1.4. Qotishmalarning xossalari
Ikki va undan ortiq elementlarni birga suyultirish yo‘li bilan
olingan murakkab jism
qotishma
deb aytiladi. Bunga misol
sifatida cho‘yan, po‘lat, bronza, latun, duraluminiy va
boshqalarni keltirish mumkin.
Ba’zan, qotishmani uning tarkibiga kiruvchi elementlarning
kukunlarini aralashtirib, unga shakl berib, hosil qilingan bu-
yumni maxsus pechlarda 1100—1400°C da pishirish yo‘li bilan
ham olish mumkin. Misol uchun qattiq qotishmalar, metall-
keramik detallar shu yo‘sinda olinadi.
Qotishmalar tarkibiga kiruvchi elementlar atomlarining
diametrlariga, kristall panjara turiga va ularning suyuqlanish
haroratiga ko‘ra:
Do'stlaringiz bilan baham: |