«Muqaddas qur’oniy oyatda ta’kidlanganidek, «Yaxshi-
likning mukofoti faqat yaxshilikdir...
...Ozodligimizning dastlabki yillaridanoq biz Imom
Buxoriy maqbarasini ul zotning sha’n-shavkatiga munosib,
yon-atrofi munavvar go‘shaga, ziyoratga kelgan mo‘min-
musulmonlarga ruhiy-ma’naviy kuch ato etadigan qadamjoga
aylantirishni niyat qilgan edik. Ollohning inoyati bilan ezgu
niyatimiz ijobat bo‘lgan shu qutlug‘ kunda men bu muazzam
yodgorlik majmuasining shunchaki ziyoratgoh emas, balki
go‘zal O‘zbekistonimizni butun dunyoga tanitadigan, yosh
avlodimizni ezgulik ruhida tarbiyalaydigan, har bir insonni
hayot va abadiyat haqida o‘ylantiradigan aziz maskan bo‘lib
qolishiga ishonaman»
1
.
Haqiqatan ham, bu noyob obida xalqimiz, Vatanimizning ulug‘
muhaddis farzandiga, uning ruhi pokiga yuksak hurmat-ehtiromining
amaliy ifodasi bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |