Kitob bosish
. Kitob bosish – boʻyoqni bosma formadan
qogʻozga oʻtkazib, kitob, jurnal, gazeta va boshqa bosma
mahsulotlari tayyorlanadigan ishlab chiqarish jarayonlari. “Kitob
bosish” iborasi bosma kitob tayyorlash tarixi haqida fikr yuritilganda
ishlatiladi, zamonaviy Kitob bosishda esa poligrafiya termini ancha
keng tarqalgan. Kitob bosishning oʻtmishdoshi
ksilografik bosma
boʻlib, unda bosiladigan butun bir bet yozuv taxtaga oʻyib qoʻyilardi.
88
7-rasm (slayd taqdimoti uchun maxsus)
XI asrdan boshlab Xitoyda kitobni qoʻlda koʻchirishdan bosish
usuliga oʻtilgan. Biroq, bu usul keng rivojlanmadi. Faqat taxminan
400 yil oʻtgandan soʻng Yevropada harf terish shrifti ixtiro qilindi.
Oʻsha davrda bir vaqtning oʻzida bir necha mamlakatlar –
Germaniya, Niderlandiya, Italiya, Fransiyada bir-biridan mustasno
bir necha ustalar bitta muammo – bosma mashina yaratish ustida ish
olib borishgan. Hozirgi vaqtda tarixchilar bu muammoni birinchi
marta germaniyalik Iogann Gutenberg (1399– 1468) hal qilganligini
aytishadi. Metall shriftlarni matritsalarga quyish qurilmasi ixtiro
qilingandan soʻng Yevropaning koʻpgina shaharlarida kitob bosib
chiqarila boshlandi. 1464-yilda Rimda birinchi Kitob bosish stanogi
oʻrnatildi. 1470-yillarga kelib Fransiya, Niderlandiya, Shveysariya,
Ispaniya va Angliyada kitoblar bosib chiqarila boshlandi, Venetsiya,
Nyurnberg Kitob bosish ishlari boʻyicha yirik markazga aylandi.
1500-yillarga kelib Yevropaning 250 shahrida bosmaxona boʻlgan.
Bosmaxona ishlarining rivojlanishi tufayli kitob umumiy siyosiy
hayotda va madaniyatning rivojlanishida muhim rol oʻynadi. 1600-
yillarda birinchi gazeta, 1650-yillarda birinchi varaqa bosilib chiqdi.
89
Kitob bosishning keyingi rivojlanishiga litografiya (toshbosma)
(1798) va tekis bosma mashinasi (1811) ning ixtiro qilinishi sabab
boʻldi. XIX asr oʻrtalari – XX asr boshlarida Kitob bosish
korxonalarida linotip, keyinroq rotatsion, ofset bosma mashinalar
ishlatila boshlandi.
Bosmaxona – matbaa mahsulotlari (kitob, jurnal, gazeta, plakat
(vatman), blank ba boshqalar) tayyorlaydigan sanoat korxonasi.
Qadimda risolalar asosan qoʻlyozma tarzida tayyorlangan. Sharqda
qoʻlyozmalarni xattotlar bejirim qilib oqqa koʻchirib, naqqoshlar
bezaklar bilan bezashgan, muqovasozlar varaqlarni tikib va qolibga
tortib, kitob holida chiqarishgan, Kitob bosishga doir dastlabki
tajribalar Xitoyda 1041–1048-yillarda amalga oshirilgan. Dastlabki
bosmaxona Germaniyada I.Guttenberg tamonidan 1445-yilda tashkil
qilingan. Turkistonda birinchi bosma kitob 1868-yili Turkiston
harbiy okrugi shtabi bosmaxonasida chop qilindi.
Ayrim ma’lumotlarga qaraganda qogʻozli kitoblar 650-
yillardayoq yuzaga kela boshlagan. Butun oʻrta asrlar davomida
kitoblar
qoʻlyozma shaklida koʻpayib kelindi. 1798-yilda
Germaniyada litografik bosma usuli ixtiro qilindi. Bu usul tezlik
bilan Yevropaning boshqa mamlakatlariga yoyildi. 1816-yildan
Peterburgda bosma kitoblar chiqa boshladi. Bu bosmaxonalarda
Kavkaz, Fransiya, Germaniyadan keltirilgan maxsus yassi toshlar
sirtiga maxsus boʻyoq litografiya qalami yoki qalin tush bilan matn
va tasvirlar tushirilgan. Kimyoviy eritma yordamida ishlov berilgan.
Keyin litografiya boʻyogʻi bilan nusxa koʻpaytirilgan. Shu tarzda
Turkistonning bir qancha shaharlarida ham shu usul bilan kitob
bosish yoʻlga qoʻyildi:
Otajon Abdalov – Xiva
Semyon Laxtin – Toshkent
X.Orifjonov – Toshkent
Ilin matbaasi – Toshkent
Matbaayi Isxoqiy – Toʻraqoʻrgʻon shahri
Poltoranova – Samarqand 1894-yil
Baranovoskiy – Buxoro, Kogon 1901-yil
Bu bosmaxonalarda turli mavzudagi materiallar bilan bir qatorda
oʻzbek, fors, arab mumtoz adabiyoti namunalari va ularning
tarjimalari ham nashr etila boshlandi.
90
Bu hol ma’naviy merosimizni keng xalq ommasi orasida koʻplab
tarqalishi bilan bir qatorda ijod ahli zimmasiga ularning matnini
sinchiklab
saralash,
matnshunoslik
izlanishlari
olib
borish
mas’ulyatini ham yukladi.
Toshbosma nashrlar aholining keng qatlamlari ehtiyojini
qondirish uchun, birinchi navbatda zarur hisoblangan diniy
kitoblarni, madrasa va maktablar uchun zarur hisoblangan asarlarni
chop etdi. Chunonchi, “Bidon” degan kitobcha arab tili sarfiga oid
arabcha misollar bilan tojik tilida yozilgan (boshlangʻich ma’lumot
uchun moʻljallangan). “Avvali ilm”– tojikcha kitobcha, diniy
masalalar boʻyicha savol javob boʻyicha yozilgan. “Avomil”– arab
tili navxiga oid, arab tilida yozilgan. Jumlama-jumla tojikcha
tarjimasi bilan berilgan.
“Kofiya”– arab tilining naxvi kengroq bayon qilingan yetti bobga
boʻlingan.
“Sharxi mullo”– qofiyaning sharxi, Jomiy asarlari.
“Hikmatul ayn”– hikmati tabiiy va ilohiyga oid kitob.
8-rasm (slayd taqdimoti uchun maxsus)
Mumtoz adabiyotimizning namoyondalari ijodidan dovrugʻ
taratgan asarlar birma-bir bosma nashr sifatida tarqay boshladi. Ular
orasida Navoiy “Xamsa”si (Xiva, 1879-yil), Soʻfi Olloyorning
91
“Sabotul ojizin”, Ahmad Yassaviyning “Devoni hikmati” (Qozon
1896-yil) va hokozolar.
Bosma nashr uchun nusxalarni tanlash, ularni saralash va nihoyat
bosma nashrni yuzaga keltirish ishlari takomillasha borib, hozirgi
zamon matnshunosligining yuzaga kelishiga zamin tayyorladi.
Oʻzbekistonda bosma usuli bilan Kitob bosish XIX asr 2-
yarmidan keng tarqaldi. Turkiston harbiy okrugi shtabida (1868),
Xivada (1874) bosmaxonalar tashkil etilgandan soʻng Turkistonda
birinchi bosma kitoblar chop etila boshlandi. 1870-yilda
“Turkestanskiye vedomosti” va “Turkiston viloyatining gazetasi”,
XIX asr soʻnggi yillarida “Srednyaya Aziya”, “Sredneaziatskiy
vestnik” jurnallari, 1906- yilda “Taraqqiy” gazetasi, 1913-yillarda
“Oyina” jurnali, 1914-yillarda “Sadoyi Turkiston”, “Sadoi Fargona”
gazetalari chop etildi. Bulardan tashqari, “Najot”, “Turk eli”,
“Turon”, “Ulugʻ Turkiston”, “Hurriyat” gazetalari, “Yurt”, “Chayon”
jurnallari chiqa boshlagan.
* * *
Dunyodagi har bir xalq oʻzining yozma tarixiga ega. Bu tarixni
oʻrganishda hech bir manba yozma yodgorliklardek batafsillikka
da’vo qilolmaydi. Ajdodlarimiz hayotini butun tafsilotlarigacha
bagʻriga joylagan qoʻlyozma manbalar oʻtmish bilan bugunni
bogʻlovchi
koʻprik.
Insoniy
tamaddun
tarixida
qadimiy
qoʻlyozmalarning ahamiyati shu darajada ekan, bu bebaho ma’naviy
merosga chinakam voris boʻlish uchun ularni chuqur oʻrganish,
oʻrganilganda hosil boʻlgan bilimni ommalashtirish talab qilinadi.
Ajdodlardan qolgan ma’naviy mulkni oʻzlashtirish, ya’ni “oʻziniki
qilib olish” ayni jarayondan – bilimning ommalashuvidan
boshlanadi.
Shu ma’noda, matbaa ixtirosi nafaqat kitobat tarixida, balki
insoniy fikr, insoniy madaniyat tarixida ham yangi asrni boshlab
berdi. Matbaa sohasi sanoatlashgach, ilgari bitta yoki bir necha
nusxadagina koʻchirish mumkin boʻlgan kitob uchun yuzlab,
minglab nusxada koʻpaytirish imkoni tugʻildi, keng xalq orasida
qoʻlyozma kitoblar asrida boʻlmagan fikrlar ommalashuvi yuzaga
keldi. Tabiiyki, matbaachilik faoliyati bilan bogʻliq bu holat
qoʻlyozma manbalarni nashr qilish qonun-qoidalarini ishlab
chiqishni kun tartibiga qoʻydi.
92
Vazifaning ogʻirligi shunda ediki, matnshunoslik ishi dastavval,
har xil ijtimoiy-siyosiy sabablarga koʻra, dunyoning turli
kutubxonalariga tarqalib ketgan muayyan qoʻlyozma nusxalarini
aniqlash, aniqlagandan soʻng keyingi tadqiqot uchun ularni jamlashni
taqozo qiladi. Matnshunos oʻzi oʻrganayotgan qoʻlyozma asarning
turli nusxalarini qoʻlga kiritar ekan, endi uning oldida “qaysi nusxa
nashr qilishga haqliroq” degan prinsipial savol tugʻiladi.
Qadimiyrogʻimi yo zamonaviyrogʻi? Toʻligʻimi yoki noqisi?
Xushxatimi yo badxatrogʻi? Ishonchlisimi yoki ishonchsizrogʻi? Bu
savollarga javob topish nazariy jihatdan oson koʻrinsa-da, ularning
amaliy tatbiqi yengil kechmaydi. Har doim ham qadimiyroq nusxa
zamonaviyrogʻidan yoki toʻligʻi noqisidan yetakchi boʻlolmaydi,
balki buning aksi ham boʻlishi mumkin.
Nashr uchun muvofiq nusxa tanlandi ham deylik, eng serzahmat
jarayon shundan soʻng boshlanadi, bu – matn tahqiqi masalasidir.
Tahqiq
jarayoni matndagi har bir soʻz, har bir jumlaning muallif
matniga muvofiqligini ilmiy dalillar bilan har tomonlama
asoslashdan iborat. Bu faoliyat bilan shugʻullanuvchi olim sharqda
“
muhaqqiq
” atamasi bilan nomlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |