Umar ibn Abdulaziz
(717–719) murakkab vaziyatni
hisobga olib, bo‘ysundirilgan yerli xalqlar bilan kelishish siyo-
satini amalga oshirishga majbur bo‘ldi. U
yangi yerlarni bundan
buyon zabt etishni to‘xtatish
hamda
moliyaviy islohot
o‘tkazish
to‘g‘risida farmon berdi.
Bunga binoan musulmon arablar bilan bir qatorda islomni
yangi qabul qilgan mahalliy xalqlardan
xiroj
va
jiz’ya
soliqla-
rini olish bekor qilindi. Biroq Movarounnahr zodagonlarining
ko‘pchiligi o‘zini haqiqiy musulmon deb hisoblab, soliq to‘lamay
qo‘yadi. So‘ngra xalifalik ma’muriyati bir yo‘la hammadan
jiz’ya
olish haqida buyruq beradi. Natijada Movarounnahrda yoppasiga
islomdan chiqish va eski dinlarga qaytish boshlanadi. Buning
oqibatida mahalliy mulkdorlar bilan arab ma’muriyati o‘rtasida
ziddiyat keskinlashib, butun mamlakatda bosqinchilarga qarshi
xalq qo‘zg‘olonlari ko‘tariladi.
Bunday qo‘zg‘olonlardan biri
720-yil
da
Sug‘dda boshlandi. Qo‘zg‘olonga
Sug‘d
ixshidi
Do'stlaringiz bilan baham: |