1.3. Metallarning xossalari
Metall va qotishmalardan tayyorlangan detallarning ish-
latilishiga qarab ularga turlicha talablar qo‘yiladi.
Metallar quyidagi xossalarga ega:
1) fizik xossalar;
2) kimyoviy xossalar;
3) mexanik xossalar;
4) texnologik xossalar.
Metallarning fizik xossalariga
ularning rangi, solishtirma
og‘irligi, elektr o‘tkazuvchanligi, magnit xususiyati, issiqlik o‘t-
kazuvchanligi, issiqdan kengayishi, issiqlik sig‘imi kiradi.
Metallarning kimyoviy xossalariga
ularning oksidlanishi,
eruvchanligi, korroziyaga chidamliligi kiradi.
Metallarning mexanik xossalari
bu ularning mustahkamligi,
qattiqligi, egiluvchanligi kabi xossalaridir.
Metallarning texnologik xossalari
– quyiluvchanlik, kesi-
luvchanlik, payvandlanish, bolg‘alanuvchanligi, toblanuv-
chanligi, oquvchanligi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |