin. Navbatdagi davrda
nafas koeffitsienti keskin darajada kamayib, dastlabki miqdoridan xam pastga tushadi va ikki soatlik
ishdan 30-50 minut keyingina normal miqdorga kelishi mumkin. Ish tamom bulgach nafas
Do'stlaringiz bilan baham: |