Sinov savollari va topshiriqlar:
1. Daryo vodiysining elementlarini aytib bering.
2. Daryo o‘zani deganda nimani tushunasiz?
3. O‘zanning ko‘ndalang qirqimi qanday elementlardan tashkil topgan?
4. Gidravlik radius qanday aniqlanadi?
5. Bo‘ylama qirqimlarning qanday turlarini bilasiz?
10.2. Daryolarning suv rejimi va to‘yinish manbalari
10.2.1. Daryolarning suv rejimi elementlari
Daryoda oqayotgan suv miqdori, ya’ni suv sarfi, suv sathining holati,
cuvning oqish tezligi, harorati, tiniqligi, suvda erigan moddalar oqimi miqdori va
boshqalar ma’lum omillar ta’sirida vaqt davomida o‘zgarib turadi. Daryoda mana
shu qayd etilgan elementlarning birbiriga bog‘liq holda o‘zgarishi uning suv
rejimini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |