Toshkent davlat universiteti falsafa fakulteti sotsiologiya bo


Ta'lim sotsiologisining o‘rni va predmeti



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/43
Sana29.01.2022
Hajmi1,11 Mb.
#416955
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43
Bog'liq
umumiy sotsiologiya

1.Ta'lim sotsiologisining o‘rni va predmeti 
Jamiyat taraqqiyoti va yashash faoliyati uchun bugungi kunda ta'lim 
institutining alohida, mustasno o‗rni va ahamiyating to‗la isbotlab 
o‗tirishning keragi bo‗lmasa kerak. Sog‗liqni saqlash institutlari qatorida u 
jamiyat hayotining barcha tomonlariga bevosita va eng jiddiy tarzda ta'sir 
ko‗rsatadi, uning ilmiy, texnologik, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma'naviy-
ahloqiy va boshqa holatlarini aniqlaydi. Bugungi kunda har qadamda 
yuqori va sifatli bilimga ega bo‗lmasdan turib, jamiyat munosib kelajakka 
erisha olmaydi deb tan olinmoqda. Shu bilan birga zamonaviy fan, 
madaniyat va informatika sohasida erishilgan katta imkoniyatlar bilan 
ularni jamiyat hayotiga tadbiq qilish o‗rtasidagi katta uzilish faqatgina 
alohida bir davlatda emas, balki butun jahon miqyosida ham ta'lim sifati va 
darajasini oshirish va kengaytirnsh asosida bartaraf qilinnshi mumkin. 
Ta‘lim — shaxsning yashash faoliyati va ijtimoiylashtirishning turli 
tabaqalari rivojlanishi va shakllanishida hammadan ham boshlang‗ich va 
shu sababdan zarur bo‗lgan asosiy omildir. Shaxsning ijtimoiy statusini 
aniqlashda, jamiyat ijtimoiy tuzilishini takror ishlab chiqarish va 


118 
rivojlanishida, ijtimoiy tartib va barqarorlikni qo‗llab-quvvatlashda, 
ijtimoiy nazoratni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etish unga 
xosdir. Ta'lim sotsiologiyasi ob'ekti bo‗lib, ta'lim tizimi ijtimoiy institut 
sifatida olingan butun bir jamiyatda va shu jamiyat hayotidagi sohalar va 
boshqa ijtimoiy institutlar bilan o‗zaro harakati va o‗zaro aloqasi 
hisoblanadi. U ta'lim tizimini uning taraqqiyotida, faol ko‗rsatishida, 
tuzilishida, tashkil topishida va rivojlanishida ko‗rib chiqadi. E. Derkgeym 
ta'limning asosiy faoilyatini yuqori saviyadagi ustun madaniyat 
boyliklarini berishda deb ko‗rgan. Amerikalik sotsiolog N.Smelzer ta'limni 
institutsional(formal) jarayon, ya'ni uning asosida jamiyat butun boyliklari, 
bilimlari va mohirliklari bir insondan, guruhlardan, uyushmalardai 
boshqalarga berilishi sifatida aniqlaydi. Formal, institutsional ta'lim—bu 
maktablar, texnikumlar, oliy o‗quv yurtlari, kurslar va malaka oshirish 
institutlari va boshqalar, ularda ta'lim berish u yoki bu darajada jamiyat 
tomonidan undagi ustun madaniy standartlar ijtimoiy-siyosiy yo‗l-yo‗riqlar 
va ideallar asosida rasmiy boshqariladi. Formal bo‗lmagan ta'lim bugungi 
kunda shubhasiz, anchagina kam, yordamchi, tobe rol 
o‗ynashi, formal 
bo‗lmagan, institutsionllashtirilmagan, tizimlashtirilmagan, tartibsiz ta'lim 
berish bilan atrofdagi ijtimoiy muhit bilan muloqat davomida (masalan, 
tengdoshlari, kasbdoshlari va boshqalar) yoki individual asosda boyliklarni 
va bilimlarni egallashi (masalan, ommaviy axborot vositalarining shaxsga 
ta'siri natijasida) bilan bog‗liqdir. 
Ta'lim o‗zgacha bir ijtimoiy institut sifatida doim mavjud bo‗lmagan. 
U yangi avlod tomonidan bilim va tajribalarni egallash ishlab chiqarish va 
ijtimoiy jarayonlarga qo‗shilib ketgan va maktablar, o‗qituvchnlar va 
boshqalar butunlay yo‗q bo‗lgan ibtidoiy primitiv jamiyatda bo‗lmagan. 
Ta'lim institutining alohida ajralishi industriallashtirilgan jamiyatgacha 
mehnat ijtimoiy taqsimoti chuqurlashuvi va kengayishi asosida, tabaqa 
tengsizligi rivojlanishi va davlat tizimi jamiyatning imtiyozi qatlamlari 
vakillarini maxsus tayyorgarlik bilan ta'minlash maqsadida boshlanadi. 
Odamlarning qolgan qismi kerakli qadriyatlar va bilimlarni oilada va ishlab 
chiqarish ta'limi jarayonida o‗zlashtirganlar (o‗quvchilar, shogirdlar va 
boshqalar). O‗rta asr Evropasida diniy maktablar va boshlang‗ich 
universitetlar paydo bo‗la boshladi, ularda faqat juda kamchiliknn tashkil 
qiluvchi boy va yuqori tabaqalardagilar o‗qishi mumknn bo‗lgan. Faqat 
Ulug‗ Fransuz inqilobidan keyingina haqiqiy ta'lim inqilobi sodir bo‗ldi, 
holbuki ilg‗or mamlakatlarda alohida elitar bo‗lishdan to‗xtagan va 
ommaviy, demokratik, hammabop xarakterga ega bo‗lgan ijtimoiy ta'lim 
institutlari tuzilmoqda va tasdiqlanmoqda. Ta'lim tizimining tengsiz yanada 


119 
yuqori darajasi va ulkan quloch yoyishi XX asrda qo‗lga kiritildi, ayniqsa, 
uning ikkinchi yarmida, qachon kim ilmiy-texnikaviy inqilob va 
zamonaviy sanoat ishlab chiqarishning talablari ta'sirida malakali kadrlarga 
umumiy ehtiyoj keskin o‗sdi. Bu davrda madaniyat jiddiy ravishda o‗sdi va 
insonlarning hayot tarzi ham o‗zgardi, nafaqat boshlang‗ich va to‗liq 
bo‗lmagan o‗rta, balki to‗liq o‗rta ta'lim ko‗plab mamlakatlarda ommaviy 
va majburiy bo‗la boshladi, oliy ta'lim va O‗rta maxsus ta'lim keskin 
kengaydi va hokazo. Bejizmaski, 60-yillardagi chuqur madaniy-ta'lim 
islohatlari qariyb barcha dunyodagi industrial mamlakatlarni qoplab oldi. 
Hozirgi zamon ilg‗or industrial davlatlarning ta'lim tizimi — shaxsni 
sotsializatsiyalashda, uning u yoki bu ijtimoiy statusni olishga 
tayyorgarlikda 
va 
ijtimoiy 
tizimlarni 
mukammallashtirishda, 
integratsiyasida va barqarorlashuvida mos muhim rolni bajaruvchi jamiyat 
a'zolari bilimlari va mahoratlarini uzluksiz takomillashtiruvchi juda keng 
va yuqori rivojlangan differentsiyallangan ko‗p darajali ijtimoiy tizim 
(jamiyatning kichik tizimi) dir. Ta'lim sotsiologiyasi — u ta'lim tizimini 
yanada kengroq ijtimoiy tiznmlarni kichik tizimlar sifatida va uning boshqa 
kichik tizimlar va butun bir jamiyat bilan o‗zaro nisbati va o‗zaro 
harakatini o‗rganuvchi sotsiologiya sohasidir; bu ta'lim ijtimoiy 
tamoyillarini ta'lim tizimlarining o‗zaro harakati qonuniyatlarini ijtimoiy 
institut va jamiyat, ijtimoiy guruhlar va shaxslar bo‗lgan ijtimoiy 
tashkilotlar sifatida o‗rganuvchi fandir. Bu erda ta'lim sotsiologiyasining 
ta'lim tizimini o‗rganishga yondashishi bilan pedagogikaning yondashishi 
o‗rtasidagi farq aniq, ravshan. Pedagogika avvalo pedagogika faoliyati 
ta'lim jarayonlarining ichki hususiyatlari va qonuniyatlarni, uning didaktik 
asoslarini bevosita o‗rgangan bir paytda ta'lim sotsiologiyasi — ularning 
yanada kengroq ijtimoiy asoslarini, ijtimoiy tizimlar va ta'lim kichik 
tizimlari 
hususiyatlari 
va 
qonuniyatlarini 
o‗rganadi. Bu ta'lim 
sotsiologiyasi shug‗ullanuvchi ushbu muammo mazmunini tahlil kilish va 
aniqlashda aniq ko‗rinib turibdi.

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish