O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulufbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/255
Sana26.01.2022
Hajmi2,73 Mb.
#411498
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   255
Bog'liq
1. Mutaxassislikka kirish O\'quv qo\'llanma

suv  sifati 
monitoringini 
amalga  oshirish  muhim  ahamiyatga  ega.  Suv  sifati  monitoringida 


 
151 
suv ob’ektlari holatining o‘zgarishi, unga sabab bo‘lgan ifloslantiruvchi manbalar, 
ifloslantiruvchi  moddalarning  tarkibi  va  turlariga  e’tibor  qaratiladi.  Ushbu 
ma’lumotlar  suv  ob’ektlarining  tabiiy  sharoitdagi  sifat  ko‘rsatkichlari  bilan 
solishtiriladi, tegishli ilmiy va amaliy xulosalar chiqariladi.  
 
Ko‘rinib  turibdiki,  suv  havzalarining  ifloslanish  darajasini  kuzatish, 
baholash  va  kelajak  uchun  prognozlashdan  ko‘zda  tutilgan  asosiy  maqsad  -  suv 
sifati  xaqida  ishonchli  ma’lumotlarga  ega  bo‘lishdir.  O‘z  navbatida,  bu 
ma’lumotlardan  suv  resurslari  muhofazasi  va  ulardan  samarali  foydalanish  bilan 
bog‘liq bo‘lgan tadbirlarni amalga oshirishda foydalaniladi. SHu maqsad yo‘lida, 
ya’ni  suv  sifati  monitoringini  amalga  oshirish  natijasida  quyidagi  vazifalar  hal 
etiladi: 
-  suv  havzalari  va  suv  ob’ektlari  ifloslanishini  kimyoviy,  fizik,  biologik  va 
gidrologik ko‘rsatkichlar bo‘yicha kuzatish va nazorat qilish; 
-  manbalardan  suv  havzalariga  tashlanadigan  ifloslantiruvchi  moddalar 
dinamikasini o‘rganish va ifloslanishning keskin o‘zgarishlariga sabab bo‘ladigan 
sharoitlarni aniqlash; 
-  tabiiy  suvlarning  o‘z-o‘zini  tozalash  xususiyatlarini  va  ifloslantiruvchi 
moddalarning  o‘zan  tubi  cho‘kmalari  shaklida  to‘planishi  qonuniyatlarini 
o‘rganish; 
-  suv  havzalarida  to‘planayotgan  ifloslantiruvchi  moddalar  balansini 
QURUQLIK SUVLARI 
MONITORINGI  BOSQICHLARI 
1. Quruqlik suvlari holatini kuzatish 
2. Kuzatish ma’lumotlarini tahlil qilish 
3. Quruqlik suvlari holatini 
 prognozlash 
12.1 - rasm. Quruqlik suvlari monitoringi  bosqichlari 
 


 
152 
aniqlash  maqsadida  daryolar  suvi  bilan  ularga  qo‘shilayotgan  turli  zararli 
chiqindilarning miqdoriy o‘zgarishi qonuniyatlarini o‘rganish va boshqalar. 
Yuqorida  sanab  o‘tilgan  vazifalarni  bajarish  va  bu  borada  tegishli  amaliy 
chora-tadbirlarni  qo‘llash  suv  sifati  monitoringini  to‘liq  amalga  oshirish 
imkoniyatini beradi. 
Quruqlikdagi tabiiy suvlar holatini kuzatish, ularni miqdoriy ko‘rsatkichlari 
bo‘yicha  baholash,  sifatini  nazorat  qilish  hamda  mavjud  suv  resurslarini  suvdan 
foydalanuvchilar  va  suv  iste’molchilariga  taqsimlash  kabi  vazifalar  maxsus 
vakolatli  davlat  organlariga,  jumladan,  tegishli  vazirliklar,  qo‘mitalar  va  boshqa 
muassasalarga yuklatiladi.  
Masalan,  O‘zbekistonda  quruqlik  suvlari  monitoringini  amalga  oshirish, 
shuningdek,  suvdan  foydalanish  va  suv  resurslarini  muhofaza  qilish  sohasida 
davlat  boshqaruvini  amalga  oshiruvchi  vakolatli  organlarga  O‘zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Gidrometeorologiya  xizmati 
markazi,  Tabiatni  muhofaza  qilish  davlat  qo‘mitasi,  Sog‘liqni  saqlash  vazirligi, 
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi 
va boshqalar kiradi. 
Yer usti suvlari, jumladan, daryolar, ko‘llar va suv omborlarining gidrologik 
rejimi,  ularning  miqdoriy  ko‘rsatkichlarini  doimiy  kuzatib  borish  O‘zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Gidrometeorologiya  xizmati 
markaziga,  yer  osti  suvlari  monitoringi  va  ulardan  foydalanish  bo‘yicha  ilmiy 
asoslangan  tavsiyalar  ishlab  chiqish  Geologiya  va  mineral  resurslar  davlat 
qo‘mitasi zimmasiga yuklatilgan. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Tabiatni  muhofaza  qilish  davlat  qo‘mitasi 
mamlakat hududidagi barcha turdagi suv havzalari nazoratini olib boradi va ularni 
muhofaza  qilish  bo‘yicha  tashkiliy  ishlarni  amalga  oshiradi.  Qo‘mita  o‘z 
faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 1996 yil 26 apreldagi qarori 
bilan  tasdiqlangan  Nizomiga  (O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Axboroti, 
1996  yil,  5-6  son)  muvofiq  holda  olib  boradi.  Ushbu  Nizomga  ko‘ra,  Qo‘mita 
tabiatni  muhofaza  qilish,  tabiiy  resurslardan  foydalanish  va  ularni  qayta  tiklash, 


 
153 
shu  jumladan,  suvdan  foydalanish  va  suv  resurslarini  muhofaza  qilish  sohasida 
davlat nazoratini amalga oshiradi. 
Yirik  shaharlar,  qishloq  aholi  punktlari  chegarasidagi  suv  havzalari  va 
ichimlik  suv  manbalarining  sanitariya-gigiena  holati  O‘zbekiston  Respublikasi 
Sog‘liqni  saqlash  vazirligi  tizimidagi  sanitariya-epidemiologiya  muassasalari 
tomonidan nazorat qilib boriladi.  
Suv  resurslari  balansini  ishlab  chiqish,  mavjud  suv  resurslarini  suvdan 
foydalanuvchilar  va  suv  iste’molchilariga  taqsimlash  ishlari  O‘zbekiston 
Respublikasi  Qishloq  va  suv  xo‘jaligi  vazirligi  tasarrufidadir.  SHuningdek, 
shaharlar  va  qishloq  aholi  punktlarini  toza  ichimlik  va  kommunal–maishiy  suv 
ta’minoti bilan “Suvoqova” tizimidagi korxonalar shug‘ullanadilar.  

Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   255




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish