7-Laboratoriya mashg‘ulot. Mavzu


Qishloq hо‘jalik qoldiq mahsulotlarini qayta ishlash orqali biogumus tayyorlash



Download 160,4 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana29.01.2022
Hajmi160,4 Kb.
#416863
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-ish

Qishloq hо‘jalik qoldiq mahsulotlarini qayta ishlash orqali biogumus tayyorlash 
Jaxon amaliyotida chorvachilik, parrandachilik, о‘y-rо‘zg‘or va о‘simliklar chiqindilariga 
ishlov berish texnologiyasi yangi emas. Kо‘pgina mamlakatlar (Gollandiya, Daniya, Shvetsiya, 
Olmoniya, AQSH, Angliya)dagi fermer xо‘jaliklari biogaz, biogumus, issiqlik energiyasi va 
yoqilg‘iga bо‘lgan о‘z ehtiyojlarini gо‘nglarga va chiqindilarga kichik zavodlarga ishlov berish 
yо‘li bilan qondirib kelmoqdalar. 
Biogaz kurilmalarida gо‘ngni metanli achitish unda 97 % gacha azot saqlash imkonini 
beradi, gо‘ngni kompost tо‘dasi esa 40% dan 50% gacha azotni saqlaydi. 
Qishloq xо‘jalik chiqindilaridan biogazning chiqish miqdori quyidagi jadvalga keltirilgan 
Organik moddalar 
1 kg quruq moddadan ajralib 
chiqadigan 
biogazning 
miqdori,% 
Metan 
gazining 
miqdori,% 
О‘t kо‘katlar
0,63 
70 
Yog‘och barglari 
0,21-0,29 
59 
Kartoshka palaki 
0,42 
60 
Bug‘doy poxoli
0,34 
58 
Makkajо‘xori poyasi 
0,42 
53 
Yirik shoxdor qoramollarning 
qattiq chiqindilari 
0,2-0,3 
60 
Uy-rо‘zg‘or chiqindilari 
0,6 
60 
Oqova 
suvlarining 
qattiq 
qoldiqlari
0,57 
70
Bundan tashqari, gо‘ngni biogaz qurilmalarida achitganda kasallik qо‘zg‘atuvchi bakteriya va 
mikroblar, hamda begona о‘simliklarning urug‘i yо‘q bо‘ladi. Ajralib chiqqan biogazdan esa turli 
maqsadlarga ishlatish mumkin.Eslatib о‘tamiz: 250 l benzin – 1 tonna shartli yoqilg‘iga 
teng.Hozirgi paytda organik chiqindilarning 25% qayta ishlansa (buni amalga oshirish mumkin), 
unda qariyb 8-10 mln tonna shartli yoqilg‘ini suyuq yoki gaz shaklida ajratib olish mumkin. 
Ekologik samaradorlik esa 5 yil ichida sarflangan dastlabki 7-8 mlrd. rubl hisobiga 25 mlrd rublni 
tashkil etadi.Yuqorida aytib о‘tkanimizdek, agar О‘zbekistoning yirik chorvachilik 
komplekslarida yiliga 19 mln m
3
suyuq gо‘ng yig‘ilib qolgudek bо‘lsa, undan 1900 mln m
3
biogaz 
olish mumkin. Bundan 5,7 mln m
3
suyuq gо‘ng, 570 mln m

biogaz va 2,5mln tonna organik 
о‘g‘itlar Buxoro viloyati ulushiga tо‘g‘ri keladi. Hozirgi paytda chorvachilik va parrandachilik 


komplekslaridagi chiqindilarga ishlov berish va ulardan biogaz hamda biogumus olishning 4 ta 
usuli mavjud: 
1. Mezofil usuli. 2. Termofil usuli. 3. Sof biologik usuli. 4. Qо‘shma usul. 
Hozirgi paytda chiqindilar tarkibiga biostimulyator kirgizib, uni 15-20
0
S da mezofil usuli bilan 
achitish texnologiyasi keng tarqalgandir. Mezofil usuli (past haroratli usuli) ning texnologik 
jarayonlari uzluksiz kechadi, chiqindilarni yig‘ishdan boshlab, biogaz va biogomus olishgacha 
bо‘lgan barcha jarayonlar avtomatlashtirilgan va kompyuterlashtirilgandir. Gumus suyuq holatda 
qо‘llanilib, biogaz hosil qilish ancha samarali hisoblanadi. 
Ammo bizning sharoitimizda biostimulyatorlar qо‘shib gо‘ngni mezofill usulida achitib biogaz va 
biogomus olish uncha samarali emas, chunki bu usul qо‘shimcha mablag‘ni talab qiladi, 
mikroorganizmlarni о‘stirish va ularni saqlab qolish uchun maxsus laboratoriyalar ochishni taqozo 
etadi. Lekin mezofil usuli termofil (yuqori haroratli) usuliga nisbatan arzonroqdir. Chunki termofil 
usuli qо‘shimcha issiqlik energiyasini talab qiladi, holbuki, yoqilg‘i narxi kundan-kunga ortib 
bormoqda. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda texnologik jarayonlarning samarali kechishi uchun 
qо‘llaniladigan suvning sifati ular uchun qо‘shimcha muammolarni tug‘dirmaydi.Agar Markaziy 
Osiyoning quruq mintaqasi, tabiiy iqlimi, suvi, tuproq xususiyatlarini inobatga olsak, chiqindilarni 
qayta ishlash muammosini Ovrupadagi texnologiyalar va vositalarni takomillashtirmasdan, suv 
bilan ta’minlanmasdan va qо‘shimcha mikrobiologik ta’minoti xizmatlarini yо‘lga qо‘ymasdan 
yechib bо‘lmaydi. 

Download 160,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish