Simpoziumlar saroyida O‘zbekiston taraqqiyotning turli
sohalarida erishilgan yutuqlarga bag‘ishlangan xalqaro
konferensiyalar o‘tkaziladi. Bu anjumanlarda mamlakatimiz
Prezidenti Islom Karimov qatnashadi va ma’ruza qiladi.
Ma’rifat markazining sharq tarafida musiqali fontan, uning yon-
atrofida esa yashil maydon va xiyobonlar joylashgan.
Milliy kutubxonaning ichkarisiga kirishingiz bilan hayratingiz
yanada ortadi. Bu yerda jami 12 ta zal bo‘lib, ularning har biri aniq
vazifani bajaradi. Turli zallarda joylashgan kitob muzeyi, bolalar
xonasi, kinomarkaz, bufet, dam olish zonalari, o‘quv markazi,
elektron kutubxona ham keng va yorug‘ligi, barcha qulayliklari bilan
tashrif buyuradiganlarga xush kayfiyat bag‘ishlaydi.
Kutubxonaning kitob va axborot-resurs fondi nihoyatda boy hamda
xilma-xildir. Uning umumiy hajmi 6 million nusxadan ziyoddir.
Do'stlaringiz bilan baham: |