A ashirov, sh. Atadjanov


Diffuzionizmning mashhur vakillari



Download 5,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/165
Sana29.01.2022
Hajmi5,1 Mb.
#417043
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   165
Bog'liq
fayl 336 20210420 (1)

Diffuzionizmning mashhur vakillari:
Fridrix Ratsel (F. Ratzel, 1844 — 1904-yillar) —
asosiy ishi 
“Antropogeografiya” (“Anthropogeographie”) nomli asari bo‘lib, 
u 1882-yilda chop etilgan.
53


Erland Nordensheld (E. Nordenskiold, 1877 — 1938-yillar)
ning asosiy tadqiqoti “Qiyosiy etnografik tadqiqot” (“Comparative 
Ethnographical Studies”) dir, u 1919-yilda e’lon qilingan.
Robert Grebner (R. Graebner,1877 — 1934-yillar) —
muhim 
asari “Etnologiya uslubi” (“Methode der Ethnologie”), 1905- 
yilda nashr etilgan.
Vilgelm Shmidt (W. Schmidt, 1868—1954-yillar)
— V. Koppers 
(W. Koppers) bilan hammualliflikda “Tarixiy madaniy etnolo­
giya metodlariga oid muhim kitob” (“Handbuch der Methode 
der kulturhistorischen Ethnologie”), 1937-yilda chop etilgan.
Leo Frobenius (L. Frobenius, 1873 — 1938-yillar)
ning aso­
siy asari “Madaniyat haqidagi tabiiy-ilmiy ta’limot” (“Die natur- 
wissenschaftliche Kulturlehre”) boiib, u 1899-yili nashr etilgan.
G. Elliot-Smit (G. Elliot Smith)ning asosiy tadqiqoti
— “Mada­
niyat” (“Culture. The Diffusion controversy”) dir. Mazkur asar 
1928-yilda e’lon qilingan.
Etnologiyada diffuzionizmning asoschisi sifatida Myurixen 
universiteti professori 
Fridrix Ratsel
e’tirof etiladi. U ilk bora 
madaniyat ko‘rinishlarini turli madaniy hududlarva mamlakatlar 
bo‘yicha tarqalish qonuniyatiga alohida e’tibor qaratgan. Evo- 
lyutsionistlarda «madaniyat ko‘rinishlari mavhum bo‘lib, o‘z- 
o ‘zidan paydo bo‘ladi», — degan qarash ustuvorlik qilardi.
Ratsel o‘z qarashlari, g‘oyalarini «Antropogeografiya» (1882), 
«Xalqshunoslik» (1885) hamda «Yer va hayot» (1891) nomli 
ko‘p jildlik asarlarida mujassamlashtirgan. Jumladan, «Antro­
pogeografiya» asarida moddiy madaniyat namunalarini (etnografik 
buyum lar va ularning terminologiyasi) geografiyasini turli 
xalqlarda tarqalishi bilan bogMab tadqiq qilgan. Ratselning fik- 
richa, tabiiy muhit ta ’sirida shakllangan madaniyatlar o‘rtasidagi 
o ‘zaro farq ushbu xalqlarning bir-birlari bilan doimiy etno- 
madaniy aloqalari ta’siri natijasida asta-sekinlik bilan silliqlanib 
boradi. Ratsel o‘z tadqiqotlarida bir xalqni boshqasi tomonidan 
qo'shib yoki bosib olinishi, turli irqlarning o'zaro birikishi, 
etnomadaniy savdo aloqalari va ularning turli shakllariga alohida 
ahamiyat qaratgan va ularni batafsil tahlil qilgan. Aynan mana 
shunday aloqalar natijasidagina madaniyat keng hududlarga
54


yoyilishi mumkin. Amaliyotda esa bu til va irq xususiyatladdan 
muhimroq bo‘lgan etnografik ashyolarning tarqalishi shaklida 
namoyon bo‘ladi. Irqlar doimo o‘zaro qo'shilib boradilar va shu- 
ning uchun ham hozirgi davrda deyarli barcha irqlar aralash hol- 
da yashashini kuzatish mumkin. 0 ‘z navbatida shuni ham alohida 
ta’kidlab o'tish joizki, xalq hayotida til etnik belgi sifatida irqqa 
nisbatan birmuncha mustahkam hisoblanadi. Lekin, vaqtlar o‘tishi 
bilan o ‘zaro etnomadaniy aloqalar natijasida til ham ma’lum 
ma’noda o'zgaradi yoki biri ikkinchisiga o‘zaro yaqinlashadi. Moddiy 
madaniyat ashyolari esa boshqa madaniyat ko‘rinishlariga qara- 
ganda o‘zining shakli va tarqalish hududini birmuncha ko'proq, 
kengroq namoyon etadi. Ratselning fikricha, xalqlar hayotida sodir 
bo'lgan, yuz bergan turli xil etno-ijtimoiy o ‘zgarishlar yo'qolib 
ketgani holda etnografik predmetlar qanday bo‘lsa, shundayligi- 
cha qoladi. Shuning uchun ham madaniyatni ilmiy o‘rganishda 
etnografik ashyolarning o‘mi beqiyos hisoblanadi.
Ratselning shogirdi hisoblangan 

Download 5,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish