31. Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi)ni tashkil etish va
tugatish tartibini aytib bering!
Tashkil etish Ta‘sischilarning yig‘ilishini o‘tkazish
1-bosqich Ta‘sis hujjati: Ustavini tasdiqlash Yer uchastkasi ni olish.
2-bosqich Kooperativni davlat ro‘yxatiga olish Ro‘yxatga olinganligi haqidagi
guvohnomani olish.
3-bosqich Kooperativ shtamplarini tayyorlash Bankda hisobvaroq ochish
Tugatish Qishloq xo’jaligi kooperativiga (shirkat xo’jaligiga) a‘zolik quyidagi hollarda
tugatiladi:
kooperativ (shirkat) a‘zoligidan ixtiyoriy ravishda chiqilganda;
kooperativ (shirkat) faoliyatida mehnati bilan ishtirok etish tugatilganda;
kooperativ (shirkat) a‘zoligidan uning ustavida belgilangan hollarda va tartibda
chiqarilganda;
boshqaruvning (raisning) qishloq xo’jaligi kooperativiga (shirkatga) qabul qilish
to’g’risidagi qarori umumiy majlisda tasdiqlanmaganda; kooperativ (shirkat)
xo’jalik yuritishning boshqa shakllariga o’zgartirilib qayta tashkil etilganda yoki
kooperativ (shirkat) tugatilganda. Qishloq xo’jaligi kooperativiga (shirkat
xo’jaligiga) a‘zolikni tugatish tartibi uning ustavida belgilanadi.
Qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkat xo’jaligi) a‘zoligidan chiqarish ustidan sud
tartibida shikoyat qilinishi mumkin.