126
YAngiliklarni tahlil qila oliShga layoqatli;
YAngiliklarni turli xil vaziyatlarda qo‘llay oladi va kamchiliklarini to‘g‘rilaydi;
O‘z pedagogik amaliyotida yangiliklardan ijodkorona foydalana oliShga layoqatli.
Kasbiy kompetensiya modeli
Xalqimizning kelajagi, mustaqil O‘zbekistonning istiqboli ko‘p jihatdan o‘qituvchiga, uning
saviyasiga tayyorgarligi, fidoiyligiga, yoSh avlodni o‘qitiSh va tarbiyalaSh iShida bo‘lgan
munosabatiga bog‘liq. Kelajak avlod haqida qayg‘uriSh, sog‘lom, barkamol naslni tarbiyalab
etkaziShga intiliSh bizning milliy xususiyatimizdir. SHu bois, mamlakatimizning istiqlol yo‘lidagi
birinchi qadamlaridanoq buyuk madaniyatimizni tiklaSh va yanada yuksaltiriSh, milliy ta’lim
tizimini takomillaShtiriSh, uning milliy zaminini mustahkamlaSh, zamon talablari bilan
uyg‘unlaShtiriShga katta ahamiyat berib, bu o‘rinda kadrlar tayyorlaShga kompetentli yondoShuv
muhim o‘rin tutadi.
O‘zbekistonda amalga oShirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlari bevosita uzluksiz ta’lim
tizimi bilan bog‘liq. «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun asosida yangi turdagi – o‘rta maxsus, kasb-
hunar ta’limi Shakllantirildi. Hozirgi paytda yuqori malakali va madaniyatli, mustaqil fikrlaydigan
mutaxassislar tayyorlaSh bo‘yicha muhim ahamiyatga molik iShlar olib borilmoqda.
Zamonaviy ta’lim Sharoitida bo‘lajak mutaxassislarda kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar
bilan bir qatorda bilimlarni mustaqil egallaSh va muammoni mustaqil raviShda hal etiShda ijodiy
yondaShiSh qobiliyatlari ham ShakllaniShi kerak. Bo‘lajak mutaxassislarda uShbu xususiyatlarni
ShakllantiriShda ta’lim oluvchilarning mustaqil va ijodiy fikrlaSh qobiliyatlarini rivojlantiriSh va
o‘quv biluv faoliyatini faollaShtiriSh muhim ahamiyatga ega. SHuning uchun ham bugungi kunda
ta’lim oluvchilarining o‘quv-biliSh faoliyatlarini ta’minlovchi va rivojlantiruvchi faol ta’lim
metodlarini o‘quv jarayoniga joriy etiSh asosiy vazifalardan hisoblanadi. Ta’lim oluvchilarni
mustaqil va ijodiy yondoShgan holda muammolarni echimini izlaSh, topiSh va mustaqil qaror qabul
qiliSh qobiliyatlarini ShakllantiriSh va rivojlantiriShga
qaratilgan faol ta’lim metodlaridan
foydalaniSh muhim hisoblanadi.
Bilim –
bu ta’lim oluvchilar ongida muayyan tartibda mustahkamlangan, ularning Shaxsiy
mulkini taShkil etadigan va bundan ular zaruratiga ko‘ra foydalana oladigan dalillar, ma’lumotlar,
ilmiy nazariyalar, qonunlar, tuShunchalardir.
DunyoqaraSh insonning cheksiz bilimi bo‘lib, insonning dunyoni oddiy umumlaShtirilgan
holda aks ettiriliShi bo‘lmay, balki u dunyoni insonning amaliy qayta o‘zlaShtiriShning natijasi
sifatidagi bilimlari.
Do'stlaringiz bilan baham: