23.11.2021, 22:45
670-I-сон 29.08.1998. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida
https://lex.uz/ru/docs/-18942
1/10
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLAR FAOLIYATINING SHARTNOMAVIY-HUQUQIY BAZASI
TO‘G‘RISIDA
I. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Qonunning maqsadi va vazifalari
Ushbu Qonunning maqsadi xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida xo‘jalik
shartnomalarini
tuzish,
bajarish, o‘zgartirish va bekor qilish vaqtida yuzaga keladigan
munosabatlarni tartibga
solishdan iborat.
Ushbu Qonun xo‘jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilishning huquqiy
asoslarini, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqi va majburiyatlarini, shuningdek mahalliy davlat
hokimiyati organlarining va davlat boshqaruv organlarining shartnoma
munosabatlari sohasidagi
vakolatlarini belgilaydi.
Oldingi
tahrirga qarang.