“Kim o‘z sog‘lig‘ini xavfga sola oladi?” mashqi (5 daqiqa)
Maqsad:
•
Liderlarni aniqlash
•
Guruhlarga birlashtirish
Trener so‘zi:
Hozir menga xavfli bitta mashq uchun 4 ko‘ngilli ishtirokchi kerak bo‘ladi. Bunda sizning
sog‘lig‘ingiz, hatto hayotingiz xavfga solinishi mumkin. Shunday mashqda ishtirok eta olishga
shay bo‘lgan 4 ishtirokchi bir qadam oldinga chiqsin.
4 ko‘ngilli ishtirokchi oldinga chiqqach, ulardan nima uchun davraga chiqqanlarini
so‘rang. Mashq hech qanday xavf bilan bog‘liq emasligini ayting, ularga minnatdorchilik bildiring
va o‘zlari uchun komanda yig‘ishlari mumkinligini ayting. Ya’ni har bir ko‘ngilli ishtirokchi
galma-galdan o‘z guruhi uchun ishtirokchilarni tanlab olishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |