12-modda. Xo‘jalik shartnomasini tuzish
Xo‘jalik shartnomasi, qoida tariqasida taraflardan birining oferta (shartnoma tuzish haqida
taklif) yo‘llashi va ikkinchi taraf uni akseptlashi (taklifni qabul qilishi) yo‘li bilan tuziladi.
Agar taraflar o‘rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari bo‘yicha kelishuvga erishilgan
bo‘lsa, xo‘jalik shartnomasi tuzilgan deb hisoblanadi.
13-modda. Xo‘jalik shartnomasining amal qilishi
Xo‘jalik shartnomasi tuzilgan paytidan boshlab kuchga kiradi va taraflar uchun majburiy bo‘lib
qoladi.
Taraflar o‘zlari tuzgan xo‘jalik shartnomasining shartlarini ularning shartnoma tuzilishidan
oldin vujudga kelgan munosabatlariga nisbatan qo‘llaniladi deb belgilab qo‘yishga haqlidirlar.
Xo‘jalik shartnomasining amal qilish muddati tugashi taraflarni uni buzganlik uchun
javobgarlikdan ozod etmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |