11-modda. Xo‘jalik shartnomasining shakli
Xo‘jalik shartnomasi bitimlar tuzish uchun nazarda tutilgan yozma shaklda tuziladi. Agar
shartnoma tuzish taklifi ushbu Qonunning
12-moddasida
nazarda tutilgan tartibda qabul qilingan
bo‘lsa, shartnomaning yozma shakliga rioya etilgan deb hisoblanadi.
Yozma shartnoma taraflar imzolagan bitta hujjatni tuzish yo‘li bilan, shuningdek pochta,
telegraf, taletayp, telefon, elektron aloqa yoki hujjat shartnomadagi tarafdan chiqqanligini ishonchli
suratda aniqlash imkonini beradigan boshqa aloqa yordamida hujjatlar almashish yo‘li bilan
tuzilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |