42
mavqelarini ko‘tarmoqchi edilar.
Mahalliy mulkdorlar siyosiy
jihatdan arablar bilan tenglashish va iloji topilsa,
mamlakatni
xalifalikdan ajratib, uni mustaqil idora qilishni maqsad qilib ol-
gan edilar.
Mehnat
ahli umaviylarning zulmi, og‘ir soliqlar va uzluk-
siz
majburiy hasharlardan, qullar esa qullik kishanlaridan qutu-
lish orzusida edilar. Bu ezgu umidni ro‘yobga
chiqarish uchun
zulmkorlarga qarshi kurashish yo‘liga astoydil otlangan edilar.
Qo‘zg‘olonchilarning deyarli barchasi qora libos kiyib olgan edi-
lar. Avvalo, qora kiyim motam ramzi, qolaversa, zabardast kuch
bayrog‘i hamda shiddatli janglarda qo‘zg‘olonchilarni umaviy
harbiylardan ajratib turadigan belgini anglatgan.
747-yilda
Abu
Muslim aholini uma-
viylarga qarshi kurashda da’vat etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: