Metallarning qattiqligi deb, metallning unga bir qattiqroq
jismni botishga qarshilik ko‘rsatish xususiyatiga aytiladi. Qattiqlik
metallning eng asosiy xususiyatlaridan bo‘lib, bu xususiyat
detallar tayyorlashda uning yaroqli yoki yaroqsizligini ifodalaydi.
Metall qancha qattiq bo‘lsa, uni ishlash uchun shuncha ko‘p
kuch talab etiladi. Metallarning qattiqligi turli usullarda aniq-
14
lanadi. Usullardan amalda namunaga toblangan sharcha, konus-
simon olmos yoki piramidasimon olmosni botirish yo‘li bilan
aniqlanadigan usullar ko‘p qo‘llaniladi.