32
muskullari, yurak, jigar, buyraklarning ishlashiga ketadi. Asosiy almashinuvga yarasha energiya
sarflanishi tufayli gavda temperaturasi doimiy bir darajada saklanib turadi.
Odamdagi asosiy almashinuvning normal miqdorlari. Asosiy almashinuv miqdori odatda 1 soatda
yoki 1 sutkada gavdaning 1 m2 yuzasidan yoki 1 kg vaznidan ajralib chiqadigan issiqlik miqdori
bilan ifodalanadi, bu miqdor katta kaloriyalar bilan kursatiladi. O’rta yoshlardagi ( taxminan 35
yoshdagi), o’rta buyli (taxminan 165 sm), o’rta vaznli (taxminan 70 kg) kishining asosiy almashinuvi
1 soatda 1 kg ga 1 kkal. Vazni 70 kg bulgan odamning bir sutkadagi asosiy almashinuvi 1700 kkal,
shu vazndagi ayolning asosiy almashinuvi esa taxminan 10% kamrok. Gavdaning 1 kg vazniga
xisob kilingan asosiy almashinuv intensivligi bolalarda katta yoshli kishilardagiga nisbatan ancha
yukori. 20-40 yoshdagi organizm xolatida keskin uzgarishlar ruy bermasa (vazn aytarlik uzgarmasa
va kandaydir kasalliklar bo’lmasa), asosiy almashinuv miqdori ancha doimiy bo`ladi. Masalan,
TSunts uzidagi asosiy almashinuvni 22 yil mobaynida vaqti-vaqti bilan aniklab, uning uzgarishi
o’rtacha miqdorga ±7% dan oshmasligini paykagan. Karilik davrida asosiy almashinuv kamayadi.
Gavda vazni, buy, yoshni yoki gavda yuzasini bilib olib, odamlardagi asosiy almashinuv
intensivligini maxsus formula yoki tablitsalar yordamida aniklash mumkin. Dreyer formulasiga
binoan asosiy almashinuvning kkal xisobidagi sutkalik miqdori (N) kuyidagicha bo`ladi:
√ W
N = —————
K. A0,1333’
bu erda W – odamning gavda vazni (gramm xisobiga), A – yoshi, K – Qonstanta (erkaklar uchun
0,1015, ayollar uchun 0,1129).
Formula va tablitsalar statistik yul bilan tuzilgan, ya`ni jinsi, yoshi, buyi xar xil kishilarning asosiy
almashinuvini kayta-kayta aniklab chikarilgan o’rtacha rakamlardir. Gavda tuzilishi normal bulgan
soglom odamlarning asosiy almashinuvini shu tablitsalarga karab xisoblash energiya sarfi haqida
taxminan tugri ma`lumot beradi (xatosi ≈ 5-8%). Qalqonsimon bez ortikcha ishlaganda va boshqa
ba`zi kasalliklarda asosiy almashinuvni aniklash shu vazn, buy, yosh va gavda yuzasiga mos
kelmaydigan darajada goyat yuksak ma`lumotlarni beradi. Qalqonsimon bez etarli ishlamaganda
(miksedema), gipofiz, jinsiy bezlar fukntsiyasi susayganda asosiy almashinuv kamayadi.
Uyqu vaqtida energiya almashinuv intensivligi tiyraklik davriga nisbatan 8-10% kamayadi, chunki
uyku vaqtida muskullar maksimal darajada bo’shashadi. Gavda temperaturasining kutarilishi
energiya almashinuviga ancha katta ta`sir ko’rsatadi. Masalan, odamning gavda temperaturasini 10
kutarilsa, energiya sarfi o’rta xisob bilan 10-11% ortadi. Iklimiy sharoit ta`sirida xam asosiy
almashinuv miqdori uzgaradi: tropiklarda o’rta geografik kengliklardagiga nisbatan 10-20% kam va
shimolda sovuk vaqtda ortik bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: