806-yil
da
Rofe ibn
Lays
boshchiligida xalifalikka qarshi yana qo‘zg‘olon ko‘tari-
ladi. Qo‘zg‘olon Samarqanddan boshlanib
Shosh, Farg‘ona,
Buxoro, Naxshab
va
Xorazm
viloyatlariga tarqalgan. Tez ora-
da mazkur viloyatlar xalifalik qo‘lidan ketadi. Xuroson noibi
Ma’mun
dehqonlardan bo‘lgan
Somonxudot
ning nabiralari:
Nuh
,
Ahmad
va
Yahyo
lardan iltimos qilib, ulardan yordam so‘raydi.
Ular
Rofe ibn Lays
ni qo‘lga olib, uni xalifaga taslim bo‘lishga
majbur qiladilar. Shu tariqa navbatdagi xalq harakati ham bos-
tiriladi.
Mahalliy xalqlarning istilochilarga qarshi kurashlari behuda
ketmadi. Asta-sekin xalifalikning hukmronligi zaiflasha bordi.
Bu hol Movarounnahr aholisining ozodlikka erishuvini tezlash-
tirdi.
1.
«Oq kiyimlilar» qo‘zg‘olonining sabablarini qayd eting.
Do'stlaringiz bilan baham: |