93
«Muhaddis» arabcha so‘z bo‘lib, hadis rivoyat qiluvchi,
hadislarni to‘plash, saralash va sharhlash bilan shug‘ulla-
nadigan allomani anglatadi.
Dastlab, 1997-yilning dekabr oyida Prezidentimiz Islom Karimov
huzurida Imom Buxoriy majmuasining yangi loyihasi muhokama
qilindi. Ana shu yig‘ilishda Yurtboshimiz bo‘lajak majmuaning ichki
va tashqi ko‘rinishi, bu yerda barpo etiladigan har bir bino,
ularning
gumbazlari, darvozalar, hatto, ustunlarning qanday bo‘lishigacha
quruvchi va mutaxassislarga zarur maslahatlar berdi.
«Imom Buxoriy yodgorlik majmuasidagi bosh nuqta – bu
allomaning qabr-maqbarasidir, – deydi Yurtboshimiz muhokama
jarayonida. – Butun dunyodan millionlab odamlar avvalo shu qabrni
ziyorat qilish uchun, o‘zlarini poklash,
ruhiy tozarish va savobga
doxil bo‘lish uchun keladi. Shuning uchun, mening nazarimda, biz
me’moriy yechimning markaziga Imom Buxoriy qabr-maqbarasini
qo‘yishimiz zarur».
Davlatimiz rahbari mazkur majmuaning o‘ziga xos qiyofaga ega
bo‘lishi lozimligini qayta-qayta uqtiradi: «Bu yodgorlik timsolida ota-
bobolarimizdan meros bo‘lib kelayotgan me’moriy an’analar, sharq
falsafasining yuragi bo‘lgan
Samarqand, Buxoro, Xivaning tarixiy
obidalarida aks etgan beqiyos binokorlik uslublari yaqqol ifoda topishi
zarur».
Ana shu yig‘ilishda majmuaning binokorlik materiallari qanday
bo‘lishi lozimligi haqida ham so‘z yuritilib, bu borada ham aniq
va puxta ko‘rsatmalar beriladi: «Bizda azaldan tarixiy-me’moriy
obidalar pishiq g‘ishtdan barpo etilgan.
Bunda tabiiy iqlim sharoit-
larimiz, tashqi muhit ta’siri har tomonlama hisobga olingan. Imorat-
larning devorlarigina emas, hovlilar, masjid-madrasalarning sahnilari
ham pishiq, ya’ni «musulmoni» g‘isht bilan qoplangan. Imom
Buxoriy majmuasini qurishda biz ham shunday qilishimiz kerak».
Prezidentimiz ota-bobolarimiz barpo etgan qadimiy binolarning
eng asosiy jihatlariga e’tibor qaratib, fikrini davom ettiradi: «Birin-
chisi – g‘isht, ikkinchisi – ustun. Milliy imoratsozligimizning ikki
94
asosiy tayanchi shu.
Shuning uchun
ham, Imom Buxoriy masjid-maq-
barasi majmuasida «musulmoni»
g‘ishtdan topib ishlatasizlar. Yana
bir taklif shuki, maqbaraning ikki
tomonida oldi ochiq katta bahavo
ayvon qurish haqida o‘ylab ko‘rish
zarur. Ayvonga yetmish to‘rtta o‘y-
makor ustun yasab o‘rnatilsa, u
betakror qiyofa kasb etgan bo‘lur
edi. Ustunlarning sifatiga, ayniqsa,
yog‘ochiga alohida e’tibor
berish
kerak. Chinor, archa, yong‘oq va
gujum kabi mahalliy daraxtlardan
bo‘lsa yanayam yaxshi. Ustunlar-
ning bir qismini Xorazm ustalariga,
bir qismini Samarqand va Buxoro
ustalariga, yana bir qismini farg‘ona-
lik ustalarga buyurtma berish kerak.
Ayvon shiftlarini bezash ishlarida
ham barcha
viloyatlarning ustalari
ishtirok etsa, bu chinakam umum-
milliy va umumxalq yodgorligi bo‘-
ladi».
Me’morlar, quruvchilar va ustalar Prezidentimizning so‘zlaridan
ilhomlanib, katta kuch-g‘ayrat bilan ishga kirishdilar. Ana shu fikr-
mulohazalar asosida Imom Buxoriy majmuasi loyihasining butunlay
yangi namunasi yaratildi. Keyinchalik ham Yurtboshimiz bu mavzuga
bir necha bor qaytib, har safar yangi-yangi
taklif-mulohazalar bilan
loyihani to‘ldirib, boyitib bordi. 1998-yilning yozida esa qurilish
maydoniga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan
tanishdi, quruvchi va mutaxassislar bilan fikrlashib, qimmatli yo‘l-
yo‘riq va maslahatlar berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: