27.
Agrar qonunchilik talablarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik
qanday hollarda qo‘llaniladi?
Agrar qonunchilik talablarini buzganlik uchun boshqa javobgaliklardan farqli
ravishda ma‘muriy javobgarlik ushbu munosabatlarni tartibga solishda keng
qo’llanadigan yuridik javobgarlik turi hisoblanadi.
Yodda tuting. O’zbekiston Respublikasining MJTKning 10-moddasiga ko’ra
ma‘muriy huquqbuzarlik deganda qonun hujjatlariga binoan ma‘muriy
javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquqlari va
yerkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz
qiluvchi g’ayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan
harakat yoki harakatsizlik tushuniladi‖ 46 .
Ma‘muriy javobgarlikka tortish uchun quyidagi asoslar bo’lishi talab etiladi:
1) qilmishda qishloq xo’jaligi sohasidagi huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo’lishi;
2) huquqbuzarlik subyektining qasd yoki ehtiyotsizlik ko’rinishidagi aybi;
3) ma‘muriy javobgarlik to’g’risidagi qonunchilikda uning buzilganligi uchun
sanksiya ko’zda tutuvchi va sodir etilishini taqiqlovchi normaning mavjudligi.
Ma‘muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 10-bobida qishloq xo’jaligidagi
huquqbuzarliklar uchun ma‘muriy javobgarlik belgilangan.
14
Do'stlaringiz bilan baham: |