mexanik aralashma, kimyoviy birikma
va
qattiq eritma
ga bo‘linadi.
Agar qotishma tarkibiga kiruvchi elementlarning atomlari
kristallanish jarayonida bir-biriga tortilmay, bir-biridan qochsa,
qotishma tarkibiga kiruvchi har bir element atomlari qattiq
holatda mustaqil kristallar hosil qiladi. Bunda hosil bo‘lgan
kristall donlari mexanik aralashmadan iborat bo‘ladi.
Agar qotishma tarkibiga kiruvchi elementlarning atomlari
kristallanish jarayonida o‘zaro kimyoviy ta’sir etsa, bunday ele-
mentlar qotishi natijasida kimyoviy birikma hosil qiladi. Kimyoviy
birikmaning kristall panjarasi murakkab bo‘lib, ular ko‘pincha
metall va metallmas elementlarning birikishidan hosil bo‘ladi.
Qotishma tarkibidagi elementlardan biri ikkinchisida erisa,
sof metall kabi kristall panjarali tuzilish hosil qiladi. Misol
uchun, temir Cu, Ni, Zn, Al va boshqa elementlar bilan
qattiq eritma hosil qiladi.
Qattiq eritmalar hosil qilishda qotishma tarkibidagi qaysi
elementning kristall panjarasi saqlanib qolsa, shu element
Do'stlaringiz bilan baham: |