70
Ularning orasida Qur’oni karimning
qadimiy nusxalaridan tortib,
Alisher Navoiy va boshqa mumtoz shoir va adiblarimiz asarlarining
nodir qo‘lyozmalarigacha, XIX–XX asrlardagi
milliy matbuotimiz
namunalari, o‘zbek, jahon adabiyoti durdonalari hamda turli soha-
larga
oid ilmiy, ilmiy-ommabop kitoblar,
ularning bosma va elektron
nusxalari, internet materiallarini topish mumkin.
Kutubxona bir vaqtning o‘zida 900 kishiga xizmat ko‘rsata oladi.
Bu yerda 220 ta o‘quvchi o‘rni kompyuter bilan jihozlangan, bir
akademik soat hajmida internetdan bepul foydalanish mumkin. Bun-
dan
tashqari, kutubxonada netbuklarni ijaraga berish yo‘lga qo‘yilgan,
shuningdek, 10 ta infokiosk,
brayil yozuvidagi, ya’ni ko‘zi ojizlar uchun
kitoblar, brayil klaviaturasi bilan jihozlangan kompyuterlar mavjud.
Bir so‘z
bilan aytganda, Milliy kutubxona mamlakatimizning
ma’naviy xazinasidir. Har kuni bu qutlug‘ dargohga ilm-ma’rifat
nuridan bahramand bo‘lish uchun ko‘plab yoshlar kelishini ko‘rib,
xalqimiz haqiqatan ham yuksak ma’naviyatli
xalq ekaniga yana bir
bor ishonch hosil qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: