Oqova suvlarni tabiiy sharoitda
biologik, biokimyoviy usullarda tozalash
bevosita sug‘oriladigan ekin maydonlarida, maxsus biologik hovuzlarda yoki
sug‘orish kanallari hamda kolllektor-zovur tarmoqlarida amalga oshiriladi.
Yuqoridagi barcha holatlarda ifloslangan suvni tozalash jarayoni tabiiy sharoitda
kechadi. Masalan, tuproq yordamidagi biologik tozalashda oqova suvlar
tarkibidagi organik moddalar tuproqdagi mikroorganizmlar ta’sirida sekin-asta
parchalanib, oddiy mineral birikmalarga aylanadi. Eng muhimi, oqova suvlarni,
ayniqsa, maishiy-kommunal tarmoqlarda hosil bo‘lgan chiqindi suvlarni tozalashda
tuproq usulini qo‘llash juda yuqori samara beradi. Ayni paytda, bu usulni qo‘llash
natijasida ekin maydonlarining unumdorligi ortadi, eng muhimi, suv sifatli
tozalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |