Leo Frobenius
etnolog,
arxeolog va folklorshunos olim sifatida shuhrat qozongan. U
birinchi marta diffuzionizm nazariyasi asosida “ M adaniyat
morfologiyasi” nomli konsepsiyasini va m adaniy doiralar
nazariyasini yaratgan olimdir. Leo Frobenius Afrika va boshqa
mintaqalarda yashovchi xalqlar madaniyati bo‘yicha mutaxassis
boMgan. U Afrika, Avstraliya va Okeaniya xalqlari madaniyatini
tadqiq etish borasida 12 marotaba ekspeditsiya uyushtirgan va
amalga oshirgan ilmiy tadqiqotlari asosida Afrikaning etnik xaritasini
yaratgan. 0 ‘z navbatida shuni ham qayd etish joizki, mazkur
xarita hozirgi davrga qadar o‘z ahamiyatini yo'qotgan emas.
Afrikashunos olim o‘z ekspeditsiyalari materiallarini va ularning
nazariy xulosalarini 1988-yilda nashr etilgan «Afrika m ada
niyatining kelib chiqishi» nomli monografiyasida bayon qilgan.
Lining fikricha, madaniyat misli tirik organizm bo‘lib, undagi
o ‘zgarishlar hayotning umumiy qonunlari bilan chambarchas
bog‘liqdir. Olim tom onidan Afrika va M elaneziya xalqlari
madaniyatlarini o‘zaro taqqoslab o‘rganish asnosida madaniyat-
dagi o‘zgarishlar alohida unsurlar, elementlarning tarqalishiga
bogiiq emas, balki bir butun yaxlit madaniyat ko‘rinishlariga
55
bogiiq boiib, ular taxminiy birlashgan elementlar uyushmasi
emas, balki bir butun yaxlit tizim hisoblanadi, degan xulosaga
kelingan.
0 ‘z navbatida shuni ham unutmaslik kerakki, muallifning
madaniyatning kelib chiqishiga oid mulohazalarida ayrim mifologik
qarashlarni ham kuzatish mumkin. Chunonchi, u madaniyatni
tirik organizm sifatida tasavvur qiladi. Frobenius madaniyat ham
xuddi tirik organizm kabi dunyoga keladi, turli yosh bosqichlarini
bosib o‘tib, oxir oqibatda umrini tugatib, barham topadi, degan
g‘oyani ilgari surgan. Bunda muallif madaniyat odamlar tomonidan
yaratilmaydi, balki o‘z-o‘zidan rivojlanib boradi degan g‘oyaga
asosiangan. Uning fikricha, insoniyat madaniyatning yaratuvchi-
si emas, aslida uning mahsuli yoki obyekti hisoblanadi. Lekin,
madaniyat insonlar tomonidan yaratilmasa-da, odamlarsiz yashay
olmaydi va keng miqyosida tarqalishi ham mumkin emas deb
hisoblaydi. Agar o‘xshatish joiz bo‘lsa madaniyat oyoqsiz kishiga
o'xshaydi. U insonlarni o‘zini bir joydan ikkinchi yerga ko‘chirib
o‘tkazishga majbur qiladi. Frobeniusning ta’kidlashicha, odamlar
xalq madaniyatini yaratuvchisi emas, balki uzatuvchisidir.
Fronbeniusuing fikricha, har bir m adaniyat o‘ziga xos
xususiyatga ega. Qolaversa, u madaniyatni ijtimoiy muhitdan
tashqarida, mistik ko‘rinish tarzida talqin qiladi hamda uni ikkiga,
ya’ni erkak va ayolga ajratadi. 0 ‘z navbatida, mashhur olim o ‘z
qarashlarini ekspeditsiyalar jarayonida to ‘plagan dala materiallari
orqali isbotlashga harakat qilgan. Jumladan, olimning Afrikada
olib borgan tadqiqotlari natijasida Afrika madaniyatini ikkiga —
telluruit — efiopiya — patriarxal va xtonik — xamitik — matriarxat
qismlariga boigan.
Nemis tilli xalqlar orasida diffuzionizmning ko‘zga ko‘ringan
yirik namoyandalaridan biri
Robert Grebner
boigan. Uning
fikricha, etnograf-evolutsionistlar o ‘zlarining turli xalqlar
madaniyatlaridagi o ‘xshash xususiyatlarning sabablarini ele-
mentar g‘oyalar yoki tabiiy sharoit bilan bogiiq boiganm i?
— degan qarashni isbotlash uchun zaruriy me’yoriy asoslarni
ishlab chiqmaganlar. Shu sababga binoan Grebner asosiy e’tibo-
rini etnologiyaning asosiy muammosi — madaniyatning tarixiy-
56
madaniy aloqalari yoki mustaqil kelib chiqishiga oid tadqiqotlar
metodini ishlab ehiqishga qaratgan. U o‘zining asosiy qarashlarini
1905-yilda nashr etilgan
«Etnologiya uslubi»
nomli kitobida
mujassam etgan.
Frobenius va Ratsel qarashlari asosida
Robert Grebner
madaniy
qarashlar doirasida butun ibtidoiy jamoa davri tarixini global
rekonstruksiya qiluvchi o‘ziga xos nazariyani yaratgan. U o ‘z
qarashlarini isbotlash maqsadida dunyodagi barcha xalqlarning
davlatchilikkacha bo‘lgan madaniyat ini oltita yirik madaniy doira
yoki madaniy guruhlarga bo iib chiqqan. Grebner olib borgan
ilmiy izlanishlari natijasida insoniyat tarixida hech qanday takroriy
holatlar va bu bilan bogiiq biror bir qonuniyat mavjud emas
degan xulosaga kelgan. Madaniyatdagi etnik jarayonlarning
takrorlanishi juda kam uchraydigan holatdir. Shubhasiz bu o‘rinda
etnologlar ko‘plab o ‘xshash holatlarga emas, balki yagona
ko'rinish bilangina to ‘qnashadilar.
Diffuzionizmga oid mulohazalarni yakunlar ekanmiz, xulosa
sifatida shuni ta’kidlash kerakki, mazkur oqim turli mamlakat-
larda turli darajada taraqqiy etganiga qaramay, ularni birlashti-
ruvcni umumiy jihatlarga ega. Biz umumiy jihatlar sifatida
quyidagi holatlarni e ’tirof etishimiz mumkin:
♦ Madaniyat m aium bir geografik hududda paydo boiadigan
va kevinchalik boshqa mintaqalarga tarqaluvchi tirik organizmga
o‘xshash holatda tasaw ur etiladi.
♦ Har bir madaniyat o ‘zining paydo boiish hududiga va
tarqalish mintaqasiga egadir. Ushbu madaniyat markazlarini izlab
topish va ularni tadqiq qilish etnologiyaning asosiy vazifasidir.
♦ Madaniyat rivojlanishining asosiy omillari o‘zlashtirilgan
xususiyatlar va aralash madaniy elementlar hisoblanadi. 0 ‘zaro
qorishgan madaniyatlar moddiy madaniyatnigina emas, ma’naviy
madaniyat ko‘rinishlari hisoblangan miflar, e’tiqodlar, odatlar
va boshqa shu kabilarni ham jalb etadi.
♦ H ar bir madaniyat ko‘rinishi bir marta paydo boiadi;
uning tarqalish manzarasini tasaw ur qilish orqali uning har
bir ko‘rinishini, dastlabki paydo b o ig an hududini aniqlash
mumkin.
57
Diffuzionizmning asosiy g’oyasi — madaniyatning o‘zlash-
tirilishi va kirib kelishi g‘oyasi qonuniy va natijali bo‘lgan. Evo-
lyutsionistlarning madaniyatning abstrakt tahliliga oid evo-
lyutsionistik talqinidan farqli ravishda diffuzionistlar turli xalq
lar madaniyatlarining geografik aniqliligi hamda aloqadorligi
to‘g‘risidagi qarashni ilgari suradilar. Diffuzionizm vakillari bu
borada turli madaniyatlarni taqqoslab tahlil etishni eng mukammal
yo‘nalish deb baholaganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |