partsial bosimi 40 mm ga teng.
Muayyan partsial bosimdagi gaz bilan tuyingan suyuklik partsial bosimi past bulgan shu gazga
duch kelsa, gazning bir qismi eritmadan chikib ketadi va erigan gaz miqdori kamayadi. Gazning
bosimi yukori bo’lsa, suyuklikda ko`proq gaz eriydi. Gazlarning erishi partsial bosimga bog’liq,
ya`ni gazlar aralashmasining umumiy bosimiga emas, balki xuddi shu gazning bosimiga bog’liq.
Suyuklikda erigan gaz, masalan, kislorod azot atmosferasiga xatto juda yukori bosim ostida azot
turgan bushlikka chikayotgandek chikaveradi.Suyuklik ma`lum tarkibli gazlar aralashmasiga duch
kelganda suyuklikka kirgan yoki undan chikkan gaz miqdori suyuklikdagi va gazlar
25
aralashmasidagi gaz bosimlarining nisbatiga bog’liq bo’lish bilangina kolmay, balki ularning
xajmlariga xam bog’liq.
Bosimi suyuklikdagi gazlar bosimidan keskin fark kiluvchi gazlar aralashmasining katta
xajmi suyuklikning katta xajmiga duch kelsa, kup miqdordagi gaz suyuklikka kirishi yoki undan
chiqishi mumkin. Etarlicha katta xajmli suyuklik kichik xajmdagi gaz pufakchasiga duch kelsa,
aksincha, juda oz miqdordagi gaz suyuklikka kiradi yoki undan chiqadi va suyuklikning gazlar
tarkibi amalda uzgarmaydi. Suyuklikda erigan gazlar uchun erkin gazlardagi «partsial bosim» ga
mos keladigan «taranglik» termini kullaniladi. Bosim kaysi birliklar bilan ifodalansa, taranglik
xam usha birliklar, ya`ni atmosferalar yoki simob ustuni yoki suv ustuni xisobidagi millimetrlar
bilan ifodalanadi. Gaz tarangligi 100 mmsimob ustuniga teng bo’lsa, suyuklikda erigan gaz 100
mm bosim ostidagi erkin gaz bilan muvozanatda turganini ko’rsatadi.
Yerigan gaz tarangligi erkin gazning partsial bosimiga teng bo’lmasa, muvozanat buziladi. SHu
ikki miqdor yana bir-biriga tenglashganda muvozanat tiklanadi. Masalan, berk idishda turgan
suyuklikdagi kislorod tarangligi 100 mm ga teng, shu idish havosidagi kislorodning bosimi esa
150 mm ga teng bo’lsa kislorod suyuklikka kira boshlaydi. Ayni vaqtda suyuklikdagi kislorod
tarangligi orta boradi, suyuklikdan tashkaridagi kislorod bosimi esa pasayaveradi, yangi dinamik
muvozanat karor topmaguncha va bu ikki miqdor 150 bilan 100 mm orasidagi yangi kiymat olib
baravarlashmaguncha bosim va taranglik uzgaraveradi. Bu xolda bosim va taranglikning kanday
uzgarishi gaz bilan suyuklikning nisbiy xajmlariga bog’liq.
Qondagi gazlar miqdori.
100 ml arterial Qonda erigan kislorod miqdori 0,3 xajm %, karbonat angidrid – 2,5 xajm % va
azot 0,95 xajm % ga teng bo’lishi keragligi xisoblardan ma`lum. Birok kuyida tasvir etilgan
usullardan foydalanib, Qondan ko`proq kislorod va karbonat angidrid ajratib olish mumkin. Bu,
Qondagi kislorod va karbonat angidrid fizikaviy erish xolatidagina emas, balki ximiyaviy
boglanish xolatida xam ekanligidan guvoxlik beradi. Qondagi kislorod gemoglobin bilan
boglangan. Karbonat angidrid esa gemoglobin bilan qisman boglangan, kupchilik qismi esa Qonda
bikarbonat shaklida bo`ladi.
Arterial va venoz Qondagi gazlar miqdori. Soglom odamning arterial Qonida 18-20 xajm %
kislorod, 50-52 xajm % karbonat angidrid va kariyb 1 xajm % azot bor. Venoz Qonda 12 xajm %
kislorod, 55-57 xajm % karbonat angidrid va kariyb 1 xajm % azot bo`ladi. Bu sonlardan kurinib
turibdiki, venoz Qon o’pka kapillyarlaridan uta turib, kislorod bilan boyiydi va uzidagi karbonat
angidridning bir qismini ajratib chikaradi. Arterial Qon katta doira kapillyarlariga kelgach uzidagi
bir qism kislorodni tukimalarga beradi va karbonat angidrid bilan tuyinadi. Arterial va venoz
Qondagi azot miqdorining bir xil ekanligi uning gazlar almashinuvida katnashmasligini ko’rsatadi.
Ma`ruzani ta`minlanishi.
Ko`rgazmali materiallarni ta`minlash uchun mul’timedia texnikasi.
Mustakil tayerlanish uchun savollar.
1.Nafasning asosiy etaplari.
2.Nafas olish va chikarishni biomexanikasi.
3.Nafas sistemasini asosiy Qonstantalari.
4.Gazlarni partsial bosimi.
5.Qon bilan tashilishi.
6.Karbonat angidridni Qon bilan tashilishi.
7.O’pkada va tukimada gaz almashinuvi.
26
8.Nafas yullarini fiziologiyasi.
9.Gipoksiya va uning turlari.
10. Nafas markazlari, boshqarilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |