VIII asrning 40-yillari da xalifalikda toj-u taxt uchun kurash
kuchayadi. Muhammad payg‘ambar (s.a.v.)ning amakisi Abbos-
ning evarasi
Muhammad ibn Ali xalifalik uchun kurash bosh-
laydi.
Umaviylar Muhammad (s.a.v.) avlodini qirib tashlashda
ayblangan edi. Shu tariqa xalifalikda umaviylar hukmronligini
ag‘darib tashlash uchun keskin harakat boshlanib ketdi.
1. Xalifalik bosqinlariga qarshi qo‘zg‘olon sabablarini ayting.
2. Sug‘d qo‘zg‘oloni va uning natijalari haqida gapirib bering.
3. Qo‘zg‘olonlar oqibatida qanday o‘zgarishlar yuz berdi?
4. Arab xalifaligida siyosiy vaziyatning keskinlashuviga olib
kelgan omillarni qayd eting.