Turkiy tildagi asarlarni kirill yoki lotin alifbosiga tabdil qilishdan
oldin ham ularning muallif tomonidan ilk
bor yaratilgan yozuvdagi
ilmiy-tanqidiy matnlarini hozirlash katta ahamiyatga ega. Quyida biz
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida ilmiy-
tanqidiy
matnlari
tayyorlangach,
Oʻzbekiston
va
boshqa
mamlakatlarda chop etilib, Markaziy Osiyo tarixi va madaniyati
bilan
shugʻullanuvchi
jahondagi
koʻplab
ilmiy
markazlar
mutaxassislari tomonidan iliq kutib olingan bir necha moʻtabar
manbalar nashriga toʻxtalib oʻtamiz.
Ma’lumki, “Nasoyim ul-muhabbat min shamoyimil futuvvat”
(“Ulugʻlik xushboʻyliklarini taratuvchi sevikli shabadalar”)
Alisher
Navoiyning nasrdagi eng yirik asaridir. Undan 770 dan ortiq tasavvuf
shayxlari haqida ma’lumotlar oʻrin olgan boʻlib, muallifning diniy-
falsafiy qarashlari hamda Navoiygacha bunchalik keng koʻlamda
tasvirlanmagan turk mashoyixlari faoliyatiga oid behad qimmatli
manbadir. Shuningdek, Navoiyning otasiga oid ba’zi
biografik
qaydlar ham asarning qimmatini yanada oshiradi.
OʻzR FA Sharqshunoslik institutining katta ilmiy xodimi
Hamidxon Islomiy “Nasoyim ul-muhabbat”ning ilmiy-tanqidiy
matnini tayyorlash ustida uzoq yillar izlanishlar olib bordi. Domla
“Nasoyim”ning Turkiya, Rossiya, Fransiya va Oʻzbekistondagi eng
qadimgi, ba’zilari Alisher Navoiy hayotligi davrida koʻchirilgan
moʻtabar nusxalar
asosidagi matnini tiklab, nusxalar orasidagi
muhim tafovutlarni satrosti izohlarida qayd etdi. Matn uchun zarur
koʻrsatkichlar ham tuzilganki, bu tadqiqotchi va oʻquvchilarga
asardan oʻzlari izlayotgan ma’lumotlarni
tezda topib olish imkonini
yaratadi.
“Nasoyim ul-muhabbat”ning shu paytgacha Turkiya va
Oʻzbekistonda amalga oshirilgan nashrlari puxta ilmiy-tanqidiy
matnga asoslanmagani uchun koʻplab xatolarga yoʻl qoʻyilgan edi.
Misol keltiradigan boʻlsak, 2001-yilda “Fan” nashriyotida Alisher
Navoiy “Mukammal asarlar toʻplami”ning 17-jildi sifatida “Nasoyim
ul-muhabbat” asari nashrdan chiqdi. Buyuk adibning eng yirik nasriy
asari Oʻzbekistonda ilk bor toʻliq holida
nashr etilishi quvonchli
hodisa, albatta.Biroq bu nashrdagi matniy xatolar oddiy oʻquvchi
tugul, mutaxassislar uchun ham qator jumboqlar paydo qiladi. Boz
ustiga, Navoiy matnidagi yuzlab soʻz va jumlalar yo atayin, yo
e’tiborsizlik natijasida tushirib qoldirilgan. Ba’zi soʻzlarning
96
toʻgʻrisini va nashrdagi xato shakllarini quyida keltiramiz:
“barxabarlar” – “bexabarlar”, “ul kitobdagʻi” – “ul kitobda
dagʻi”, “siroti mustaqim” – “siyrati mustaqim”, “aning man’in” –
“ani mutaayyin”, “anga rom” – “orom”, “komlarim” –
“gʻamlarim”, “suvab” – “savob”, “muvofaqatingizdin” –
Do'stlaringiz bilan baham: