Toshkent davlat universiteti falsafa fakulteti sotsiologiya bo


MEHNAT VA MEHNAT TASHKILOTLARI



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/43
Sana29.01.2022
Hajmi1,11 Mb.
#416955
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43
Bog'liq
umumiy sotsiologiya

5.MEHNAT VA MEHNAT TASHKILOTLARI
SOTSIOLOGIYASI 
Mehnat faoliyati har vaqt ma'lum iqtisodiy-ijtimoiy sharoitlarga 
kiritilgan va u yoki bu kasbiy guruhlarga qarashlidir, ijtimoiy institutlar 
bilan bog‗liq, vaqt va maydonda chegaralangan mehnat jamoasida axloqiy 
va ijtimoiy-psixologik iqlim bilan, ma'lum mulkchilik shakllari bilan. 
Quyida mehnat sharoitlar va shakllari uning tavsifi (jamoa yoki shaxsiy 
mehnat) va motivatsiya muammolari ko‗rib chiqiladi. 
Mehnat sotsiologiyasining uslubiy asoslari

Jamiyat taraqqiyotidagi barcha o‗zgarishlar inson omilining 
faollashuviga, insonlarning mehnat va intellektual saloxiyatidan imkoni 
boricha 
unumli 
foydalanishga, 
barcha 
mehnatkashlarning 
ijodiy 
quvvatlarini to‗la ishga solishga hamda shaxs bilan jamiyat va davlat 
o‗rtasidagi qiziqish va munosabatlarning mutanosibligini ta'minlashga 
bog‗liqdir. Jamiyat taraqqiyoti ijtimoiy fanlar oldiga-juda katta vazifalarni 
qo‗ymoqdaki, ularsiz jamiyatni o‗rganish, yangilanish jarayonlarining 
istiqbolini belgilash va ilmiy-nazariy asoslarini yaratish mumkin emas. 
Jamiyat taraqqiyoti va barqarorligi ta'minlashda, belgilangan beshta 
tamoyilni amalga oshirishda mehnat sotsiologiyasi alohida o‗rin egallaydi. 
Zero, sotsiologiya fanining bu yo‗nalishi mehnat sohasidagi ijtimoiy-
mehnat munosabatlari, iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarni o‗rganadi va 
ularni boshqa omillar bilan birga boshqarishni ta'minlaydi. Mehnat 
sotsiologiyasining yaratilishi ancha uzoq, tarixga ega va katta manbalarga 
ega bo‗lsa ham hali u fan sifatida to‗la shug‘ullanmagan. Mehnat 
sotsiologiyasi bo‗yicha olib borilgan nazariy va amaliy sotsiologik 
tadqiqotlar juda katta izlanishlar lozimligini ko‗rsatmoqda. Lekin hozirgi 
kunda qo‗limizdagi bor uslub va uslubiyotlar, tajriba natijalari mehnat 
sohasidagi ijtimoiy siyosatni chuqur o‗rganib jamiyatning barcha 
tarmoqlaridan mehnatni to‗g‗ri tashkil qilishga mehnatga adolatli haq 
to‗lashni ta'minlashga va ohir oqibatda mehnat unumdorligi doimo oshib 
borishini ta'minlashga imkon yaratadi. Mehnat sotsiologiyasi mehnat 
sohasi bo‗yicha barcha sotsial axborotlarni to‗plashga, ishlab chiqarish 
zaxiralaridan to‗la foydalanishga, hamda mehnatni boshqarishni optimal 
strategiyasi va taktikasini belgilashga xizmat qiladi. 
Mazkur sotsiologiya darsligining mehnat sotsiologiyasi qismi oliy 
ta'lim talabalari uchun juda qisqa yozilgan bo‗lib, barcha tarmoqlar 


123 
bo‗yicha faqatgina mehnat sotsiologiyasining umumiy yo‗nalishlarinigina 
beradi xolos. Bu qismda mehnat sotsiologiyasi predmetini, uslub va 
uslubiyotlarini bayon qilinadi. Bu uslub va uslubiyotlar sotsiologlar va 
boshqa soha mutaxassislari uchun mehnat va mehnatga bo‗lgan 
munosabatni ijtimoiy va iqtisodiy omillarni tahlil qishish, mehnat va 
mehnat zahiralarini tadqiq qilish, hamda mehnat jarayonlarini ilmiy asosda 
boshqarish uchun tadbirlar yaratishda yordam beradi. Bu fanning kelib 
chiqish tarihini o‘rganish esa uning taraqiyoti uchun yordam beradi. 
Shuning uchun bu bobda qisqacha bo‗lsa ham mehnat sotsiologiyasining 
shakllanish tarihi bayon qilindi. 
Bizning yosh, mustaqil va kelajagi buyuk davlatimizni taraqqiy 
ettirishda mehnat sotsiologiyasi va uning xalq. Ho‘jaligidagi joriysi katta 
ahamiyat kasb etish bilan birga mamlakatda huqukiy va demokratik tizimni 
rivojlantirishga, sotsial adolat o‗rnatishga, mehnat unumdorlngining doimo 
oshib borishiga yordam beradi. Bozor munosabatlari sharoitida mehnat 
sotsiologiyasining oldiga nazariy hamda amaliy jihatdan mehnat 
muamolarini to‘la-tukis Yechib berishni va uning istiqbollarini belgilashni 
hayotning o‗zi qo‗ymoqda. Bugungi kunda mehnatni boshqarishning 
barcha turkum omillarini hisobga oluvchi ahborotlar bazasini yaratish va 
uning sotsiologik monitoringini yaratish maqsadga muvofiqdir. 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish