Sambo
Sambo (rus. — qurolsiz oʻzini himoya
qilish) — sport kurashi turi. Unga
kurashning milliy turlaridagi eng samarali
usullar asos kilib olingan. 20-asrning
30y.larida SSSRda paydo boʻlgan. S.ning
sport (kurash) va jangovar turlari mavjud.
S kurashida kurashchilar maxsus
belbogʻli kalta yaktak kiyadilar. S.da
rakibining koʻl va oyoqlaridan olish,
oyoqlar bilan oyoqlariga, qoʻliga va
gavdasiga qarshi harakatlar qilish ruxsat
etilgan. S.da oʻz oyogʻida tik turib raqib
kuragini yerga tekkizsa yoki ogʻrituvchi
usul qoʻllanganda raqib oʻzini
magʻlubiyatga uchraganligini tan olsa,
shuningdek, ballar boʻyicha farq 12 taga
yetsa, rakib man etilgan usulni qoʻllab
jazolansa sof gʻalaba qayd qilinadi.
Rakiblardan biri sof gʻalabaga erisha
olmasa, olishuv natijasi sportchilarning
toʻplagan ballariga karab aniklanadi.
Jangovar S.da kurashchilar boshga
shlem, qoʻllariga barmoqlari ochiq
qoʻlqop kiyib, ogʻizga kapa (tishni himoya
qilish uchun) solib musobakalashadilar.
Jangovar S.da tepish, urish, ogʻrituvchi
usullar koʻllash va boʻgʻish mumkin.
Kurash 10x 10 m dan 13x13 m gacha
kattalikdagi gilamda oʻtkaziladi.
Kurashchilarning olishuv maydoni 6x9
diametrli boʻlishi kerak. Kurash
tanaffussiz 4—5 min. davom etadi. S.ning
sport turida: yoshlar (20 yoshgacha) va
erkaklar: 52, 57, 62, 68, 78, 82, 90, 100,
100 kg dan ortik: kizlar (20 yoshgacha) va
ayollar: 48, 52, 56, 60, 64, 68, 72, 80, 80 kg
dan ortiq; oʻsmir oʻgʻil bolalar (16—18
yosh): 48, 52, 56, 60, 65, 70, 75, 81, 87,
87 kg dan ortik; oʻsmir kizlar (16—18
yosh): 40, 44, 48, 52, 56, 60, 65, 70, 75,
75 kg dan ortiq vaznlarda bellashadilar.
Faxriylar (35 yoshdan yuqori) va S. ning
jangovar turida esa 62, 68, 74, 82, 90, 100,
100 kg dan yuqori vazn toifasida
musobaqalashadilar. S. boʻyicha Xalqaro
havaskorlik federatsiyasi (FIAS; 1985 y.
tashkil etilgan)ga 80 ga yaqin mamlakat
aʼzo. 1980 yildan Olimpiada oʻyinlari
dasturiga kiritilgan. 1973 yildan S.ning
sport turi boʻyicha, 2001 yildan jangovar
S. boʻyicha jahon chempionati oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston S. federatsiyasi 1964 y.
tuzilgan. Ayol S.chilarning federatsiyasi
dunyoda faqat Oʻzbekistonda tashkil
etilgan (1996) va u ham Jahon hamda
Osiyo federatsiyasiga aʼzo boʻlib kirgan.
1971 y. Toshkentda xalqaro turnir, 1972 y.
1Yevropa chempionati, 1998, 2001 va
2002 yilda esa oʻsmirlar, yoshlar va
erkaklar oʻrtasida Osiyo chempionati,
2001 va 2003 yillarda ilk bor ayollar S.
yulduzlarining jahon chempionati
musobaqalari oʻtkazilgan. Oʻzbekiston S.
terma jamoasi jahon chempionatida 1-
oʻrinni egalladi (1993, Omsk), Osiyo
chempionatida bir necha marta jamoa
hisobida (ayollar va erkaklar, qizlar va
oʻsmirlar) gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. S.
boʻyicha sport ustasi J. Sharapatov Osiyo
S. federatsiyasining prezidenti (2001
yildan), xalqaro toifadagi sport ustasi
Fazliddin Poʻlatov vitseprezidenti va
Osiyoda S. kurashini rivojlantirish
qoʻmitasi raisi (2003 yildan) hisoblanadi.
Sobir Kurbonov, Sayfiddin Xodiyev,
Bobomurod Fayziyev (2 martadan),
Shuhrat Xoʻjayev, Akobir Qurbonov,
faxriylar oʻrtasida esa Fazliddin Poʻlatov,
Oʻrol Jumaniyozov, Oston Choʻliyev (2
martadan) jahon chempioni boʻlishgan.
Oʻzbekiston Respublikasining barcha
viloyatlarida bolalar va qizlar S. bilan
muntazam shugʻullanadilar. Respublika
oliy sport mahorati maktabi, viloyatlar
sport mahorati maktablari, shuningdek,
Olimpiya zaxiralari kollejlarida S. kurashi
boʻlimlari bor.
[1]
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-
yil
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga
ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Manbalar
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Sambo&oldid=1997086
"
Soʻnggi tahrir 3 yillar avval EdgarsBot tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |