A ashirov, sh. Atadjanov


tabiatning bir bo‘lagi bo‘lganligi uchun ham tabiiy qonuniyatlar



Download 5,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/165
Sana29.01.2022
Hajmi5,1 Mb.
#417043
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   165
Bog'liq
fayl 336 20210420 (1)

tabiatning bir bo‘lagi bo‘lganligi uchun ham tabiiy qonuniyatlar
asosida rivojianadi» 
— degan g‘oya asosida shakllantirgan. Shu 
boisdan ham barcha odamlarning psixologiyasi va intellektual 
qobiliyati o\xshash, ularda madaniyatning bir xil xususiyatlarini 
ko'rish m um kin, kishilarning rivojlanishi ham o ‘xshash 
qonuniyatlarga asoslanadi. Taylorning fikricha, madaniyatning 
turli shakllari «bosqichma-bosqich rivojlanishida ularning har 
biri, shubhasiz, o'tmish bilan bog‘liq bo‘Iish bilan birga kelajak- 
ning shakilanishida muhim rol oJynaydi. Taraqqiyotning mazkur 
ketma-ketligi barcha xalqlar, shu jumladan, rivojlanishida eng 
orqada qolgan xalqlardan tortib sivilizatsiyalashgan xalqlarga- 
cha, hammasini o‘zam yagona uzluksiz bir tizimga birlashtiradi.
48


Taylor o‘z tadqiqotlarida ibtidoiy odamlaming diniy e’tiqodlari 
madaniyatning barcha ko‘rinishlariga nisbatan birmuncha ko‘proq 
qiziqish uyg‘otgan va u bu borada dinning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi 
animistik nazariyani ishlab chiqqan. Ibtidoiy odamlaming diniy 
e’tiqodlarini o'rganish asnosida Taylor uiarga insoniyat va uning 
madaniyati uyg‘unligi nuqtai nazardan yondashgan. Uning 
fikricha, «yowoyi odamlar»ning e’tiqodlari va marosimlari turli- 
tuman mazmunsiz qorishmadan emas, balki o‘zaro ketma-ketlikka 
va mantiqiy asosga ega boigan urf-odatlardan iborat. Eng muhimi, 
bularning barchasi zaminida olim ta ’kidlaganidek, «Ilohiy zotga 
e’tiqod» yoki boshqachasiga aytganda, ruh va jonga ishonch g'oyasi 
mujassamlashgan. Taylor o ‘z qarashlari asosida «animizm» 
nazariyasini shakllantirgan. U animizm ildizlarini ibtidoiy odam 
tasawuridagi tush, tush ko‘rishning o‘ziga xos xususiyati, kasal- 
lik, o‘lim kabi hodisalar sabablarini izohlash bilan bog‘laydi. Tay­
lor ularni izohlashda ibtidoiy odamlar tasawuridagi «har bir 
odamda jon bo‘lib, ular inson tanasini vaqtinchalik (tush ko‘rish 
vaqtida) yoki butunlay (vafot etganda) tark etadi», — degan 
g‘oyani asos qilib olgan. 0 ‘z navbatida jon to ‘g‘risidagi bunday 
qarash keyinchalik dunyoviy dinlarda ham rivojlangan. Ibtidoiy 
odamlaming magik fikrlash qoidasi asosida har bir narsaning joni 
va ruhi mavjudligi to ‘g‘risidagi tasawurlar paydo boigan va natija- 
da hayvonlar hamda tabiiy kuchlaming ruhi, boshqa olamdagi 
hayotga ishonch, tabiatdagi ilohlar va oxir oqibatda yagona tangri 
taologa boigan e’tiqod shakllangan deb ta ’kidlaydi.
Taylorning evolutsionistik qarashlari etnologiyadagi dastlabki 
«inqilobiy» nuqtai nazarlardan biri edi. Evolutsionistlar qarash- 
larining muhim jihatlaridan biri shundaki, mazkur nazariya 
tarafdorlari ilk bora tarixiy jarayonlaming yaxlitliligi va madaniyat 
taraqqiyotining progressivligi to‘g‘risidagi izchil konsepsiyani ilgari 
surganlar. Biroq, evolutsionizm konsepsiyasi, shu jumladan, 
Taylor qarashlarining kamchiligi borasida, birmuncha kechroq 
boisa-da, qator tanqidiy fikrlar bayon etilgan.
Taylor qarashlarining izdoshlari boshqa mamlakatlarda ham 
mavjud edi. Shu bois uning qarashlari juda tez muddatda etno- 
logiyada yetakchi qarashlarga aylangan.

Download 5,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish