72
Mamlakatimiz ko‘p millatli bo‘lib, yurtimizda o‘zbeklardan tash-
qari
qoraqalpoq, tojik, qozoq, qirg‘iz, turkman, rus, ukrain, koreys,
nemis, arman,
ozarboyjon, yahudiy kabi 130
dan ziyod millat va
elat vakillari istiqomat qiladi va
ularning barchasi birgalikda
O‘zbekiston xalqini tashkil etadi. Bu,
hech shubhasiz,
mamlakatimiz
uchun noyob hodisadir. Chunki, har bir
millat Yaratganning buyuk
mo‘jizasidir. Turli millat va elat vakillari o‘zaro
muloqot natijasida
bir-biridan ko‘p narsani o‘rganadi, an’ana va qadriyatlarini boyitadi.
Bunday muhit yurtimiz fuqarolarida milliy va diniy bag‘rikenglik,
boshqa xalqlar madaniyatiga hurmat bilan qarash tuyg‘ularini ham
rivojlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: