Daryolarning bo‘ylama qirqimlari.
Ma’lumki, daryoda suvning harakati-
oqishi balandliklar farqi tufayli yuzaga keladi. Daryo uzunligi bo‘yicha
balandlikning o‘zgarishini bo‘ylama qirqimlarda tasvirlash mumkin. Daryolarning
bo‘ylama qirqimlari suv yuzasi yoki o‘zan tubi bo‘yicha olingan balandlik
ma’lumotlari asosida chiziladi. Bo‘ylama qirqimlar joyning geologik tuzilishiga,
relefiga bog‘liq holda turli daryolarda turlicha shakllarga ega bo‘ladi. Ularni
umumlashtirib, quyidagi turlarga ajratish mumkin (10.6 - rasm).
10.6 - rasm. Daryolarning bo‘ylama qirqimlari.
1 - botiq bo‘ylama qirim, 2 - to‘g‘ri chiziqli bo‘ylama qirqim,
3 - qabariq bo‘ylama qirqim, 4 - zinasimon bo‘ylama qirqim.
Do'stlaringiz bilan baham: |