19-modda. Da’vo arizasini berish hamda sud buyrug‘ini olish uchun ariza taqdim etish
Oldingi
tahrirga qarang.
Taraf rad (qisman rad) javobini olgan taqdirda yoki talabnomaga belgilangan muddatda javob
olmagan taqdirda, shuningdek xo‘jalik shartnomalari yuzasidan talabnoma bildirmay ham iqtisodiy
sudga da’vo arizasi berishi hamda sud buyrug‘ini olish uchun ariza taqdim etishi mumkin. Mazkur
arizalarni taqdim etish tartibi O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual
kodeksiga
ko‘ra
belgilanadi.
(19-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-
apreldan kuchga kiradi)
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |