43
750-yil
da Buxoroda sodir bo‘ldi.
Abu Muslim mahalliy kuchlar
yordami bilan qo‘zg‘olonni arang bostirdi.
Movarounnahrdagi ichki ziddiyatdan foydalanib,
Xitoy im-
peratorining qo‘shinlari Turkistonga bostirib kiradi. Abu Mus-
lim
tomonidan
Ziyod ibn Solih
boshchiligida
yuborilgan arab
va sug‘d, shuningdek, turklardan
iborat harbiy kuch
751-yil
da
Talos vodiysida Xitoy qo‘shinlariga zarba berib, ularni mamlakat
hududidan quvib chiqaradi.
Abu Muslim sidqidildan xizmat qilgan bo‘lsa-da, ammo ab-
bosiy hukmdorlar unga ishonmas edilar.
755-yil
da
qurolsiz va
yolg‘iz saroyga tashrif buyurgan Abu Muslim xalifa buyru-
g‘iga binoan o‘ldiriladi. Abu Muslimning o‘ldirilishi
xalifalik
sharqida, ayniqsa, Xuroson va Movarounnahrda abbosiylarga
qarshi xalq harakatlarining avj olib ketishiga bahona bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: