O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 20-
fevraldagi farmoniga muvofiq yurtimizda Alisher Navoiy
nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasiga asos solindi.
Bu kutubxona 1870-yilda Toshkent
xalq kutubxonasi degan nom bilan ish
boshlagan, keyinchalik Turkiston dav-
lat kutubxonasi, O‘rta Osiyo davlat
kutubxonasi, O‘zbekiston davlat xalq
kutubxonasi degan nomlar bilan atal-
gan kutubxona negizida tashkil etildi.
Milliy kutubxona 2012-yili hozirgi
muhtasham zamonaviy binosida ish
boshladi. Bu bino go‘zal va betakror
ko‘rinishi bilan har qanday odamni
maftun etadi. U Ma’rifat markazi deb
ataladigan, Milliy kutubxona bilan birga Simpoziumlar saroyini o‘z
ichiga olgan majmua tarkibiga kiradi. Bu noyob koshona Toshkent
shahrining Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |