Materiallarni bichishning katokli usulida ishchi asbob sifatida keskichlar
qo’llaniladi (8-rasm,a).Bu usulda plita 4 ustiga joylashtirilgan material 3 ning
yuqorigi qismidagi keskichlar 1 ning ustki yuzasi bo’ylab katok 3 lar bosim ostida
harakatlantiriladi. Demak, bichish paralel ketma-ket usulda amalga oshiriladi. Bu
usulning asosiy kamchiligi shundan iboratki, katoklarning harakati paytida
keskichlar materialga nisbatan siljishi natijasida qirqish aniqligi pasayadi. Qirqish
sifatini quyidagi usul qo’llanilganda ancha oshirish mumkin, ya’ni katok 3 plita 4 ga
(8-rasm,b) o’rnatilgan keskich 1 larning ustiga joylashtirilgan material 3 bo’ylab
harakatlantirilganda keskichning materialga nisbatan siljishi ancha kamayadi.
Valikli usulida materiallarni qirqish kesish 2 va qisuvchi 3 vallari yordamida
amalga oshiriladi (8-rasm, v). Materiallarni va- liklarda bichish usuli sirpantirib
bichish usuliga bir qadar o’xshay- di. Bunda bichiladigan gazlama aylanib turadigan
ikkita valik orasidan o’tkaziladi. Valiklardan biri qirqadigan, ikkinchisi esa
gazlamani bosib turadigan bo’ladi. Qirqadigan valikka bichiladigan detallarga mos
shaklda pichoqlar teriladi. Valiklarda bichish usuli- ning afzalliklari nihoyatda ko’p.
Bunda texnologik jarayonlarni uz- luksiz qilish, bichishni avtomatlashtirish,
bichilgan detallarni va chiqindilarni chiqarib olishni avtomatlashtirish, materiallar
uzatishni mexanizatsiyalashtirish osonlashtiriladi.
Vallarining kesuvchi yuzalarini tayyorlash va qayta tiklash murakkab
bo’lganligi uchun, bu usul ishlab chiqarishda keng tarqalmagan.
SHtampovka usulida poyabzal detallari puanson 2 va matritsa 1
ko’rinishidagi asboblar yordamida qirqiladi (8-rasm, g). Material 3 matritsa va
puanson orasida joylashtirilib, puanson 2 ga ta’sir ko’rsatiladi. Bu usulda ham
qirqish aniqligi pastligi va material- ning deformatsiyalanishi, ishchi asbobni
tayyorlash murakkabligi tufayli yengil sanoatda kam qo’llaniladi.
Hozirgi paytda materiallarni nihoyatda katta bosim kuchi bilan otilib
chiqayotgan ingichka suv oqimida qirqish usuli ham sinab ko’rilmoqda. Suv
zarrachalari (suv bilan polimer aralashmasi) 0,075 - 0,3 mm diametrli soplodan 350
m/s tezlikda 70 - 350 MPa bosim ostida uzatiladi. Kesish tezligi 0,4 m/s. Bu usulda
qirqish sifati oshirilgan bo’lib, bichish jarayonini avtomatlashtirish mumkin.
Materiallarni kontaktsiz usulda ham qirqish mumkin. Ularning bir-biridan
farqi shundaki, mexanik usulda qirqish asboblariga material bevosita tegib turishi
shart bo’lsa, mexanik bo’lmagan usulda gazlamaga qirqish asbobi bevosita tegib
turmaydi. SHuning uchun bu usul kontaktsiz qirqish usuli deyiladi
Do'stlaringiz bilan baham: