Reja:
Qurilish konstruksiyalari uchun ishlatiladigan po‘latlar.
Po‘latning mexanik xossalari.
Alyuminiy qotishmalar
Po‘latlar
Qurilish konstruksiyalari uchun ishlatiladigan po‘latlar nafaqat mustahkam, balki, yuqori ekspluatatsion va texnologik xossalarga: payvandlanish, plastiklik, mo‘rt buzilishga va yoriqlar rivojlanishiga etarlicha qarshilikka ega bo‘lishi shart.
Qurilish po‘latlari tarkibining 0,1...0,22% ini uglerod tashkil qiladi. Bundan tashqari po‘lat tarkibida bir qator elementlar (marganets – 0,8% gacha, kremniy – 0,5% gacha) bo‘lishi mumkin. Po‘lat sifatini yaxshilash maqsadida uning tarkibiga xrom, nikel va boshqa legirlovchi qo‘shimchalar qo‘shiladi. Po‘lat tarkibida zararli qo‘shimchalar (oltingugurt, fosfor, kislorod, bog‘lanmagan azot) ham mavjud bo‘ladi.
Qurilish po‘latlari kam uglerodli va past legirlangan bo‘ladi. Ma’lumki, olinish texnologiyasiga ko‘ra po‘latlar qaynoq (KP), yarim sokin (PS) va sokin (SP) turlarga bo‘linadi. Qaynoq po‘lat sokin po‘latga nisbatan yomon payvandlanadi va sovuq holatda sinuvchan bo‘ladi, vaqt o‘tishi bilan mo‘rtlashadi va mustahkamligi bir oz oshadi. Sokin po‘latlar qaynatib olingan po‘latlarga nisbatan 12% qimmat bo‘ladi.
YArim sokin po‘latlar narxi va xossalari bo‘yicha qaynatilgan po‘latlardan yuqori va sokin po‘latlardan esa pastroq bo‘ladi.
Kam uglerodli po‘latlar uch guruh bo‘yicha ishlab chiqiladi:
A – mexanik xossalari bo‘yicha;
B – kimyoviy tarkibi bo‘yicha;
V – ham mexanik, ham kimyoviy tarkibi bo‘yicha.
YUk ko‘taruvchi konstruksiyalar V guruhga mansub bo‘lgan po‘latlardan tayyorlanadi. Past legirlangan hamma po‘latlar A yoki B guruhlarga mansub bo‘ladi.
Kimyoviy tarkibi, mexanik xossasi va zarbiy qayishqoqligiga qo‘yilgan talablar bo‘yicha kam uglerodli po‘latlar 6 toifaga bo‘linadi. Qurilishda eng ko‘p St3 va St3G (tarkibida 0,8 dan 1,1% gacha marganets bo‘lgan) markali po‘latlar ishlatiladi. Po‘latning markasi quyidagicha belgilanadi: dastlab ishlab chiqarilish guruhi ko‘rsatiladi – B yoki V (A guruh ko‘rsatilmaydi); undan keyin po‘lat markasining shartli nomeri ko‘rsatiladi – St3, St3G, St.T (mustahkamligi termik usulda oshirilgan); navbatdagi tartibda sovutish usuliga mos bo‘lgan harflar keltiriladi – KP, PS, SP; undan keyin po‘lat toifasi va mustahkamlik guruhi yoziladi. Masalan, po‘latning VSt3sp 5 – 2 markasi quyidagilarni bildiradi: ishlab chiqarish bo‘yicha guruhi – V, markasi St3, sokin holda olingan, 5 – toifali, mustahkamligi bo‘yicha 2 – guruhga mansub.
Past legirlangan po‘latlarni belgilash uchun harf – raqamli tizim qo‘llaniladi. Po‘lat markasini belgilashda uglerod miqdori dastlabki ikki raqamda beriladi va 0,01% miqdorda ifodalanadi. Legirlovchi qo‘shimchalar harflar bilan belgilanadi. Legirlovchi element miqdori 1% dan ortiq bo‘lsa, mos harfdan keyin % hisobida butun son qo‘yiladi.
Legirlovchi elementlar miqdori 0,3% dan kam bo‘lsa, po‘lat markasida ko‘rsatilmaydi. Legirlovchi qo‘shimchalar sifatida marganets (G), kremniy (S), mis (D), nikel (N), xrom (X) va boshqalar qo‘llaniladi. Masalan, po‘latning 10XSND markasi quyidagilarni bildiradi: past legirlangan po‘lat tarkibida 0,1% miqdorda uglerod, 0,3.....1% miqdorda xrom, nikel va mis mavjud. Past legirlangan po‘latlardan foydalanish metall sarfi va konstruksiya narxini kamaytiradi.
Po‘latning mexanik xossalari standart o‘lchamli namunalarni sinash yo‘li bilan aniqlanadi. Po‘latning asosiy ko‘rsatkichlari cho‘zilishga sinashdan aniqlanadi. Po‘lat namuna cho‘zilganda kuchlanish σ bilan nisbiy deformatsiya o‘rtasidagi quyidagi bog‘lanish kuzatiladi (2.11- -rasm). Kuchlanishning miqdori σn – proporsionallik chegarasiga etguncha po‘lat Guk qonuni σ = E bo‘yicha chiziqli deforma-siyalanadi. Kuchlanishning oshishi natijasida namunaning plastik deformatsiyalari ortadi, kuch ta’siri yo‘qolgandan keyin hosil bo‘lgan plastik deformatsiyalar orqaga qaytmaydi. Oqish chegarasiga mos bo‘lgan kuchlanish σoq bilan belgilanadi. YUqori mustahkamlikdagi po‘latlarda σ - E diagrammasida yaqqol ifodalangan oqish chegarasi mavjud bo‘lmaydi. Bunday po‘latlar uchun oqish chegarasi σoq sifatida qoldiq deformatsiyalarning =0,2% miqdoriga mos bo‘lgan σ0,2 kuchlanish qabul qilinadi.
Kuchlanishning yanada oshishi natijasida po‘latning mustahkamligi oshadi. Kuchlanishning miqdori chegaraviy σv qiymatiga etgandan keyin po‘lat namunada bo‘yincha hosil bo‘lib, u uziladi.
Po‘latning muhim ko‘rsatkichlaridan biri uning nisbiy uzayish deformatsiyasidir:
(2.21)
|
bu erda: ℓ – namunaning uzilgandan keyingi uzunligi; ℓ0- namu-naning dastlabki uzunligi.
Dinamik zarba ta’siridan po‘lat mo‘rt buzilishi mumkin. Ha-roratning pasayishi natijasida po‘latning zarbiy qovushqoqligi pasayadi.
Po‘latning plastikligi va uning yoriqlar paydo bo‘lishiga moyilligi sovuq holatdagi po‘latni qo‘zg‘almas tayanch atrofida 180 burchakka bukib sinash orqali aniqlanadi.
Po‘latlarning me’yoriy (Rn) va muvaqqat (Ru) qarshiliklari oqish chegarasi σoq (yoki σ0,2) va muvaqqat qarshiligi σv ning minimal qiymatlari bo‘yicha Davlat standartlari va texnik shartlar bo‘yicha qabul qilinadi.
Qurilish po‘latlarining me’yoriy qarshiliklari Ryn=215 - 590 MPa ni,
|
2.11 rasm. Po‘latlarning cho‘zilish diagrammalari:
a – temir monokristali; b – temir polikristali;
v – oddiy mustahkamli po‘lat (St3);
g – mustahkamligi oshirilgan po‘lat (10XSND);
d – yuqori mustahkamli po‘lat (16G2AF).
|
hisobiy qarshiliklari esa Ry=210 - 515 MPa ni tashkil etadi.
Po‘latlar uchun material bo‘yicha ishonch koeffitsienti =1,025 - 1,15 oralig‘ida qabul qilinadi. Ish sharoiti koeffitsientlari konstruksiyaning turiga bog‘liq ravishda 0,7 dan 1,1 gacha olinadi. Po‘latning zichligi =7850 kg/m3, chiziqli kengayish koeffitsienti =0,12·10-4 S, elastiklik moduli E=2,0·105 MPa ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |